Dori vositalarini saqlash xonalariga qo‘yiladigan talablar
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saklash xonalari ularning xavfsizligini ta‘minlashi kerak. Xonalar devorlarining ustki qismi, xona shiftlari silliq bo’lishi va nam latta bilan tozalash ishlarini olib borish imkoniyatini ta‘minlashi kerak. Dori vositalarini saqlash xonalarida xavoning ma‘lum bir xaroratni va namlikni saqlash imkoniyati mavjud bo’lishi kerak, bu dori-vositalarini birlamchi va ikkilamchi (iste‘molchi) qadoqlariga joylashtirilgan yo’riqnomalar asosida ishlab chiqaruvchilar talablariga muvofiq saqlash imkonini beradi. Omborxonada xavo xarorati va namlik xar kuni maxsus elektron dasturda yoki sahifalari raqamlangan, tikilgan va muhrlangan (agar muhr mavjud bo’lsa) jurnalda qayd etilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |