Oyoqlar harkati. Oyoqlar uzatib yuborilgan bir-biriga birlashtirilgan, oyoqlar uchi ham cho'zilgan bo'ladi. Harakat boshlanishi bilan ikkala oyoq tizzadan va chanoq son bo'g'imlaridan bukiladi. Shu paytning o'zida oyoqlar tizzadan ikki yon tomonga elka kengiligida keriladi va sal pastga tushiriladi. Oyoqlar bir yo'la tez harakat qilib suvga yuqoridan pastga bosadi. Bu harakat shartli ravishda tepish degan nom olgan, biroq buni aniqroq qilib tez bosish desa bo'ladi. Tepish so'zi ko'proq qo'llanayotganini ko'zda tutib, oyoqlarning tez suvga botirilishi tepish ma'nosini bermasa ham keyinchalik o'sha so'z ishlatiladi. Bu harakat boshlanganda bel va dumba bir oz pastga tushiriladi. Oyoqlar yana dastlabki holatga keltiriladi, oyoqlarni suvga botirish davom etadi. Delfin usulida suzganda bosh bilan elkani suvga chuqur botirmaslik, gavdani to'lqinsimon harakatlantiravermaslik kerak, chunki bu harakat suzuvchining yo'lini uzaytirish bilan birga qo'shimcha qarshilik tug'diradi, suzish suratini pasaytiradi, nihoyat suzuvchining oldinga suzish tezligini kamaytiradi. Maxsus tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, suzuvchining gavdasining yuqori qismi birmuncha tebranib turadi. To'lqinsimon harakat esa, ko'pincha gavdaning pastki qismi va oyoqlar bilan bajariladi. Delfin usulida suzishning -qo'l va oyoq harakatlari hamda nafas olishni bir-biriga moslab olib borishning uch turi bor. Bular bir tepish, ikki tepish va uch tepishdan iborat delfindir. Bular orasida ikki tepishdan iborat delfin usulida eng ko'p tarqalgan. Bu usulda suzganda qo'l bilan bir marta nafas olinadi va nafas chiqariladi. Bu turda dastlab gorizontal holatda, bosh suvga botiriladi, nafas chiqariladi, dumba pastga tushiriladi. Shu payt tizzalar bukiladi. Birinchi tepishga tayyorlaniladi, qo'llar esha boshlaydi. Qo'llar eshishning yarmiga etganda ikkala qo'l bilan birinchi marta tepiladi. Oyoqlar suvga tezgina botiriladi.
Nafas chiqarish boshlanadi. Delfin usulida suzganda harakatning ikki-uch sikli davomida nafas olmay turish qanchalik maqsadga muvofiq ekanligini sekundomer bilan aniqlash mumkin. Agar suzuvchi ikki-uch sikl nafas olmay turib suzish texnikasini o'zlashtirib olsa va o'z natijalarini yaxshilayotgan bo'lsa, bunday texnikadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ba'zan shunday bo'ladiki, qisqa masofaga nafas olishni to'xtatib suzish qulayroq, uzoqroq masofaga esa qulay emas: yoki nafas olishni ikki siklga to'xtatish maqsadga muvofiq, ammo, uch siklga to'xtatish mutlaqo foydasiz bo'ladi. Yoxud belgilangan masofani suzib o'tganda harakatlarning har ikki -uch siklida bir marta nafas olish qattiq charchatib qo'yadi, masofaning bir qismida esa, yaxshi natija beradi. Hamma variantlarni, tashqi ta'surot yoki kayfiyatga qaramay sekundomer ishlatib tekshirib qo'yish kerak. Delfin usuli yaqindagina paydo bo'lgan, shu tufayli ham uning texnikasi tola takomillashganicha yo'q.
Do'stlaringiz bilan baham: |