Mavzu: dori allergiyasi


Dori etiologiyali allergik dermatit



Download 3,6 Mb.
bet14/35
Sana14.04.2022
Hajmi3,6 Mb.
#551466
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
DORI ALLERGIYASI LOTINCHA

Dori etiologiyali allergik dermatit.





VAKSINA VA ZARDOBLAR TA’SIRIDA YUZAGA
KELADIGAN REAKSIYALAR
Zardob kasalligi birinchi bo’lib Pirke tomonidan ta’riflangan bo’lib, u tarkibi turli xil yoki bir xil bo’lgan zardoblar yoki ularning preparatlarini organizmga kiritilishi natijasida kelib chiqadi va ko’proq tomirlar va biriktiruvchi to’qimalarning yallig’lanishli zararlanishlari bilan tavsiflanadi. Hozirgi paytda zardob kasalligi faqat zardob kiritilishi bilan bog’liq bo’lgan alohida kasallik turi deb hisoblanmayapti. Bu sindrom immun birikmalar ta’siri natijasida yuzaga keladi. Zardob kasalligi zardob kiritilishi natijasida (bunda ko’pincha o’tkir kechishi) hamda kimyoviy preparatlar va dori moddalar (bunda ko’proq surunkali zardob kasalligi) vujudga keladi. Zardob kasalligining o’tkir kechadigan turlarida o’tkir glomerulonefrit, gemorragik vaskulit yuzaga kelishi mumkin. Surunkali kasalliklarda autoimmun kasalliklar, zardob kollagenozi kuzatiladi. Zardob kasalligi kelib chiqish xollarining miqdori zardobning sifatiga bog’liq. Masalan, Frantsiyada zardob kasalligi so’ngi 50 yil ichida emlanganlar orasida 7,4 %dan 2 %gacha kamaydi.
Zardob oqsili inson qonida bir oy mobaynida aniqlanishi mumkin. Kasallikning rivojlanishi zardobning tarkibiga bog’liq. Ot qoni zardobining oqsil birikmasi va pritsipitinlar antigen bo’lib hisoblanadi. Ular zardob kasalligidagi allergik reaksiyada shu immun birikmaga javoban paydo bo’luvchi ikkilamchi antitela bo’lib xizmat qiladi. Qonda eruvchi immun birikmalar hosil bo’ladi. Shuning uchun reaksiya 10-15 kundan keyin rivojlanadi. Zardob kasalligi rivojlanishida immunoglobulinlarning M va G sinfiga kiruvchi antitelo hamda kompliment ishtirok etadi. Antitelo miqdori allergik reaksiya rivojlanashi uchun 8-10 kundan keyin yetarli darajada bo’ladi. Eruvchan immun birikmalar ichki a’zolar va kapillyarlarning endoteliy (ichki qatlam to’qimasi) membranasiga cho’kib (o’tirib) qoladi. Ular shikastlanganda (buzilganda) zardob kasalligining klinik belgilari yuzaga chiqadi.
Kasallik qaytalanishining paydo bo’lishi IgG ni qaytadan yig’ilishiga bog’liq. U qon tarkibida qolgan zardob oqsili bilan o’zaro ta’sirlashadi. Bunday xollarda kasallik cho’zilishi mumkin (bir necha oy davomida).
Hozirgi paytda emlash uchun qo’llanilayotgan deyarli barcha vaktsinalar va zardoblar sensibilizatsiyalash xususiyatiga ega. Tarkibida bir necha antigen saqlovchi vaktsinalar — yuqori darajali allergenlar bo’lib hisoblanadi. Vaktsinalar kiritilganda bir vaqtning o’zida organizmdagi boshqa hamma antigenlarga (mikrobga oid, oziq-ovqatga oid) nisbatan ham antitelo paydo bo’lishi kuchayadi. Organizm to’qimalari bilan bir xil umumiy antigenga ega bo’lgan vaktsinalarni kiritish ko’pincha autoimmun buzilishlar rivojlanishiga olib keladi. Immunizatsiya maqsadida vaktsina kiritilgandan keyin ham sensibilizatsiyaga xos reaksiya rivojlanishi mumkinligi aniqlangan. Qonda allergik reaksiya mediatorlarining miqdori ko’payadi, gistamin, atsetilxolin miqdori ham ortadi. Vaktsina va u zardob kiritilishiga qonning shakliy elementlari ham o’zlarining javob reaksiyalarini ko’rsatishlari mumkin. Periferik qonda trombotsitlar va leykotsitlar miqdorining pasayishi, eozinofillar va limfokinlar ko’payishi yuz beradi. Zardob kasalligining turli klinik ko’rinishlari, odatda 7-kuni rivojlanadi va u "zardob kasalligi sindromi" deb yuritiladi.
Organizmdagi allergik o’zgarishlar birinchi navbatda organizmning reaktivligi o’zgargan bolalarda, ya’ni allergiyasi bor bo’lgan bolalarda yuzaga keladi. Emlash natijasida allergik reaksiya vujudga kelgan bolalarda irsiy moyillik, ekssudativ diatezlar, burun bo’shlig’idagi infektsiya o’choqlari kuzatilgan. Bu bolalarning onalari anamnezida homiladorlik toksikozlari yoki bola qoni bilan rezus omilining to’g’ri kelmaslik holati qayd etiladi.
Organizmga zardob kiritilgandan taxminan 7-20 kun o’tgach, tana terisida toshma paydo bo’ladi, isitma, limfa bezlarining kattalashuvi, bo’g’imlarning zichlashishi yuz beradi. Nefrit, vaskulit, koronarit ham vujudga kelishi mumkin.
KDS va AKDS vaktsinalariga allergik reaksiyalar ko’pincha ular organizmga qayta kiritilganda kuzatiladi. Reaksiyalar organizmga vaktsinalar kiritilgandan keyin darhol yuz berishi yoki bir necha soatdan keyin paydo bo’lishi mumkin. Anafilaktik shok, odatda vaktsina kiritilgandan 1-7 soat keyin yuz beradi. Vaktsina kiritilgandan keyin qavarchiqlar, Kvinke shishi, ekzema (gush) ham rivojlanishi mumkin. Biroq ko’pchilik bolalarda allergik reaksiya emlangandan 2-4 kun o’tgach rivojlanadi va umumiy reaksiya harorat ko’tarilishi, ishtaha pasayishi bilan birga qo’shilib kelib, reaksiya 4-5 kun davom etadi. Ayrim hollarda reaksiya 8-16 kundan keyin ham yuzaga kelishi mumkin. Qonda yot zardobga nisbatan antitelo aniqlanadi, u ko’p miqdorda antigen organizmga tushganda eruvchan immun birikmalar hosil qiladi. Allergik reaksiyalarni IgE larning Fc-tarkibiy qismi amalga oshiradi. Zardob kasalligining klinik manzarasi ko’p belgililigi bilan tavsiflanadi. 85% hollarda terida o’zgarishlar, 70% - isitma, 5%, limfa bezlaridagi o’zgarishlar 20% hollarda bo’g’imlarda o’zgarishlar kuzatiladi. Bundan tashqari boshqa a’zolar ham zararlanishi mumkin.
Ko’kyo’talga (koklyush) qarshi vaktsinani kiritish bronxial astma xurujini rivojlanishi bilan kuzatilishi mumkin. Bunga organizmning gistaminga nisbatan sezuvchanligini ortishi va ko’kyo’tal antigenining nafas yo’li limfa tugunlariga joylashib olishi sabab bo’ladi. Kasallik hatto birinchi marta emlashdan keyin ham rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari bolalarda soxta bo’g’ilish (nafas olishning qiyinlashuvi) va spastik traxeit kuzatiladi. Zardob reaksiyasi gemorragik vaskulit ko’rinishida ham yuzaga kelishi extimoli yo’q emas. Nefropatiya, nerv tizimidagi zararlanishlar (entsefalitlar, entsefalomielitlar) ko’rinishidagi ancha og’ir va kam uchraydigani ham qayd etilgan. O’lim oqibatlari ham bo’lishi mumkin. Entsefalitlar odatda sekin-asta sodir buladigan allergik reaksiyalar ko’rinishida kechadi.
KDS vaktsinasiga allergik reaksiyalar ko’proq uning ko’kyo’tal tarkibiy qismi ta’sirida vujudga keladi. Birok, difteriya (bo’g’ma) va stolbnyak (qoqshol) vaktsinalari ko’kyo’tal antigenidan ajratilgan holda alohida kiritilganda ham tez sodir bo’ladigan allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Ular ko’kyo’tal vaktsinasi kiritilganiga qaraganda ancha kam hollarda kuzatiladi.
Zardob kasalligining kechish og’irligiga ko’ra uch shakli mavjud. Og’ir shakllarida harorat juda yuqori bo’ladi, badanning hamma sohalarini qoplab oluvchi turli ko’rinishdagi toshmalar, tananing ayrim qismlarida shishlar, og’iz bo’shligining shilliq qavatida enantemalar yuqori nafas yo’llarida kataral o’zgarishlar kuzatiladi. Oshqozon-ichak yo’lida enterit ko’rinishidagi o’zgarishlar bo’ladi. Miokardit va entsefalomeningit ham qayd etiladi. Limfatik bezlari yallig’lanishining ham ehtimoli bor. O’rtacha og’irlikdagi shakllarida yuqoridagi barcha belgilar kamroq rivojlanadi, teridagi o’zgarishlar ustunroq bo’ladi. Hamma belgilar tez orada kamayadi. U ikki haftagacha cho’zilishi mumkin. Yengil shakllarida teridagi toshmalar qavarchiqlar ko’rinishida bo’lib, bu asosan preparat kiritilgan joyda kuzatiladi. Bunda limfa bezlari kattalashishi mumkin. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, ko’p hollarda zardob kasalligi to’g’ri diagnozlanmaydi. Zardob kasalligini davolash maqsadida gistaminga qarshi preparatlar (efedrin, kortikosteroidlar) qo’llaniladi.
Zardob kasalligini oldini olish emlashdash keyin yuzaga keladigan har qanday reaksiyalar emlashni davom ettirish masalasini hal qilish uchun allergolog bilan maslahatlashish lozimligini talab qiladi. Biror qo’shimcha kasalliklar bo’lgan hollarda emlash maqsadga muvofiq emas. Allergik yallig’lanishni boshdan o’tkazgandan keyin 1-2 yilgacha emlash muolajalari to’xtatiladi. Emlashdan oldin infektsiya o’choqlarini davolash, tozalash ishlarini o’tkazish, bunda turli vitamin birikmalarini belgilash muhim ahamiyatga ega. Periferik qon tarkibida o’zgarishlar bo’lgan bolalarda (trombotsitopeniya, leykopeniya, disproteinemiya) emlash muolajalari o’tkazilmaydi. Emlashdan oldin sinama o’tkazaladi (teri ichiga fiziologik eritma bilan 1:10 nisbatdagi 0,1 ml eritilgan vaktsina kiritiladi). Sinama o’tkazilgandan 5 kun keyin emlash uchun lozim bo’lgan miqdordagi vaktsinani kiritish mumkin. O’ziga xos, o’ta sezuvchanlik pasaytirish maqsadida emlashdash oldin antigistamin preparatlarni belgilash mumkin. Bolalarda emlashdan oldingi davrda ovqatlanish rejimi (allergen mahsulotlarni istisno qilish) tavsiya qilinadi. Turli vaktsinalar bilan emlash orasidagi vaqt 2 oydan kam bo’lmasligi kerak.
Zardob kasalligini oldini olish uchun diqqat bilan anamnez yig’ish, Bezredka usuli yordamida yoki gistaminga qarshi preparatlar ta’siri ostida emlash, zardobni globulinlardan tozalashni yaxshilash tavsiya qilinadi. Zardob kasalligi bo’lgan bemorlarda ot zardobiga nisbatan sensibilizatsiya mavjudligini esda tutish lozim.
Ba’zi mutaxassislar bir necha vaktsinani bir vaqtda kiritish, ketma-ket kiritilishiga qaraganda xavfsizroq deb hisoblaydilar. Allergik reaksiyaning rivojlanishi vaktsina va zardobning turiga ham bog’liq bo’ladi.
Qoqsholga qarshi zardob bo’g’ma (difteriya) zardobiga qaraganda ko’proq allergik reaksiyalarga sabab bo’ladi. Ko’kyo’talga qarshi emlash muolajalari nafas yo’llari allergik kasalliklarini qo’zg’ashi mumkin. Chechakka (ospa) qarshi emlash dermatozlarni qo’zg’alishiga sabab bo’ladi. Eng yaxshisi emlash muolajalarini ikki bosqichda: dastlab o’ldirilgan vaktsinalar bilan, keyin esa tirik vaktsinalar bilan o’tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Emlashga mutloq moneliklar bo’lgan bolalarda yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida inson qonidan tayyorlangan yuqori immun xususiyatiga ega bo’lgan gammaglobulin kiritish mumkin.



Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish