Mavzu: Demografik bashorat va demografik siyosat Reja: Kirish


Demografik bashorat to`g`risida



Download 36,5 Kb.
bet5/6
Sana23.06.2022
Hajmi36,5 Kb.
#697159
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Demografik bashorat va demografik siyosat Reja Kirish

3.Demografik bashorat to`g`risida
Demografik bashorat, demografiya fani va demografik tadqiqotlarning asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi. Demografik bashorat-bashorat etilayotgan davrga qarab, qisqa muddatlig o`rta mudddtli va uzoq muddatli bo`ladi.
Qisqa muddatli demografik bashorat —5 yilga mo`tljallangan bo`lib, turli xo`jalik va rejalashtirish tashkilotlarida ko`proq qo`llaniladi. Qisqa muddatli bashoratda aniqlik darajasi nisbatan yuqori bo`ladi. Chunki 5 yil davomida aholini o`limi va tutilish jarayonida ham keskin o`zgarish ro`y bermaydi. Mehnat resurslari, farzand ko`rish yoshidagi aholi guruhi, nafaqa yoshidagi aholi guruhlari xaqidagi ma`lumotlar aniq bo`ladi. Asosan tug`iladigan bolalar soni maxsus hisob-kitoblar, uslublar orqali hisoblanadi.
O`rta muddatli demografik bashoratlar-30 yilgacha bo`lgan davr uchun hisoblanadi. Ushbu bashoratda aholini tug`ilish va o`lim jarayonlari, aholi migratsiyasida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan o`zgarishlar ilmiy asosda o`rganiladi va bashorat tuzishda hisobga olinadi.
Uzoq muddatli demografik bashoratlar 30 — 60 yilga mo`ljallanadi. Bunday bashoratdar aholi tug`ilishi va o`limining kelajakdagi o`zgarishlar xaqidagi gipotezalarga asoslanadi. Uzoq muddatli demografik bashoratda aholi migratsiyasini hisobga olish bir muncha murakkabroq kechadi. Chunki aholi migratsiyasi ijtimoiy — iqtisodiy o`zgarishlar bilan bir qatorda jamiyatda, tabiatda yuz bergan tasodifiy jarayonlar bilan ham bog`liqdir. Shu tufayli uzoq muddatli demografik bashoratlarning aniqlik darajasi nisbatan pastroq bo`lishi mumkin.

Demografik bashorat uslublari. Demografik bashoratning eng oddiy uslubi aholi umumiy sonini ma`lum davridagi o`zgarishini aniqlashdir. Bu uslubda bashorat qilinayotgan davrning boshlanishidagi demografik xolat asos qilib olinadi va shu holatga asosan bashorat qilinadigan davr uchun aholi soni hisoblanadi. Ushbu uslub quyidagi formulada o`z aksini topgan:


P1=P0xexx1
P1 - bashorat qilinayotgan davrning oxiridagi aholi soni.
P0 - bashorat etilayotgan davrning boshlanishidagi aholi soni.
K - bashorat qilinayotgan davr uchun nazarda tutilgan aholining o`sishi.
t - bashorat etilayotgan davr.
e - natural logarifmlar asosi.
Yuqorida qayd etilgan uslub yordamida ma`lum xududdagi aholining umumiy soni bashorat etiladi. Lekin, bu bashorat aholi sonidagi o`zgarishni juda aniq ko`rsata olmaydi. Chunki bashorat etilayotgan davrda ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarni o`zgarishi bilan bog`liq holda tug`ilish, o`lim va aholi migratsiyasida keskin o`zgarishlar ham bulishi mumkinki, ular aholi soniga bevosita ta`sir ko`rsatadi.
Demografik tadqiqotlarda aholining yosh va jinsiy tarkibi bo`yicha bashorat etish juda axamiyatli bo`lib, unda aholi tarkibidagi o`zgarishlar nisbatan aniq yoritiladi. Aholining yosh-jinsi bo`yicha bashorat etishda yosh guruhlarning «surish» uslubi qo`llaniladi. Bunday uslubda bashorat etilayotgan davrda xar bir yosh guruhini bashorat etilayotgan davr boshidagi mavjud miqdori olinadi. Undan bir yil davomida o`lganlar sonini ayirib, keyingi yilga shu guruhi soni aniqlanadi. Masalan, 2000 yil 1 yanvarda 11 yoshga kirganlar soni, 1999 yil 1 yanvarda 10 yoshga kirganlar sonidan, 1.01.1999 y.-1.01.2000Y davomida 10 yoshdan 11 yoshgacha o`lgan bolalar sonini ayirmasiga teng. Ana shu tarzda har bir yosh guruhini «surib» keyingi yil uchun aholi soni aniklanadi. Lekin, bunday uslubda bashorat etish uchun yosh guruhlari bo`yicha o`lim xollari, ya`ni «o`lim jadvali» hisoblangan bo`lishi lozim


Xulosa
Jamiyat taraqqiyotiga nazar tashlasak, demografik jarayonlarni, ayniqsa tug`ilish, nikohni jamiyat tomonidan boshqarilganligini guvohi bo`lamiz. Xatto bu xaqida eng qadimgi olimlar Aflotun va Arastu asarlarida ham uchraydi. Qadimgi Rimda tug`ilish va nikohni ozod insonlar o`rtasida qo`llab - quvvatlovchi, qonunlar qabul qilingan. Feodalistik jamiyatda esa din tomonidan shunday qattiq qonunlar yaratilganki, ularda nikoh, cheklanmagan tug`ilish va katta oilalar aholini muntazam ko`payib borishini omili sifatida himoya qilingan, qo`llab -quvvatlangan.
Demografik bashoratda mehnat yoshidagi aholining yosh-jinsiy ma`lumot, kasb - malakasi bo`yicha kelajak tarkibini aniqlash aloxida ahamiyat kasb etadi. Chunki, ana shu bashorat asosida xar bir davlat va uning hududlarida kelajakdagi mexnat resurslari balansi ishlab chiqiladi.
Demografik bashoratda mexnat yoshidagi aholini yosh-jinsiy ma`lumot, kasb-malakasi bo`yicha kelajak tarkibini aniqlash aloxida axamiyat kasb etadi. Chunki, ana shu bashorat asosida xar bir davlat av uning xududlarida kelajakdagi mexnat resurslari balansi ishlab chiqiladi.
Demografik siyosat - aholi siyosatin ing asosiy` qismi bo`lib, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlari va turli davlatlarda o`ziga xos xususiyatlarga, yo`nalishlarga egadir. Aholi siyosati demografik siyosatga qaraganda keng qamrovli bo`lib, aholini rivojlantirish maqsadida olib boriladigan ijtimoiy - iqtisodiy siyosat yo`nalishi hisoblanadi.
Demografik siyosat aholi siyosatini uzviy qismi bo`lib, uning asosiy maqsadi aholini miqdoriy rivojlanishini boshqarishdan iboratdir, Demografik siyosatning asosiy ob`ekti aholining takror barpo bo`lish. jarayoni hisoblanadi.


Download 36,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish