Mavzu: Davlat va nodavlat maktabgahata'lim muassasalarining o'ziga xosliklari
Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish;
bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlang‘ich ta’limni olishga tayyorlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |