Donli ekinlar - Donli ekinlar yetishtirishda sholikorlik ham kattagina o'rin tutadi. Sholi vegetatsiya davri uzoq, serquyosh, suvga mo'l yerlarda yaxshi o'sadi. U hosildorlik jihatidan faqat makkajo'xoridan keyin turadi. Sholi Xorazm, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent viloyatida, Zarafshon va Farg'ona vodiylarida ko'p ekiladi. Amudaryo quyi oqimi sohillaridagi unumdor qo'riq yerlarni ishga so- lish va ularni sug'orish uchun suv boyligidan foydalanish ko'plab sholi yetishtirish imkonini bermoqda. Endilikda yetishtirilgan guruchni chetga eksport qilish imkoniyati tug'ildi. O'zbekistonda ko'p yillik taran (teri oshlashda ishlatiladigan xomashyo), kanop, zig'ir, kunjut, maxsar, tamaki ham o'stirilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |