Debitorlik majburiyatlari deganda – qarshi tomonning (ajratilgan bо‘linmalar, shо‘ba va qaram xо‘jalik jamiyatlari, xodimlar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar, byudjetga soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar, maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urta badallari bо‘yicha, ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlari bо‘yicha) korxonaga tо‘lashi lozim bо‘lgan muddatli majburiyatlari nazarda tutiladi.
Kreditorlik majburiyatlari deganda – qarshi tomonga korxonaning tо‘lashi lozim bо‘lgan (mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga, ajratilgan bо‘linmalarga,shо‘ba va qaram xо‘jalik jamiyatlarga, kechiktirilgan daromadlar, majburiy tо‘lovlar bо‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bо‘naklar, byudjetga tо‘lovlar bо‘yicha qarz,sug‘urtalar bо‘yicha qarz, maqsadli davlat jamg‘armalariga tо‘lovlar bо‘yicha qarz, ta’sischilarga bо‘lgan qarzlar, mehnatga haq tо‘lash bо‘yicha qarz, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar,uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa kreditorlik qarzlari) majburiyatlari nazar tutiladi.
Majburiyat bu muayyan fuqarolik huquqiy munosabatdan iborat bо‘lib, uning amal qilishi orqali bir shaxs (qarzdor) ikkinchi shaxs kreditor foydasiga ma’lum bir harakatni bajarishi, mol-mulkni topshirishi, ishni bajarishi, xizmat kо‘rsatishi, pul tо‘lashi yoki biror harakatni bajarishdan tiyilishi zarur bо‘lgan holatga aytiladi.
Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda Fuqarolik kodeksida kо‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi yoki vujudga keladi.
Majburiyatlar xо‘jalik shartnomalari bandlariga tо‘la amal etmaslik natijasida yuzaga keladi.
Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar kо‘rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini tо‘lash majburiyatini oladigan kelishuv xо‘jalik shartnomasi deyiladi.
Qarzdorliklar xо‘jalik yurituvchi subyekt mansabdor shaxsining aybi bilan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan, uning tomonidan xо‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulki maqsadga nomuvofiq foydalanilgan, tо‘lov intizomi buzilgan, xо‘jalik yurituvchi subyekt bankrotlikka duchor qilingan yoki shartnoma munosabatlari sohasida boshqa qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda yuzaga keladi.
Debitor va kreditor sо‘zlari ma’nosini kо‘payish va kamayish, qо‘shish va chegirish, kirim va chiqim ma’nosida qarash mumkin. Uning nomlanishida asos qilib balansning aktiv va passiv qismlarga, hisobvaraqalarining aktiv va passiv turlarga tarkiblanishi asos qilib olingan.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil etishda tahlilmazmunini majburiyatlarni hajmi, tarkibi, vujudga kelish davri bо‘yicha о‘rganish, majburiyatlarining aylanuvchanligi, tahlikali majburiyatlarning himoyalanganlik darajasini baholash, majburiyatlarning yuzaga kelishi va ularning muddatini о‘tkazib yuborilishi sabablarini о‘rganish, majburiyatlar balansini tuzish, majburiyatlarning moliyaviy holatga ta’sirini baholash tashkil etadi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tahlilining vazifalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
-aniq, tо‘liq va о‘z vaqtida pul mablag‘lari va ularning harakati yuzasidan aniq hisob-kitoblarning yо‘lga qо‘yilganligini baholash;
-hisob-kitoblarning va tо‘lov intizomiga qat’iy rioya qilinganlik holatini baholash;
-debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining (qarzlarining) turlari, tо‘lov muddatlari va asoslanganligi bо‘yicha tarkibini aniqlash;
-muddati о‘tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari holatiga, ularning jami majburiyatlar tarkibidagi salmog‘iga baho berish;
-tovarlarni kreditga sotish, hisob-kitoblarning turli shakllari bо‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlarni baholash;
-bank kreditlari va qarzlaridan maqsadli foydalanish, ular bо‘yicha majburiyatlarning joriy qismining qoplanishi yuzasidan holatini о‘rganish;
- mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni xorijga sotish bо‘yicha majburiyatlarning yuzaga kelishi va ularning oqlanishi yuzasidan korxonadagi (hisob-kitoblarning shakli, valyuta kurslarining о‘zgarishlariga va h.k. ta’sirida) joriy va istiqboldagi tahlikalarni baholash.
Tahlil uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotning birinchi shakli “Buxgalteriya balansi” tо‘g‘risidagi hisobotdan, buxgalteriya balansiga ilovadan hamdabalansining tegishli qatorlari bо‘yicha qaydlar, izohlar va tushuntirishlardan, “Korxonaning moliyaviy ahvoli tо‘g‘risidagi” statistik hisobot shakllaridan olinadi. Shuningdek, ichki moliyaviy tahlilda bosh kitob, hisob reyestrlaridan, qarzdorlik vedemostlari, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari yuzasidan dalolatnomalar va boshqa manbalardan foydalaniladi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bevosita korxona bilan qarshi tomon о‘rtasidagi bо‘ladigan о‘zaro hisob-kitoblardan kelib chiqadi. Ularning yuzaga kelishi yuzasidan quyidagi sabablarni kо‘rsatish mumkin.
- Qarzdorlikning yuzaga kelishidagi eng muhim sabab bu – xо‘jalik yurituvchi subyektlarning tо‘lov layoqatiga ega emasligi, moliyaviy holatning yomonligidir. Debitor va kreditor qarzdorlik, ular hajmining о‘sib borishi, tо‘lov muddatlarining chо‘zilib ketishi aktivlar va ularning likvidligidan pastligi bilan izohlanadi;
-Shartnomaviy munosabatlarga tо‘liq rioya qilmaslik ham debitor va kreditor qarzdorlikning ortishiga olib keladi; tashkiliy sabablaridan bittasidir;
-Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotish yuzasidan pul mablag‘lari va о‘zaro hisob-kitoblarning mulkka bо‘lgan egalik xuquqining boshqa birovga о‘tishi bilan bog‘lanmaganlik sharti majburiyatlar yuzaga kelishining muhim sabablaridan biridir;
-Hisob-kitoblar, qarzdorlikni tartibga solishdagi qat’iy meyorlarning ishlab chiqarish, tijorat va moliya faoliyatining zamonaviytalablariga va shakliga mos emasligi ham qarzdorlikni oshishiga sabab bо‘lmoqda. YA’ni, qarzdorlikni yuzaga kelishining о‘zigina emas, balki uni undirishi yuzasidan korxona yо‘l qо‘yadigan xarajatlar summasi tobora oshib ketmoqda;
-Qarzdorlikning oshishi va ularni tо‘lash muddatlarining tobora chо‘zilib ketishining asl sabablaridan biri bu jismoniy va huquqiy shaxslarda qarzdorlik madaniyatining yо‘qligi hamdir. Qarzdorlikni sundirish imkoniyatlari bо‘lgan holda, uni ortga surish, kechiktirish, tо‘lamaslikka afsuski kо‘pchilikda moyillik kuchli.
Do'stlaringiz bilan baham: |