Tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste‘molchiga etkazib berishda tadbirkorlik faoliyati maksadida tovarlar yoki xizmatlarni sotish va olib sotish maksadida ulgurji vositachi (tashkilotlar va aloxida shaxslar)ning o’rni katta.
Ulgurji vositachilarni asosiy vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va chakana sotuvchilar (dorixonalar bilan) o’rtasidagi uzilishni yo’qotib, muntazam aloqalarni va markazlashtirishni ta‘minlashdir.
Farmatsevtik tovarlar harakati tizimining zarur sharti - ulgurji vositachi (dorixona ombori) aloqalari orqali iste‘molchilarga etkazish hisoblanadi.
Ulgurji savdo – moddiy rusurslardan o’z o’rnida foydalanish uchun muhim mexanizm bo’lib, tovar aylanmasi jarayonining barcha bosqichlarida farmatsevtika maxsulotlarini ortiqcha Zaxiralarini kamaytirishga va mahsulot tanqisligini bartaraf etishga yordam beradi va farmatsevtika sanoati bozorini shakllantirishda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |