Delfincha suzish. Delfincha suzish yoki batterflyay usulida suzish brass usulida suzishning bir turi sifatida maydonga keladi. Uning sportcha suzish turi o'rnida rivojlanib, takomillashib borishida ko'pgina sportchilar salmoqli xissa qo'shdilar. Keyingi vaqtlarda delfin suzish keng tarqaladi va musobaqa programmalariga kiritila boshlandi. Bu suzish usuli muskullarini, ayniqsa elka bo'g'inida yaxshi rivojlantiriladigan mashqlardan iborat. Delfin usulida suzish texnikasini osongina ta'riflash uchun dastlabki holat sifatida quyidagilarni olamiz: suzuvchining gavdasi suvda gorizontal holatda bo'lib, qo'llar elka kengligida oldinga uzatilgan, yuzi suv ichida, oyoqlar uzatilgan, tovonlar suv ustiga yaqin.
Do'stlaringiz bilan baham: |