Xotirani yaxshilash va xotira mashqi
Kishilarning ismini yoki berilgan bob materialini tezroq va yaxshiroq eslab qolish uchun kundalik hayotimizda biz nima qila olamiz?
Ba’zan bizni xotiramiz pastligi xavotirga soladi: biz tanish ismlarni yoki eng muhim narsalarni eslab qola olmasligimizdan; suhbatimiz mavzusini yo‘qotib, kirgan xonamizda bizga nima kerakligini yoddan chiqarib qo‘yishimizdan qo‘rqib ketamiz (Neggtapp, 1982). Bunday xotira susayishini bartaraf etish uchun nima qilish kerak?
Kirish qismida gap borgan PRTR (esda olib qolish) metodi mazkur mashqlarni taklif etadi :
Materialni bir necha bor qaytaring, uzoq muddat eslab qolish imkonini beradi. Erinmang. Ismni yodda saqlab qolish uchun uni talaffuz qilgan zahotiyoq takrorlang, biroz kutib, yana qaytaring.
• Takrorlash va material bilan ishlashga ko‘proq vaqt ajrating. Minimal darajada takrorlash bilan murakkab materialni tez o‘qish (yuzaki ko‘z yugurtirish) uning xotirada qolishiga yordam bermaydi. Materialni takrorlab, uni tanqidiy anglash katta foyda keltiradi. Faol mashq qilish (yodlash) lozim.
• Materialni eslab qolish uchun uni o‘zingizga qulay qilib tashkil eting. Keyin ularning mazmunini yaxshi eslab qolish uchun mantlarni konspekt qilib, ma’ruzalarni o‘z so‘zlaringiz bilan yozib oling. Axbarotning ongsiz ravishda takrorlashdan ma’no yo‘q. YAxshisi assotsiativ (bog‘lanishli) aloqalarni o‘rnatib, ma’lumotlarni tartibga solish, yangi materialni siz o‘zingiz bilgan va boshingizdan o‘tkazgan narsalar bilan solishtiring hamda o‘z fikringiz bilan qayta hikoya qilib bering. Bularsiz siz noqulay vaziyatga tushib qolishingiz va agar savol siz rejalashtirmagan shaklda berilgan paytda ushbu savolni tushunmay qolishingiz mumkin. Gaplarni eslab qolishning mufassal guruhini tashkil etishning ko‘proq tasavvurlariga ega bo‘ling.
• Notanish tushunchalarni yodda saqlab qolish uchun mnemoik (esga olishni osonlashtiradigan) uslublardan foydalaning, notanish so‘zlarni tayan-so‘zlar bilan bog‘lang. Nomlanishlarni obrazli tasavvur qilish uchun vaziyatlarni o‘ylab toping. Ma’lumotlarni akronimlarga ajratib chiqing.
• Assotsiativ (bog‘lanishli) aloqalar orqali xotirada axbarotni yangilab turing.
• Hayolan eslab qolish ro‘y bergan vaziyat va kayfiyatni o‘zingizda tasavvur qiling. Hayolan usha joylarga qaytib boring. Har bir aytmoqchi bo‘lgan fikringiz ketma-ketligi avvalgisining ortidan kelishi uchun qulay tarzda vaziyatlarni yodga oling.
• Voqealar yaxshi yodda saqlanib turganida hamda siz ularni esdan chiqib qolishi darajasiga etkazmasdan esga olishga harakat qiling.
• Turli xil ma’lumotlarning aralashib ketish ehtimolini minimum darajaga keltiring. Bir vaqtning o‘zida bir-biriga o‘xshash mavzularni, masalan ispan va fransuz tillarini birgalikda o‘rganmang, chunki biri ikkinchisiga halaqit qiladi.
• Bir vaqtning o‘zida biladigan bilimlaringizni ham mustahkamlab, ham aniqlashtirib olish uchun o‘z bilimlaringizni takrorlang. Keyinchalik axbarotlarni yodga olish kerak bo‘lganda, o‘zingizga ortiqcha darajada ishonib yubormang. O‘zlashtirganlaringizni takrorlang. Toza qog‘ozga bo‘limlar rejasini tuzib oling. Turli xil tushunchalarga mustaqil tarzda bobning so‘ngida ularni o‘qib chiqqinungizga qadar ularga ta’rif bering. Mashq qiling. Matnlarda, xususan mazkur bobdagi yaxshi o‘zlashtirish maslahatlari sizga yordam berishi mumkin.
• O‘zini tekshirib ko‘rmasdan o‘ziga ishonish, o‘ziga ortiqcha baho berishga olib kelishini Yudjen Sexmeyster va Djon Shognessilar talabalarning ikki guruhi bilan tajribalar o‘tkazish jarayonida aniqladilar. Birinchi guruh talabalari o‘nlab aniq faktlarga asoslangan fikrlarni bir necha marotaba qayta-qayta o‘qib chiqib, so‘ngra o‘z fikrlarini har bir faktga nisbatan so‘zlab berdilar, keyin esa ularni qay darajada yaxshi eslab qolganliklarini bilish uchun tekshirib ko‘rishdi. Keyinchalik tekshiruvda o‘zlari javob bera olmagan savollari uchragan bo‘lsa xam, ushbu guruh talabalari o‘z kuchlariga juda ishonar edi. Ikkinchi guruh talabalari fikrlarni o‘qib chiqishdi, biroq qolgan vaqt mobaynida amaliy mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishdi – savollarga javob qaytarishdi. Buning uchun o‘qib chiqqanlarini esga olishga to‘g‘ri keldi. “Ko‘p karra o‘qib chiqqan” guruh talabalari bilan taqqoslaganda, ikkinchi guruh talabalari xotirani tekshirish testlarida bir xil yaxshi ko‘rsatkichlarga erishdilar. Undan tashqari, ushbu guruh talabalari nimani yaxshi bilishlari-yu, nimani yaxshi bilmasliklari to‘g‘risidagi savollarga yaxshi javob bera olishdi. Shunday qilib, o‘zi-o‘zini tekshirib ko‘rish uslubi materiallarni yaxshi eslab qolib, muammolarni aniqlash va shu orqali biz hali bilmaydigan narsalarimizga ko‘proq diqqatimizni jamlash imkoniyatini beradi. Bir safar Britaniya bosh vaziri Bendjamin Dizraeli shunday degan edi: “Siz kam bilishingizni tushuningiz, bu- bilim olish uchun qo‘yilgan katta qadamdir”.
• Xotira psixologiyasi uni mukammallashtirishning aniq va ravon uslublarini taklif etadi. Ular orasida: uzoq muddatga eslab qolish; faol tarzda takrorlash, foydali, jonli, obrazli assotsiativ aloqalarni tashkil etish, yodda tutish mashqlari; hayolan aniq bir vaziyat va kayfiyatga murojat etish; xotiradagilar yolg‘on xabar orqali yo‘qolib ketmasdan oldin qayta xikoya qilish; axborotlar aralashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik; o‘zi-o‘zini nazorat qilish va takrorlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |