Mavzu: Dinning ilk shakllari va ularning xususiyatlari reja: Diniy kompleks Ibtidoiy jamiyat



Download 18,24 Kb.
bet1/3
Sana12.04.2022
Hajmi18,24 Kb.
#545702
  1   2   3
Bog'liq
Dinning shakllari




Mavzu: Dinning ilk shakllari va ularning xususiyatlari

REJA:

1. Diniy kompleks
2. Ibtidoiy jamiyat.
3. Diniy tizimlar vujudga kelishi

1.Diniy kompleks
- predmetlar va mavjudotlarda g'ayritabiiy kuchlarining mavjud ekanligiga ishonuvchi kishilarning qarashlari va maxsus harakatlari tizimi.
Kishi ongida diniy dunyoqarash paydo bo'lishi uchun tafakkur bilan bog'liq sharoitlar talab etiladi. Masalan, abstrakt tafakkur, kuchli his- hayajon, tasavvur, to'g'ri va noto'g'ri mantiqiy bog'liqliklarni farqlash qobiliyati kabilar shular jumlasidandir. Hozirgi zamon fani xomo xabilislarning shunday imkoniyatga ega bo'lganligi to'g'risida aniq ma'lumotlarga ega emas, lekin xomo sapiyensning dastlabki vakili - kromanyon odam voqelikni tahlil qilish, fikrlash, kundalik faoliyatida orttirgan tajribalarini yodda saqlash va avloddan-avlodga o'tkazish singari imkoniyatlarga ega edi. Shunga qaramay, kromanyonlarning ajdodlariga nisbatan imkoniyatlari qanchalik keng bo'lmasin, bilim va imkoniyatlari cheklanganligi bois ular tabiat kuchlari oldida ojiz bo'lganlar. Kromanyonlarda ko'p yillik tajribalar asosida to'plangan bilimlar bilan birga xayoliy fantastik qarashlar ham shakllangan.
Kromanyon tafakkurining rivojlanishi diniy qarashlarning abstrakt fikrlaydigan «yarim-yovvoyi» mavjudotning ongida paydo bo'lmaganligi, balki kishilarning jamoalarga birlashib mehnat qilishlari (ov qilish, oziq- ovqat topish, mehnat qurollari yasash kabi faoliyatlari) natijasida, ularning doimiy ijtimoiy muloqotlari jarayonida shakllanganligidan dalolat beradi.
Ibtidoiy jamiyatda diniy qarashlar qudratli xudolarga sig'inish shaklida vujudga kelmagan. Odamlar ruhlarga, tabiat hodisalari (suv, olov, oy, quyosh singari)ga va mavjudotlar (ot, bug'u, mushuk kabilar)ga sig'inganlar. Shu bois ibtidoiy din shakllari umumiy nom bilan diniy kompleks (lotincha complexus - aloqa, birikma degan ma'nolarni anglatadi) deb ataladi.
Ibtidoiy din shakllari xilma-xil ko'rinishga ega. Eng qadimgi diniy e'tiqod turlaridan biri totemizmdir (Shimoliy Amerika hindulari tilida ototem - uning urug'i degan ma'noni anglatadi). Totemizm - odamlar jamoasi (urug', qabila)ning hayvon, o'simlik yoki predmetlar bilan qon- qardoshlik aloqasi mavjud ekanligiga ishonishlari. Totemizmning asosiy xususiyati shundaki, totem sifatida qabul qilingan hayvon, o'simlik yoki predmetlar urug' yoki qabilaning ajdodi deb tan olinadi va uni tan olgan jamoa a'zolari qarindosh hisoblanadilar. Totem hayvon, o'simlik yoki boshqa predmetlar juda ko'p talablarga javob berishi kerak bo'lgan. Masalan, totem hayvon birinchi navbatda xo'jalik uchun zarurligi va foydaliligiga qarab aniqlangan.
Totemizm odamlarning birlikni anglashlaridan paydo bo'lgan. Bu birlikning tashqi belgisi sifatida tabiat voqeliklari qabul qilingan. Chunki odam ibtidoiy jamiyatning ilk bosqichlarida o'zini tabiatdan ajratmagan, undagi mavjudotlar bilan o'zini qiyoslagan. Shu asosda, odamlarda totemistik qon-qardoshlik tuyg'usi ularning fiziologik qon- qardoshliklaridan oldin paydo bo'lgan. Totemizm quyidagi muhim vazifalarni amalga oshirgan:
- odamlar jamoalarining birligini totemi yordamida yanada mustahkamlagan. Ularni «o'ziniki» va «begona»larga ajratish orqali insonlarning o'zligini tushunishlariga yordam bergan; insonni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalagan va u bilan uyg'un yashashga o'rgatgan.
Totemizm milliy-davlat va jahon dinlari ta'limotlarining shakllanishi va rivojlanishiga ta'sir ko'rsatgan va hozir ham uning ayrim ko'rinishlari saqlanib qolgan. Totemizmning ta'sirini davlat ramzlarida, harbiy qisimlarning atamalarida, harbiy kiyimlarda, ayrim hayvonlarning go'shtini iste'mol qilishning taqiqlanishi kabilarda ko'rish mumkin.
Totemizm marosimlari bilan odamlarning mayl va ehtiyojlarini cheklaydigan qoidalar tizimini ifodalovchi tabu (polineziya etnosi tilidan so'zma-so'z tarjimasi qat'iy taqiqlash degan ma'noni anglatadi) tushunchasi bevosita aloqador.
Tabu deb muayyan harakatlarni bajarish yoki harakatsizlikka yo'l qo'yishning qat'iyan man etilishiga aytiladi. Uning boshqa cheklash va taqiqlashlardan asosiy farqi shundaki, joriy qilingan qoidalarning sabablari ko'rsatilmaydi va asoslanmaydi.
Tabu inson uchun yashirin xavf-xatarlarning mavjudligini bilish va ularning oldini olishga intilish sababli vujudga kelgan. Mazkur xavf- xatarlar odamlar yoki guruhlar tabu qoidalariga amal qilsalar, o'zligini namoyon qilmaydi. Agar qoida buzilsa, nafaqat qoidabuzarlikka yo'l qo'ygan kishi, balki butun jamoa xavf-xatarga duchor bo'lishi mumkin. Demak, tabu odamlarga xavf tug'diruvchi mavjud, lekin ko'zga ko'rinmas xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida joriy qilingan.


Download 18,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish