1-jadval
Shuni ta’kidlash lozimki, sezgi a’zolarimiz orqali ta ’sir qiladigan
barcha narsalar esda qolavermaydi. Eslab qolish jarayoni dastlab
idrokning bevosita davomi sifatida ko‘riladi. Eslab qolinayotgan har
bir narsa yoki hodisaning aniq ko‘zga tashlanib turadigan elementlari
yaxshi eslab qolinadi.
Axborotning xotirada saqlanishi xotiraning turiga ham bog‘liq.
Mutaxassislar semantik va epizodik xotira turlarini farqlashadi. Semantik
xotira — ma’no haqida ma’lumot beruvchi xotira sifatida ko‘rilishi
mumkin. Masalan, Zigmund Freyd tadqiqotchi olim, psixoanaliz
haqidagi ta ’limot asoschisidir. Z. Freyd to ‘g‘risidagi axborot ma’no
va mazmun ko‘rinishida saqlanadi. U biror ilmiy yo‘nalish bo‘yicha
mashhur bo‘lgan olim. Ba’zan ushbu olim ilmning qaysi sohasi
bo‘yicha mashhur bo‘lganligini odam yaxshi eslab qolsa-da, olimning
www.ziyouz.com kutubxonasi
ismini unutib qo‘yadi. Uning familiyasi yoki ismini eslamoqchi bo'lsa:
U ≪haligi olimning familiyasi nima edi, u ko‘p tanqidga ham
uchragan, mashhur nevrolog ham bo‘lgan-ku≫, deydi-yu, ushbu
olimning ismini hech eslay olmaydi. Bu — semantik xotira buzilishining
bir turidir. Epizodik xotirada biror-bir voqeaning bo‘rtib turgan
qismi esda qoladi. Masalan, ko‘chada birovni mashina urib ketdi va
uni darhol kasalxonaga olib ketishdi. Bir qancha vaqt o‘tgandan
keyin o‘sha voqeaning guvohi bo‘lgan odamdan voqeaning tafsiloti
so'ralsa, guvoh faqat kimnidir mashina urib yuborganini eslab
qoladi, qolgan narsalar, ya’ni aynan qanday mashina urib yuborgani,
haydovchining ko‘rinishi va taxminiy yoshi, ≪tez yordam≫ni kim
chaqirgani esida saqlanib qolmaydi.
Shunday qilib, xotira murakkab funksional sistema sifatida ko'rilishi
kerak. Xotirada ikkinchi darajali narsa yoki voqealar eslab qolinmaydi.
Eslab qolingan narsa va voqealar miyada sintez qilinadi va maxsus
kodga aylanadi. Kodlanish jarayoni qisqa muddatli xotiraning uzoq
muddatli xotiraga aylanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xotirada axborot ko'proq optik tasvirlar holida yaxshi saqlanadi,
chunki aksariyat odamlarda ko‘rish analizatori dunyoni idrok etishning
yetakchi tizimi hisoblanadi. Shu bois eslab qolish usullaridan biri —
xotira turlarining birgalikda bo‘lishidir. Ko‘rish, eshitish, ta’m bilish,
taktil ta ’sirotlar bilan bog‘liq xotira shular sirasiga kiradi.
Xotira jarayonlari odam uchun hamma vaqt muhim bo'lgan. Xotira
qadim zamonlardan buyon olimu fuzalolarni qiziqtirib kelgan.
Greklar xotirani mustahkamlash uchun mnemonika xudosiga
sig‘inishgan. Barcha insonlar kuchli xotiraga ega bo‘lishni orzu
qilishgan. Ko‘pchilik olimlarning xotirasi kuchli bo‘ladi deyishadi.
Bu hamma vaqt ham haqiqatga to ‘g‘ri kelavermaydi. Ba’zi olimlar
olamshumul kashfiyotlar qilishsa-da, xotirasi o ‘ta yomon bo‘lgan.
Masalan, CH. Darvin xotirasida jiddiy kamchiliklar bo‘lgan. Shunday
bir voqea tarixchilar tomonidan yozib qoldirilgan: 50 yoshdan
oshgan CH.Darvin o'zining xizmatkoriga o‘zi yozgan ≪Turlarning
kelib chiqishi haqida≫gi asarini o ‘qishni buyuradi. CH. Darvin
tinglashga berilib ketib shunday degan: ≪Qiziq, qiziq, buni qaranga,
juda durust, bu asarni kim yozgan ekan-a≫, deb yuborgan. CH.
Darvinda xotira hammavaqt ham zaif bo‘lgan, lekin uning alloma
bo'lib yetishishiga bu xalaqit bermagan. Shu bilan bir vaqtda aqlan
zaif, lekin xotirasi kuchli odamlar ham bo'ladi, ammo, bunday
xotira mantiqiy emas, ko‘proq mexanik xotira hisoblanadi.
Ommabop adabiyotlarda xotirasi o‘ta kuchli boMgan odamlar
ta’riflangan. A.R. Luriya oddiy ishda ishlaydigan, biroq cheklanmagan
xotiraga ega boMgan odamni deyarli 20 yildan ortiq kuzatgan. 0 ‘ta
kuchli xotiraning sohibi boMgan bu odam bir necha yillardan keyin
ham arzimagan mayda narsalargacha eslab qolib, ularni batafsil aytib
bera olgan. Masalan, uni tekshirayotgan olim qanday shimda boMgan,
xonaning qaysi burchagida qanday narsalar bor edi, ob-havo qanday
boMgan va bemor qanday uslubda tekshirilgan? U kishining aqlzakovati
oddiy odamlarnikidek boMgan, uncha murakkab boMmagan
matematik masalalarni yecha olmagan, lekin har qanday uzunlikdagi
sonlarni, betartib joylashtirilgan harflarni va murakkab formulalarni
bemalol yodlab qola olgan. Uni ogohlantirmasdan turib so‘ralgan
har qanday ma’lumotlarni 10—20 yildan keyin ham bemalol aniq
aytib bera olgan. A.R. Luriya bu shaxsning ustidan olib borgan hamma
tajribalarni doimo daftarga qayd qilib borgan, lekin u kishidagi
noyob iste’dodni tushuntirib bera olmagan. Bu xotiraning egasi
axborotni obrazlaming butun bir majmui holida eslab qolgan. Bunday
xotira ≪sinesteziya≫ nomini olgan. Ko‘pincha, musiqa asarlarini yaratish
ana shu qobiliyatga asoslangan boMadi.
Endi esda saqlash va qayta esga tushirish bilan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |