MAVZU: DIQQATNI TAQSIMLOVCHI MASHQLARDAN FOYDALANISH.
REJA:
KIRISH. KURS ISHINING UMUMIY TAVSIFI………………………..
I. BOB. DIQQAT HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA VA UNI TURLI YOSH DAVRLARIDA RIVOJLANISHI…………………………………………
1.1. Bolalarda diqqatning rivojlanishi……………………………………………….
1.2. Diqqatni diagnostika qilish metodlari…………………………………………..
II BOB. TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA BOLALARNI DIQQATLARINI TAQSIMLOVCHI MASHQLARDAN FOYDALANISH….
2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida e’tiborni rivojlantirish………………………
2.2. Bolalar diqqatini rivojlantirishda uy sharoitida ota-onalarga tavfsiyalar………
UMUMIY XULOSA………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI…………………...
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillikka erishgan mamlakatimizda yoshlar ta’limini va tarbiyasiga nihoyatda katta ahamiyat berilmoqda, davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri - ma’naviy jihatdan barkamol, jismoniy va ruhiy jihatdan sog`lom zehnli avlodni tarbiyalshdan iboratdir. Bunda ilk bo’g’in sifatida maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarning o’rni beqiyos. Davlatimiz tomonidan so’ngi yillar mobaynida ushbu ikki sohani rivojlantishish borasida sohada salmoqli ishlar olib borilmoqda va uning aksi ta’lim-tarbiya jarayonida aks etmoqda.
Jumladan, yuqorida keltirilgan tizimni har bir bo’g’ini samaradorligini oshirish bobida 2019yil 16 dekabrda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi Qonun, 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, 2019 yil 8 mayda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to’g’risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. Yosh avlodni rivojlanishida ularning ruhiy jihatdan ham to’la rivojlanishi muhim o’rin egallaydi.
Bolalarni psixologik jihatdan rivojlanishlari esa o’z-o’zidan psixik jarayonlarga borib taqaladi. Bolalarda diqqatni rivojlantirish ularni har sohada yuksak natijalarga erishishiga olib boradi. Bu mavzu yuzasidan P.I.Ivanova, M.E.Zufarova, Z.Nishanova, G.Alimova, Z,Qurbonova, S. Abdievlar ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Bolalarga yangi bilimlarni berishda diqqatning ro’li muhimligini hisobga olgan holda kurs ishimiz mavzusini dolzarb deb o’ylaymiz.
Kurs ishining maqsadi: Bolalar ta’lim maskanlarida bolalar diqqatini rivojlantirisha, diqqatni taqsimlovchi mashqlardan foydalanishning ahamiyatini yoritish.
Kursa ishining vazifalari: kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
Bolalar diqqatining xususiyatlarini ko’rib chiqish;
Bolalar diqqatini diagnostikasi bilan tanishish;
Bolalar diqqatini rivojlantirishda diqqatni taqsimlovchi mashqlardan foydalanish.
Kusr ishining obyekti: Bolalarda diqqatni taqsimlovchi mashqlardan foydalanish usuli.
Kurs ishining predmeti: Bolalarda diqqatni taqsimlovchi mashqlardan foydalanish jarayoni.
Kurs ishi materiallarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Kurs ishida asoslangan tavsiyalar, ilmiy qarashlar bolalar diqqatlarini rivojlantirishda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi: Kichik kurs ishi kirish, asosiy qism: ikki bob, va xulosalar, foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhati.
Do'stlaringiz bilan baham: |