Mavzu: Dislaliyani bartaraf etishda logopedik ta'sir metodikasi


Funksional dislaliya va uning sabablari



Download 72,75 Kb.
bet3/8
Sana01.01.2022
Hajmi72,75 Kb.
#295878
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dislaliya word

Funksional dislaliya va uning sabablari

Funksional dislaliyada periferik nutq apparatining artikulyatsion qismida hech qanday organik buzilishlar, kamchiliklar kuzatilmaydi.

Funksional dislaliyaning keng tarqalgan sabablaridan biri oiladan nutqini noto‘g‘ri shakllantirishdir. Ayrim oilalarda kattalar bola nutqiga taqlid qiladilar. Bolani suyib u bilan «bola tilida» so‘zlashadilar. Buning natijasida bolada tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi kech rivojlanadi. Dislaliya bolalarda taqlid asosida ham yuzaga kelishi mumkin. Tovushlar talaffuzi hali yetarli, to‘g‘ri shakllanmagan kichik yoshdagi bolalar bilan, tili chuchuk yoki noaniq, tez shoshib gapiradigan kishilar bilan doimo muloqotda bo‘lishi bola nutqiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pincha bola oilada tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etuvchi kishi nutqiga taqlid etadi. Bu esa funksional dislaliyaga sabab bo‘ladi.

Oiladagi ikki tillilik, pedagogik qarovsizlik ham funksional dislaliyaga sabab bo‘ladi. Bunda tovushlarga e’tibor bermaslik, boladagi kamchiliklarni to‘g‘irlamaslik, to‘g‘ri va aniq talaffuz namunalarini bermaslik hollari kuzda tutiladi.

Fonematik eshitishning yaxshi rivojlanmaganligi bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan biridir. Bu holda tovushlar differensiyasi (tovushlarni farqlash) qiyinlashadi. Bolalar asosan bir-biriga o‘xshash: jarangli-jarangsiz, sirg‘aluvchi va shovqinli tovushlarni ajrata olmaydilar. Bu qiyinchiliklar natijasida tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi uzoq vaqtga cho‘zilib ketadi.

Shu bilan birga, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar, ayniqsa, tovushlarni almashtirish hollari, o‘z navbatida, fonematik eshituvning shakllanishining qiyinlashtiradi va kelgusida nutqning umumiy rivojlanmaganligiga va o‘qish-yozishda buzilishlar bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Dislaliya artikulyatsion apparat a’zolarining (til, lab, pastki jag‘) harakatchanligidagi kamchiliklar natijasida ham sodir bo‘ladi. Bu hol bolaning tilni kerakli holatda ushlab tura olmasligi yoki bir harakatdan ikkinchi harakatga tez o‘ta olmasligida namoyon bo‘ladi.

Dislaliya funksional eshituvning pasayishi natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin.

Bolaning aqliy rivojlanishidagi kamchiliklar ham og‘ir va uzoq davom etadigan dislaliyaga sabab bo‘ladi. Oligofren bolalarning 50% da tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar bo‘lishi mumkin.


Download 72,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish