Dialektika rivojlanish xaqidagi ta’limot.
Dialektik tafakkur sub’ekt tafakkurining rivojlanish darajasiga ham bog‘liqdir. Tabiat va jamiyatda pirovard natijada hamma narsa dialektik tarzda yuz beradi. Bu dialektik jarayon sub’ekt miyasida in’ikos etganda, paydo bo‘lgan tasavvur va tafakkur yo metafizik yoki dialektik yo‘l bilan hosil qilinishi mumkin. Dialektik tafakkur shu jihatdan inson tafakkuri taraqqiyotining nisbatan yuqori bosqichiga xosdir. Dialektik tafakkur borliqdagi narsa va hodisalar asli qanday bo‘lsa, ularning sub’ekt miyasida muayyan fikr shaklida xuddi shunday aks etishidir. Dialektik tafakkur — bu dialektik fikrlash usuli. Dialektik tafakkur ham tabiatshunoslik va ijtimoiy fikr taraqqiyoti bilan o‘zgarib, rivojlanib boradi. Uning keyingi davr ijtimoiy taraqqiyot bilan, jahon xalqlari hamjamiyatlarining vujudga kelishi bilan bog‘liq yuzaga kelgan shakli, bu — yangicha tafakkurdir. Yangicha tafakkurning asosini jamiyatni dialektik tushunish tashkil qiladi. Dialektik tafakkur usuli o‘z mohiyati bilan sofistik, eklektik va dogmatik tafakkur usullaridan tubdan farq qiladi. Tafakkurning sofistik, eklektik, metafizik-dogmatik usullari dialektik tafakkur usulining muqobillaridir. Ular inson tafakkuri faoliyatining turli qirralari sifatida bir-birlariga ham qaramaqarshi, ham, ayni vaqtda, bir-birlarini to‘ldiradilar. Ularning har birining inson tafakkuri jarayonida o‘z o‘rni bor. Biz ularning har biri bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Sofistika16. Sofistik tafakkur usuli dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘lib, o‘rta asrlarda, ayniqsa keng tarqaladi va rivojlanadi. Qadimgi davr yunon falsafasida biron-bir xunarni yoki biron bir bilim sohasini mukammal egallagan kishilar sofistlar, deb atalgan bo‘lsa, keyinchalik o‘rta asrlarga kelib, notiqlik, donishmandlik, bilimdonlik bilan nom chiqargan kishilar ham, turli omonim so‘zlar asosigako‘rilgan turli fikrlar bilan kishilarning boshini qotiradigan, ustamonlik bilan ular fikrlarini chalg‘itadigan kishilar ham sofistlar, deb atala boshlanadi.
Sofistik tafakkur usuli yoki sofistika muhokama jarayonida bilib turib, ataylab yolg‘on asoslardan yolg‘on xulosalar chiqarish asosida fikr yuritish usulidir. Shu sababli sofistikani Forobiy
«yolg‘ondakam donolik» deb, izohlaydi. Uning fikricha, sofistik tafakkur usuli bilan fikr yurituvchi kishi o‘rganilishi lozim bo‘lgan narsalarni o‘rganishda aqlni to‘g‘ri yo‘ldan chalkashtiradi va yolg‘onni rost shaklda tasavvur qilishga majbur qilib, kishini to‘g‘ri fikrlashdan adashtiradi.
Sofistika ijtimoiy ildizlarga ega. Sofistik tafakkur usuli haqiqatni ataylab buzib, yolg‘on fikrni haqiqat sifatida ko‘rsatishga asoslanadi. Bu narsa doimo ma’lum manfaatdan kelib chiqib qilinadi. Bunga odatda formal mantiq qonunlarining talablaridan kelib chiqib yondashish ham imkon tug‘diradi. Sofistik tafakkur usulida kishi rasmiy formal ta’riflar bilan cheklanadi va shu asosda fikr yuritadi. Lekin sofistik tafakkur usulini ham faqat salbiy jihatdan qarash to‘g‘ri emas. Sababi: sofistik tafakkur usuli ilmiy bilishda, haqiqatni aniqlashda salbiy rol o‘ynasa ham, biroq u san’atda, har xil komik vaziyatni yaratishda, badiiy tasvirda ijobiy rol o‘ynaydi. Sofistik tafakkur usuli ham inson tafakkurining bir qirrasi, bir tomoni sifatida tafakkurning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Dialektik tafakkurning qaror topishida sofistik tafakkurning o‘ziga xos muhim o‘rni ham bor. Forobiy yozganidek, mantiq qonunlariga qatiy bo‘ysuniladigan fikr jarayoni sofistik tafakkur usulidan kishini xalos qiladi. Fikrning mantiqiy bo‘lishi uchun u formal mantiq qonunlaridan dialektik mantiq qonunlari darajasiga ko‘tarilishi lozim.
16 Софистики (юнонча: sоpism — ataylab хаtо asoslar asosida, ko‘p ma’noli so‘zlarga asoslanib fikr yuritish) — bilib turib, хаtо asoslardan yolg‘on xulosa chiqarishdir. Bu yerda sufiylik falsafasi emas, balki o‘rta asrlarda Yevropada кенг tarqalgan alohida falsafiy ta’limot nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |