13-14-mavzu: Detalda og’ma qirqim bajarish va kesim yuzasining haqiqiy kattaligini aniqlash. Og’ma tekislik bilan qirqilgan detalning aksonometrik
proyeksiyasini bajarish.
Detalni proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan qiya vaziyatdagi tekislik bilan kesganda qiya kesim va qiya qirqim hosil bo‘ladi. Tekislik kesib o‘tgan joyining o‘zi chizmada tasvirlansa qiya kesim, kesimning orqa tomonidagi detal qismlari ham qo‘shib tasvirlansa, qiya qirqim hosil bo‘ladi.
1-shakl, a dagi A–A ko‘rinish qiya kesimga, 1–shakl, b dagi V–V ko‘rinish qiya qirqimga misol bo‘la oladi. Qiya kesim yuzasi o‘zining haqiqiy kattaligida tasvirlanadi va uni yasash uchun A–A tekislik kesib o‘tgan detal ko‘rinishdagi 12, 22, 32, 42, 52 nuqtalar belgilanadi va bu nuqtalarning ustdan hamda yondan ko‘rinishlaridagi o‘rinlari aniqlanib qiya kesim proyeksiyalari belgilanadi. Qiya kesimning haqiqiy kattaligini yasash uchun 12, …, 52 nuqtalardan tekislik izi A–A ga perpendikulyar yordamchi chiziqlar o‘tkaziladi. A–A ga parallel qilib o‘q chiziq i o‘tkaziladi va unga nisbatan detalning yon yoki ustdan ko‘rinishlarida kesim nuqtalari mos xolda o‘lchab qo‘yiladi. Bu nuqtalarni birlashtirib chiqish natijasida qiya kesimning haqiqiy kattaligi yasaladi (1-shakl, a).
V-V qirqimdagi kesim yuzasi ham A-A ga o‘xshab yasaladi. Bu kesimni qiya qirqimga aylantirish uchun V-V tekislik orqasidagi detal qismlarining ko‘rinadigan kontur chiziqlari kesim yuzasining haqiqiy kattaligiga qo‘shib chiziladi. Buning uchun V-V tekislikka nisbatan perpendikulyar vaziyatda qaralganda detal konturining tashqi nuqtalari A2, V2, S2, D2 va ichki kontur nuqtalari E2, F2 ko‘rinadi. Shuning uchun bu nuqtalardan V-V ga perpendikulyar yordamchi chiziqlar o‘tkaziladi va bu chiziqlarga detalning yon ko‘rinishidan mos xolda kerakli nuqtalar olib o‘tiladi. Natijada qiya qirqim hosil bo‘ladi (1-shakl, b).
1-shakl
Detalning qiya qirqimdan keyingi qolgan qismini yaqqol tasvirda yasash uchun oldin detalning yaxlit xolatini izometriyada chizib olinadi. YAqqol tasvirda kesuvchi tekislikning simmetriya o‘qi i aniqlanadi. i o‘qqa qiya qirqimdagi i2 da joylashagan kesim yuzasi konturi nuqtalari olib o‘tiladi. Hosil qilingan nuqtalar yordamida qiya qirqim yaqqol tasvirda yasaladi (1-shakl, s).
Detal ko‘rinishida qiya tekislik orqali hosil qilingan kesim konturigina tasvirlansa, qiya kesim xosil bo‘ladi (1-rasm).
1-rasm
Kesim yuzasi bilan uning orqa tomonidagi detal qismi qo‘shib tasvirlansa, qiya qirqim xosil bo‘ladi (2-rasm).
2-rasm
Bunda Qiya kesim va qirqim o‘z kattaligida tasvirlanadi.
Og`ma qirqimga oid mashqlar bajarish.
Detalning ikkita ko‘rinishi ko‘chirib chiziladi va etishmaydigan uchinchi ko‘rinishi aniqlanadi. Oldin qiya kesim so‘ngra qiya qirqim bajariladi. Detalning yaqqol tasviri chizilib, unda qiya qirqim tasvirlanadi (1shakl).
1-shakl
Tayanch tushunchalari: Og’ma kesim, og’ma qirqim, aksonometrik proyeksiya.
Foydalaniladigan interfaol metod
Do'stlaringiz bilan baham: |