Mavzu: Davriy sistema asosiy va yonaki guruhchalar elementlari oddiq moddalari va birikmalarning olinishi, kimyoviy xossalarini ifodalovchi tengglamalar bo‘yicha masalalar echish


Davriy sistema va uning tuzilishi



Download 98,58 Kb.
bet3/6
Sana31.12.2021
Hajmi98,58 Kb.
#248246
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulahad

3. Davriy sistema va uning tuzilishi

Davriy sistemaning ikkinchi varianti 1876-yilda D.I.Mendeleyevning „Kimyo asoslari“ nomli kitobining 1-bosmasida e’lon qilindi. Mendeleyev bitta vertikal qatorga joylashgan o‘xshash elementlarni gruppa deb, har qaysi ishqoriy metalldan har qaysi galogengacha bo‘lgan elementlar qatorini davr deb atadi. Mendeleyev dastlab taklif etgan davriy jadvalga keyinchalik uning o‘zi ishtirokida va u vafot etgandan keyin bir qancha o‘zgarishlar kiritildi. Natijada, davriy sistemaning hozirgi zamon variantlari hosil qilindi. U yettita davr, 8 ta gruppadan va 10 ta qatordan tashkil topgan bo‘lib, unda 107 ta element joylashgan. Gorizontal bo‘yicha 7 ta davr bor. Ulardan I, II, III davrlar kichik, IV, V, VI va VII davrlar katta davrlar deyiladi. I davrda 2 ta element, II va III davrlarda 8 tadan, IV va V davrlarda 18 tadan, VI davrda 32 ta, VII davrda (tugallanmagan) 21 ta element bor. I, II, III davrlarning har biri faqat birgina qatordan, IV, V, VI davrlarning har biri 2 qatordan tuzilgan. VII davr esa hozircha tugallanmagan. I davrdan boshqa har qaysi davr ishqoriy metall bilan boshlanib, nodir gaz bilan tugaydi. II va III davrlardagi elementlarning xossalari tipik metalldan nodir gazga qadar ma’lum qonuniyat bilan o‘zgaradi. Katta davrlarda bir elementdan ikkinchi elementga o‘tilganda elementlarning xossalari kichik davrlardagiga qaraganda birmuncha sustroq o‘zgaradi. Katta davrlarning juft qator elementlari faqat metallar bo‘lib, bu xossaning intensivligi chapdan o‘ngga o‘tish bilan pasayib boradi. Òoq qatorlarda chapdan o‘ngga o‘tish bilan elementlarning metallik xossalari zaiflashib, metallmaslik xossalari kuchayib boradi. Davrlarda va har bir davrning qatorlarida chapdan o‘ngga o‘tish bilan: 1) yadro zaryadi va atom massasi ortadi; 2) atom radiusi kamayadi; 3) metallik xossasi kamayadi; 4) elektron berish xususiyati kamayadi; 5) metallmaslik xossasi kuchayib boradi; 6) kislorodga nisbatan valentligi ortib boradi. Masalan, Na2 O, MgO, Al2 O3 , SiO2 , P2 O5 , SO3 , Cl2 O7 ; 7) IV gruppadan boshlab bosh gruppa elementlari uchuvchan vodorodli birikmalar hosil qiladi: RH, RH2 , RH3 , RH4 .

Gruppalardagi elementlarning xossalari yuqoridan pastga qarab qanday o‘zgarishini ko‘raylik: 1) atom massasi ortadi; 2) solishtirma og‘irligi ortadi; 3) qaynash va suyuqlanish temperaturasi kamayadi; 4) yadro zaryadi ortadi; 5) atom radiusi ortadi; 6) elektron qavatlari soni ko‘payadi; 7) tashqi qavatdagi elektronlarning yadroga tortilishi zaiflashadi; 8) elektron berish xususiyati kuchayadi; 9) metallik xossalari kuchayib boradi. Har bir gruppa ikkita gruppachaga, ya’ni asosiy va qo‘shimcha gruppachaga bo‘linadi. Qo‘shimcha gruppacha elementlari asosan metallardir. Ularning tashqi qavatida 1 yoki 2 ta elektron bo‘ladi. Asosiy gruppacha elementlarining tashqi qavatidagi elektronlar soni gruppaning tartib raqamiga mos keladi. Bu raqam odatda kimyoviy bog‘lanish hosil qilishda ishtirok eta oladigan elektronlar soniga teng.


Download 98,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish