Mavzu: diniy mutaassiblik va dindorlik


Diniy ekstremizm va fundamentalizmga



Download 143 Kb.
bet2/8
Sana21.06.2022
Hajmi143 Kb.
#689577
1   2   3   4   5   6   7   8
Diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlari 
Diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurash ongli ravishda olib borilishi zarur. Buning uchun, avvalambor, quyidagi muhim jihatlarni  anglash lozim: 
– din, uni siyosiylashtirish va fundamentalizmning aynan bir narsa emasligi; 
– fundamentalizmning globallashuv jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligi; 
– fundamentalizm va ekstremizmning terrorizm vositasida ijtimoiy voqelikda qaror topishi; 
– ekstremizm va fundamentalizmning maqsad va vositalari nuqtai nazaridan farqlanishini kabilar. 
Diniy ekstremizm va islom fundamentalizmiga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlari aynan shu jihatlarni aniqlash orqali belgilanadi. Buning sababi diniy ekstremizm va fundamentalizmning o‘ta jiddiy va qaltis mafkuraviy hodisa ekanligidadir. Diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurash ko‘r-ko‘rona va bir yoqlama olib borilmasligi lozim, chunki diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashning samarasi to‘g‘ri ilmiy metodologiyani tanlashga bog‘liqdir. 
Mazkur mulohazalardan kelib chiqib yondashilganda, islom dini, siyosiy islom va fundamentalizm aynan bir narsa emas. Islom ekstremizmi va islom fundamentalizmi islom dini bilan emas, balki siyosiy islom va turli ekstremistik siyosiy kuchlar bilan bog‘liqdir.
Siyosiy islom va uning ashaddiy janggari ko‘rinishi bo‘lmish islom ekstremizmi terrorizm va fanatizm bilan bog‘liqdir. Islom ekstremizmi va fundamentalizmiga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishi islom diniga emas, balki siyosiy islomning manfur ko‘rinishlaridan biri – islom ekstremizmi va terrorizmga qarshi qaratilishi lozim.
Mamlakatimiz va ayrim jahon matbuot vositalari yordamida tarqatilgan ba’zi manbalarda islom dini, siyosiy islom, terrorizm va diniy ekstremizm qorishtirib yuborilmoqda. Natijada hatto ayrim davlat arboblari (masalan, AQSH Prezidenti J. Bush) beixtiyor islom diniga siyosiy islom bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan terrorizmni ham uning tarkibiy elementi, deb kiritmoqda. Vaholanki, terrorizm va islom ekstremizmi islom dini bilan faqat konfessional jihatdan bog‘liq. Mamlakatimizning ichki ishlar organlari xodimlari diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash yo‘nalishini aniqlashda bu xatoga yo‘l qo‘ymasliklari, haqiqiy islom bilan islom dinini niqob qilib olgan, aslida ma’lum siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi ekstremistik kuchlarni farqlay olishlari, obrazli qilib aytganda, «burgaga achchiq qilib, ko‘rpani kuydirmaslik»lari kerak. Bu, ayniqsa, ajdodlari va tarixiy o‘tmishi islom 
dini bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan vatandoshlarimiz uchun kechirarli emasdir. 
Ekstremizmga qarshi kurash davomida xalqimizning eng muqaddas qadriyatlaridan biri – islom diniga zarar yetkazish xunuk oqibatlarga olib keladi, xalqni davlatga qarshi qo‘yadi, davlatimiz tomonidan islom dinini rivojlantirish, islom taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizni ulug‘lashga qaratilgan dono siyosatga shak keltiradi, uni obro‘sizlantiradi. Bunga esa aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ichki ishlar organlari xodimlarining siyosiy ongi va siyosiy madaniyati mazkur masalada yetarli bilimlarni egallashni taqozo etadi. Bu esa islom dinini noo‘rin ayblash, unga janggari, agressiv diniy ta’limot, degan siyosiy tamg‘a bosilishining oldini oladi. Islom dinini agressivlikda, terrorchilikda ayblash jahon miqyosida islom dini nufuzi va islom mavqeining oshib borishidan talvasaga tushish, global iqtisodiy, siyosiy, madaniy va demografik jarayonlarda gegemonligini tarixan yo‘qotayotgan postindustrial jamiyatlarning siyosiy kuchlari uchun xosdir. 
Islom fundamentalizmi jahonda sodir bo‘layotgan globallashuv va integratsiya jarayonlariga nisbatan salbiy ta’sir shaklida maydonga chiqqan. Bu narsani anglamaslik islom fundamentalizmiga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishini aniqlashga imkon bermaydi.
Aytish joizki, islomda ham, xristianlik va boshqa dinlarda bo‘lganidek, fundamental tushunchalar kishilarning ezgulik, rahm-shafqat, mehr-oqibat, adolat va poklik kabi tasavvurlari asosiga qurilgan. Shu bois tom ma’nodagi diniy fundamentalizm ekstremistik ruhdagi fundamentalizmdan farq qiladi. Fundamentalizmga qarshi kurashning yo‘nalishi shu ma’noda din asoslariga emas, balki uning begona, yovvoyi tarmog‘i bo‘lgan ekstremistik ruhdagi fundamentalizmga qaratilmog‘i lozim. 
An’anaviy islom dini fundamentalizm bayrog‘i ostida rivojlanmoqda. Siyosiy islom esa islom dinini muayyan siyosiy maqsadlarga erishishyo‘lida o‘ziga shior yoki niqob qilib olishga urinmoqda. 
Fundamentalizm jahonda kechayotgan globallashuv (lotinchada globus – shar, butun yer yuzini qamrab oluvchi voqea yoki hodisa), standartlashuv (inglizchada standart – namuna, nusxa, me’yor, umum e’tirof etilgan yoki tavsiya qilinadigan namuna, nusxa, me’yor), vesternizatsiya (inglizchada west – g‘arb, g‘arb dunyosiga xos turmush tarzini tashviqot qilish, olib kirishga harakat) va konsyumerizm (iste’mol erkinligini targ‘ib qilish)ga qarshi reaksiya tarzida vujudga keldi. Buni quyidagicha izohlash mumkin. «Sovuq urush» davri tugaganidan so‘ng, 
jahonda umumiy informatsiya tarmog‘i (internet), umumiy bozor, umumiy iste’mol, kollektiv hamkorlik, kollektiv xavfsizlik kabi hodisalarga umumiy ehtiyoj sezila boshlandi. Islom dunyosi mamlakatlari uchun islom an’analariga asoslangan turmush tarzi va udumlariga G‘arb standartlari, normalari va qadriyatlarining kirib kelishi an’anaviy tafakkurda qarshi reaksiya holatlarini shakllantirdi. Yo‘ldosh orqali aloqalar, elektron pochta va shu kabilar Sharq olamiga G‘arb qadriyatlarining tobora chuqurroq singib borishini tezlashtirdi. 
Islom mamlakatlari G‘arb davlatlarida shakllangan sekulyarizm (ya’ni, dinni davlatdan ajratish) siyosatini qabul qilmaslikka harakat qiladi, o‘z hukmini jahon hamjamiyatiga o‘tkazmoqchi bo‘ladi. Bu narsa islom fundamentalizmini xristianlikning diniy qonunlaridan biri bo‘lgan pravoslav fundamentalizmidan farq qilishga olib keladi. G‘arb texnologiyasi ilmi va texnikasi yutuqlaridan tobora ko‘p bahramand bo‘layotgan Sharq xristianlikdan emas, balki ko‘proq G‘arb mafkurasidan cho‘chiydi. 
Bu kayfiyatni Eron Islom Respublikasining sobiq rahbari marhum Oyatulla Humayniy Italiya gazetasi «Korryere della Sera»ning muxbiri taniqli jurnalist Oriana Fallachiga 1979 yilda Eronda sodir bo‘lgan islom inqilobidan so‘ng bergan intervyusida yaqqol ifodalaydi. Jumladan, u: «Biz sizlarning fanlaringizdan ham, texnikangizdan ham cho‘chimaymiz. Biz sizlarning g‘oyalaringizdan va odatlaringizdan cho‘chiymiz», – deydi. Darhaqiqat, Sharq islom dunyosining rahbarlari G‘arb texnikasi bilan birga kirib keluvchi G‘arb ma’naviyati, mafkurasi, odat va udumlaridan cho‘chishadi va Sharq musulmon aholisini islom talablariga zid qadriyatlar ta’siriga tushib qoladi deb o‘ylaydilar. Buning oldini olish uchun ayrim siyosiy islom namoyandalari islomdan o‘zga dinni tan olmaydilar, islom dinida bo‘lmagan barcha kishilarni o‘zlariga dushman deb hisoblaydilar. 
Bu kayfiyatlar turli janggari siyosiy kuchlarga madad beradi, islom dinini himoya qilish niqobi ostida islom dunyosini qolgan butun jahon xalqlariga qarshi qo‘yadi. Ayrim islom mafkurachilari islom dunyosi mamlakatlarini birlashtirmoqchi, jahonning deyarli 50 mamlakatini birlashtiruvchi islom davlati – islom xalifaligini tiklamoqchi bo‘ladilar. Bu ishga islom korchalonlaridan Usoma bin Lodin, Shomil Basayev, Ibn Xattob, Juma Namangoniy va boshqalar qattiq bel bog‘laganlar. Ular islom aqidalariga butunlay zid usullar – terrorizm, garovga olish va  kishilarni dahshatga soluvchi mish-mishlar vositasida o‘zlarining qabih  niyatlariga erishmoqchi bo‘ladilar. Xulosa qilib aytganda, janggari fundamentalizm terrorizm vositasida ijtimoiy voqelikda qaror topmoqchi, 
buning uchun ayrim yosh mustaqil davlatlarning ichki ziddiyatlari va iqtisodiy qiyinchiliklaridan ustomonlik bilan foydalanmoqchi, rasmiy hokimiyatga qarshi turuvchi kuchlarni shakllantirmoqchi, xalq birligini buzmoqchi bo‘ladilar. Bu sohada ular mablag‘ va kuchni ayamaydilar, real hokimiyatga nisbatan har qanday norozilikni qo‘llab-quvvatlaydilar. 
Bunday sharoitlarda siyosiy hokimiyatning muhim tarmog‘i bo‘lgan ijroiya hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, xususan, ichki ishlar organlari xodimlaridan chuqur siyosiy bilimdonlik, yuksak malaka va hushyorlik talab qilinadi. Fundamentalizmga qarshi kurash samarali olib borilishi lozim. Bu ishdagi savodsizlik xalqimiz e’zozlovchi buyuk qadriyat – islom diniga 
putur yetkazadi, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati oldida obro‘yini to‘kadi, turli aksilinqilobchi kuchlarga esa bu narsa qo‘l keladi. Ular mustaqil O‘zbekiston xalqini tanlangan dunyoviy demokratik taraqqiyot yo‘lidan chiqib, o‘rta asr diniy davlatchilik yo‘liga kirishiga jon-jahdi bilan 
harakat qiladilar. Buni ichki ishlar idoralarining har bir xodimi to‘g‘ri anglashlari, islom diniga yot unsurlarga aniq zarba berish malakasiga ega bo‘lishlari talab etiladi. Zero, oq-qorani farqlash har bir vijdonli xodimning kasbiy va vijdoniy burchidir.
Terrorizm (lotincha – «qo’rqitish», «vahimaga solish», “daxshat”) – aholining 197 keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Terror – ommaviy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun zo’ravonlikdan hamda zo’ravonlik qilish bilan tahdid solishdan muntazam foydalanishdir. Shunday qilib, «terror» dushmanni jismoniy zo’ravonlik yo’li bilan qo’rqitish, hatto uni jismonan yo’q qilishni anglatadi. «Terrorizm» esa terror amaliyotidir. XX asrning 60-yillaridan boshlab, terrorizmning mojarolarni keltirib chiqaruvchi hodisa sifatidagi salohiyati, butun-butun mintaqalar yo’nalishi turlicha bo’lgan terrorchi tashkilotlar va guruhlar faoliyat ko’rsatgan joylarga aylanib qoldi. Buning natijasida, terrorchilik harakatining ko’lamigina emas, balki metodlari ham o’zgardi. Uning eng dahshatli ko’rinishlaridan biri – o’zini avvaldan o’limga tayyorlagan terrorchi-kamikadzelar tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlarni keltirish mumkin. Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy bo’la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg’otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar. Demak, terror, terrorchilik faoliyati, terrorchi birgalikda bir butun hodisa sifatida terrorizmni tashkil etadi. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi. «Xalqaro terrorizm» tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo’poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U og’ir jinoyatlardan bo’lib, uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi. Xalqaro terrorizm fenomeni, ayniqsa, XX asr boshlarida avj ola boshladi, ya’ni xalqaro terrorizmga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikni yo’lga qo’yilishi o’tgan asrning 30-yillaridan boshlangan. 1937 yilda 20dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash haqidagi Konventsiyani imzoladi. Terrorizmni turlarga bo’lishda terakt jarayonida ishlatiladigan vositalarga asosiy mezon sifatida qaraladi. Shunga ko’ra terrorizm ikki turga: an’anaviy va zamonaviy (texnologik) terrorizmga ajratiladi. Odamlarni xalok qiluvchi azaldan ma’lum vositalar (sovuq qurol, o’q otuvchi qurol, portlovchi moddalar va hokazolar)dan foydalanib siyosiy maqsadlar yo’lida amalga oshiriladigan terror an’anaviy terrorizmga xos xususiyatdir. Zamonaviy (texnologik) terrorizm esa radioaktiv materiallar, o’ta zaharli gazlar, kimyoviy va biologik moddalar kabi vayron qilishning yangi vostalarini qo’llashni afzal ko’radi, nisbatan katta hududni qamrab olishi va ko’plab aholining qurbon bo’lishiga olib kelishi jihatidan o’ta xavfli jinoyat turiga kiradi.
Zamonaviy (texnologik) terrorizmning ko’rinishlari: Yadroviy terrorizm - yadroviy portlovchi qurilmalarni portlatish yoki portlatish tahdidi, radioaktiv materiallar bilan zaharlash, yadroviy ob’ektlarni bosib olish yoki diversiya uyushtirishni ifoda etadi. Hozir dunyoning 30 mamlakatida 450 ga yaqin yadroviy sanoat ob’ektlari, yuzlab yadro reaktorlari, o’n minglab yadroviy qurilmalar mavjudligi e’tiborga olinsa, terrorizmning bu ko’rinishi insoniyatga nisbatan qanchalik katta tahdidga aylanganini tasavvur qilish mumkin. Xaydjeking - yirik transport vositalari: samolyot, poezd, avtomobil va kemalarni o’g’irlashni ko’zda tutadi. 2001 yil 11 sentyabrda AQSH hududida mamlakat aviakompaniyalariga qarashli uch yirik samolyotning passajirlar bilan birga olib qochilganligi, amalga oshirilgan terakt natijasida ko’plab fuqarolarning halok bo’lganligi katta fojia bo’lgan edi.
- Kiberterrorizm — maxsus xaker dasturlari orqali kompyuter boshqaruvi tarmoqlarini egallab olish, kompyuter viruslari yordamida internet tarmog’ida terakt sodir etish, internet tarmog’ini ishdan chiqarishni ko’zda tutadi.
-Bioterrorizm — shtam, virus, kukun kabi bakteriologik vositalardan foydalangan holda terakt sodir etish. Kimyoviy terrorizm - zarin, neprin kabi zaharlovchi va bo’g’uvchi gazlardan terroristik maqsadlarda foydalanish.
-Ekoterrorizm — terakt ob’ekti sifatida flora (o’simlik dunyosi) va fauna (hayvonot dunyosi)ning tanlanishi. Infoterrorizm (axborot terrori) — terakt sodir etishga olib kelishi mumkin bo’lgan ma’lumotning OAV orqali tarqatilishi, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatning o’z texnik imkoniyatlaridan boshqalarning zarari uchun foydalanishini anglatadi. Misol uchun biron bir yolg’on xabar ba’zan butun dunyo davlatlarini birbiriga qarama-qarshi qilib qo’yadi, millionlab odamlarning ruhiyatini zaharlaydi, ularni yo’ldan adashtiradi. Shu bois, jahon ommaviy axborot vositalari orqali, xususan, «Internet» tarmog’idan tarqatilayotgan xabarlar noxolis berilar ekan, demak, turli zararli oqibatlar ham kelib chiqadi. Bunda zararli axborotlarni «Axborot terrori» deb atash mumkin. Bugungi kunda terrorchilik uslublari ancha kengayganini ta’kidlash zarur. 1970- yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko’proq uchragan bo’lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus va poezdlarda portlashlarni sodir etish orqali ko’plab tasodifiy kishilarning qurbon bo’lishiga olib keladigan qo’poruvchilikni amalga oshirishga e’tibor berilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bunday harakatlar birinchi navbatda nobud bo’lganlardan ko’ra, uning guvohlariga qaratilgan. So’ngi yillarda turli-tuman siyosiy, iqtisodiy va diniy-mafkuraviy sabablarga ko’ra, Falastin hududlari, Suriya, Iroq Respublikasi diniy ekstremizm bilan bog’liq terrorchilik harakatlaridan katta talafot ko’rmoqda. Ayniqsa, Suriya davlatining iqtisodiyotiga 5 yillik urush 255 milliard AQSH dollari miqdorida zarar keltirdi. 199 Mamlakatning o’nlab shaharlaridagi 2 milliondan ziyod bino va inshoatlar poydevorigacha yo’q qilingan, 85% suriyaliklar qashshoq holatga tushib qolgan. BMT ma’lumotlariga ko’ra, Suriyani tiklash uchun yiliga 100 milliard AQSH dollari lozim bo’ladi. Shundan keyingina 9 yil ichida davlat 2010 yilgi darajaga chiqishi mumkin. 2010 yili Suriyaning yalpi ichki mahsuloti 62 milliard AQSH dollariga teng bo’lgan. Ammo, fuqarolar urushidan so’ng yalpi ichki mahsuloti 27 milliard AQSH dollariga tushib ketgan. Faqatgina ishlab chiqarish maydonlarining o’zi 90% vayron qilingan. Turar-joy binolarining yarmi esa buzib tashlangan. Xalqaro terrorchilik harakatlarining asosiy belgilari: – xalqaro huquq himoyasidagi ob’ekt yoki sub’ektlarga qarshi qaratilgani; – davlatlar chegaralarini buzish orqali amalga oshirilishi; – a’zolari ikki yoki undan ortiq davlat fuqarolari, shu jumladan, yollanma shaxslar bo’lgan ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etilishi; – ekstremistik guruhlar tarkibida qo’poruvchilik harakatlari bo’yicha xorijlik yo’riqchilarning qatnashishi; – ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko’rishi; – tayyorgarlik ko’rish va qo’poruvchilikni sodir etishda xorijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamidan, xalqaro tus olgan noqonuniy qurol-yarog’ savdosi va narkobiznesdan keladigan moliyaviy manbalardan foydalanilishi. Muayyan mamlakat hududida sodir etilgan terrorchilik xurujida qayd etilgan u yoki bu belgilarning bo’lishi, unga xalqaro maqom berilishi va shundan kelib chiqib, unga mos choralar ko’rilishiga olib keladi.


Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish