Mavzu: dori allergiyasi



Download 3,6 Mb.
bet2/35
Sana14.04.2022
Hajmi3,6 Mb.
#551466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
DORI ALLERGIYASI LOTINCHA

NAZARIY QISM
DORI ALLERGIYASI
Dori allergiyasi dori istemolidan keyin kelib chiquvchi asorat hisoblanib, uning zaminida yagona allergik reaksiya mexanizmi yotadi. Dori allergiyasini teri o’zgarishi sindromi bilan kechuvchi klinik turlari hamda xushni yuqotish sindromi bilan kechuvchi turlari tafovut qilinadi.
Teri uzgarishlari bilan kechuvchi dori allergik xastaliklariga kuyidagilar kiradi:

  1. Allergik dermatit.

  2. Qavarchiklar.

  3. Kvinke shishi.

  4. Toksikodermiya.

  5. Ko’p shaklli eretima.

  6. Stivens Djonson sindromi.

  7. Layell sindromi.

hushni yo’qotish sindromi bilan kechuvchi dori allergik xastaliklarini quyidagi turlari tafovut qilinadi:

  1. Anafilaktoid reaksiya.

  2. Anafilaktik shok.

DORI ALLERGIYASI BO’YICHA STATISTIK MA’LUMOTLAR
Allergik kasalliklar soni mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga mutanosib ravishda o’sib bormoqda, chunki ilmiy-texnik rivojlanish bilan allergenlar miqdori ham ko’payib boradi. Ular orasida dori moddalar ham yetakchi o’rin tutadi. Tibbiy amaliyotda 25 minga yaqin dori moddalaridan foydalaniladi. Bunda deyarli 90% dori moddalar so’nggi 30-40 yillar ichida ishlab chiqilgan bo’lib, buni "farmatsevtik portlash" davri deb aytish mumkin. Nafaqat dori moddalarning soni, balki ularni organizmga ta’sir kuchi ham o’sib bormoqda. Yangi, yuqori samarali dori moddalarni joriy etish davolash ishlarining yaxshilanishiga imkon beradi. Biroq organizmda dori moddalarga nisbatan nojo’ya reaksiyalarni o’sishiga, maqsadga muvofiq bo’lmagan natijalarga olib kelishga va xatto og’ir asoratlarga sabab bo’ladi. Turli mutaxassislarning ma’lumotlariga ko’ra dori moddalar qabul qilgan kishilarning 10-20% da dori moddalar keltirib chiqargan asoratlar kuzatiladi. Butun dunyo sog’liqni saqlash tashkilotining manbalariga qaraganda shifoxonaga qabul qilingan 1000 nafar bemordan 50 nafari dori moddalardan kelib chiqqan asoratlarni davolash uchun yuboriladi. Amerika Qushma Shtatlarida taxminan 30 % bemorlarda shifoxonada davolash mobaynida birorta dori moddadan asoratlanish kuzatiladi, 4 ta o’lim holatidan bittasi dori moddalarning asoratlari bilan bog’liq. Dori moddalardan kelib chiqadigan asoratlarning o’sishiga o’z-o’zini davolash, faqat bir xil dori moddalarga ruju qo’yish, bir vaqtning o’zida bir necha dori moddalarni qabul qilish sabab bo’ladi. Masalan, bir vaqtning o’zida 8 xil dori qabul qilinganda 10% bemorlarda asoratlar kuzatilgan bo’lsa, 16 xil dori moddalarni qabul qilinganda esa bu raqam 40%ni tashkil qiladi. Respublikamizda katta yoshdagilar orasida dori moddalar tufayli kelib chiqqan allergiya o’rtacha 1000 ta aholidan 2 tasiga to’g’ri keladi. Dori moddalarning nojo’ya ta’sirlari shifoxonada davolanayotgan bemorlarning 8 %ida, ambulator sharoitida davolanayotganlarning esa 1,5% da qayd etilgan.
Dori moddalariga allergiyalar shifoxonalarning turli bo’limlarida (ichki kasalliklar, jarrohlik, ginekologiya) uchraydi va bu barcha dori allergiyalarining 50%ini tashkil qiladi. Terapiya yo’nalishidagi 15% bemorlarda dori moddalarga nisbatan allergiya aniqlanagan. Profilaktika maqsadida emlanganlarning 13% da zardob kasalligi aniqlangan. Anafilaktik shok dori modda qabul qilayotgan 50 ming bemordan bittasida uchraydi. Tibbiy xodimlarda dori allergiyalari boshqa kasbdagilarga qaraganda 10 marta ko’proq uchraydi (deyarli 26% tibbiy xodimlarda). Belorusiyada dori moddalardan allergiya 59% tibbiy xodimlarda, tibbiy bilim yurti talabalarining 9,7% da aniqlangan. So’ngi 10 yil ichida Moskvada penitsillinga nisbatan anafilaktik shokdan 500 o’lim holati qayd etilgan. Semipalatinsk shahrining terapiya yo’nalishidagi shifoxonalarining 4% bemorlarida dori moddalardan allergiya kuzatilgan bo’lsa, yuqumli kasalliklar shifoxonasida esa 3 marta ko’p uchragan. Germaniyada dori allergiyasi 5% bemorlarda, Angliyada ularning soni 4% gacha bo’lib, 3 bularning %ga yaqini o’lim bilan yakunlanadi. Vinnitsada katta yoshdagi aholini ko’rikdan o’tkazilganda 2,5% bemorlarda dori moddalardan allergiya aniqlandi. Yil sayin kasalliklar soni ortib bormoqda. Kasallik o’sishi sabablarining asosiylari: allergik anamnezni to’g’ri baholamaslik, dori moddalarni ko’p miqdorda asossiz ravishda belgilash (pollipragmaziya), bir-biriga yaqin bo’lgan dori moddalarni belgilash, jigar va buyrak funktsiyalaridagi buzilishlarni shifokor tomonidan hisobga olmaslik, dori moddalar bilan qo’yiladigan teridagi sinamalarni noto’g’ri o’tkazish hisoblanadi. Moskva shifoxonalaridagi polipragmaziyani tahlil qilish natijasi shuni ko’rsatdiki, faqat 25% bemorlar 5 tadan kam bo’lmagan miqdorda, 27% bemorlar esa 25tadan ko’proq dori preparatlarini bir vaqtda qabul qilishgan.
Dori moddalardan allergiyada turli a’zolar va tizimlar bir xilda zarar ko’rmaydi. Har bir dori moddaning aniq bir a’zoga ta’sir qilish xususiyati bo’lishiga qaramay dori modda allergiyalarida ko’proq alohida a’zolar va tizimlar patologik jarayonga tortiladi. Shved qo’mitasining ma’lumotlariga qaraganda dori moddalarining ta’sirlari tufayli yuzaga keladigan asoratlar orasida eng ko’p holatlarda teridagi o’zgarishlar (25%), jigarda (13%), tomirlarda (10%) va qonda (10%) nojo’ya holatlar qayd etiladi. Dori moddalar orasida ko’pincha ichish uchun qo’llaniladigan kontratseptiv vositalar (25%), og’riq qoldiruvchi moddalar (14%), psixotrop moddalar (12%) va yurak qon-tomir tizimiga ta’sir qiluvchi preparatlar (9%) turli asoratlarni keltirib chiqaradilar. Dori modda allergiyasining 3,2% holati o’lim bilan yakunlandi, shulardan 48%i gemolitik asoratlar oqibatida, 13%i tromboemboliya natijasida, 9% anafilaktik shokdan, 7 %i o’lim esa jigardagi asoratlar oqibatida yuz berdi.
Farmatsevtikaning xaddan tashqari rivojlanishi asosiy a’zolar va tizimlar funktsiyasiga muhim ta’sir ko’rsatuvchi yangi dori moddalarni yaratibgina qolmay, ularni xaddan tashqari suiste’mol qilishni ham keltirib chiqardi. Shu bilan bir qatorda bemor organizmiga ko’p miqdorda dori moddalarni kiritish har doim ham kerakli natijani bermaydi, aksincha kasallikning kechishini chuqurlashtiradi, bemorni shifoxonada bo’lish muddatini uzaytiradi.
Turli guruh preparatlarning nojo’ya ta’sirlari bir xil tezlikda yuzaga kelmaydi. Bu faqat preparatning o’zini nojo’ya samarasigagina bog’liq bo’lmay, balki uning klinikada qanchalik jadal suratda ishlatilishiga ham bog’liq. Statistik ma’lumotlarga qaraganda shifoxonada ko’proq mikrobga qarshi va parazitlarga qarshi preparatlar ta’sirida yuzaga kelgan asoratlarga duch kelishga to’g’ri keladi. Ularning ko’pchiligini antibiotiklar keltirib chiqaradi, chunki ular shifokorlarning amaliy ish faoliyatida ko’proq qo’llaniladi.
Dori moddalardan kelib chiqqan asoratlarni diagnozlash, g’oyatda muhim va ayni vaqtda juda qiyin vazifa bo’lib hisoblanadi. O’z vaqtida aniqlanmagan dori asoratlari patologik jarayonning o’sishi va chuqurlashishi bilan xavfli, giperdiagnostika (bir necha diagnozni bir vaqtda qo’yish) esa asosiy kasallikni noto’g’ri yoki to’laqonli davolamay, kasallikni surunkali formaga o’tib ketishiga olib keladi. Dori modda asoratlarining klinik diagnozini qiyinligi shu bilan bog’liqki, ko’pincha yangi paydo bo’layotgan belgilar asosiy kasallikning rivojlanishi tufayli yuzaga kelayaptimi yoki dori moddalar bilan davolash natijasida yuzaga kelayotgan asoratlar sifatida qo’shilib kelyaptimi aniqlash qiyin. Hatto dori modda asoratlari klinikasi har doim ham qaysi preparat asorat keltirib chiqarganini aniqlashga imkon bermaydi, chunki bemor ko’pincha bir vaqtning o’zida bir necha dori moddani qabul qiladi. Antibiotiklar bilan uzoq vaqt davomida davolanganda kelib chiqqan asoratlarni zamburug’larning kandida turi keltirib chiqargan yallig’lanishlardan (kandidamikozlar) farqlash ham juda qiyin bo’ladi.


Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish