Vaqtli qator(time series) ni tahlil qilish usuli sonli o’zgaruvchilarning o’tmishi va kelajagi asosida uning ko’rsatkichini (mohiyatini) bashoratlash imkoniyatini beradi. Masalan: Nyu-York fond birjasida aktsiyalarning har kungi kotirovkasi-vaqtli qatorni beradi. Vaqtli qatorlarga boshqa bir misol qilib, istemol narxlar indeksining har oylik ko’rsatkichlarini, YaIMning har chorakdagi o’lchamini kabilarni ko’rsatish lozim. Bog’liqlikning sabab- oqibatlarini (causal forecasting method ) tahlil qilish usuli- prognoz qilinayotgan o’zgaruvchining ko’rsatkichlariga qaysi omillar tasir qilishini aniqlash imkoniyatini beradi. Bu usullar qatoriga : ko’pfaktorli regressiya tahlili, ekonometrik modellash.
Do'stlaringiz bilan baham: |