Birinchidan kishilik jamiyati turli ijtimoiy iqtisodiy bosqichlarga (quldorlik, feodal, kapitalistik, sotsialistikka) bo’linadi.
Ikkinchidan ijtimoiy turmush iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy kabi muhim sohalarga bo’linadi.
Uchinchidan ijtimoiy munosabatning sub'ektlari shahs, oila, millat, elatlar, sinf va turli tabaqalar unda ishtirok etadi.
Jamiyatda ijtimoiy va siyosiy hokimiyat mavjud. Ijtimoiy hokimiyat bu ibtidoiy jamoa tuzimi davlatsiz jamiyatga taalluqlidir. Ibtidoiy jamoa tuzimining tuzilish tarqibini urug’ fratriya va qabila tashkil qilgan. Uruh bu kishilarning uon va til jihatidanhh yaqin bo’lgan ittifoqidir. Bir necha urug’ birlashib fratriyani (lotincha uyushma), bir necha fratriya birlashib qabilani tashkil qilidi. Bularning urug’, fratriya va qabilani umumiy yigilishida saylab qo’yilgan, hayot tajribasiga ega bo’lgan va jamoa a'zolarining hurmatiga loyik bo’lgan oksoqollar kengashi boshqaorgan. Ibtidoiy jamoa tuzimida kishilarning tenglik , ozodlik va kardolik, demokratik qoidalari mavjud bo’lib, ular tenglik, ozodlik va kardoshlik demokratik qoidalari mavjud bo’lib, ular tenglik, ozodlik va birodorlik asosida tartibga solinar edi. Bu turmush qoidalari barcha jamiyat a'zolarining manfaatiga mos bo’lib, ular tomonidan ongli ravishda bajarilgan.
Davlatning paydo bo’lishi haqida turli nazariyalar.
1.Teologik nazariya – bunda davlatning hudo tomonidan yaratilganligini uktiradilar davlat va hokimiyat hudoniki degan qoidani ilgari suradilar. Masalan: Abdulkodir Uda yozishicha, shariat uch nuqtai nazardan qonundan farqlanadi:
Birinchidan, qonun inson tafaqko’ri va ijodining mahsuli bo’lsa, shariat yaratuvchi tomonidan yuborilgan. qonun har doim o’zgarib tursa, shariat o’zgarish va zavoldan o’zohdir.
Ikkinchidan, qonun jamiyat tomonidan uning hayotini tartibga solish va ehtiyojlarini qondirish uchun yaratilgan bir qator qoidalar sifatida jamiyat o’zgarishi bilan o’zgarib turadi. Lekin shar'iy qonunlar umumiy mohiyatga ega bo’lgani uchun o’zgarishni qabul qilmaydi.
Uchinchidan, qonun jamiyat tomonidan uning urf-odatlari, rasmu-rusumlari va tarixiga muvofiq yaratiladi. Shuning uchun qonun jamiyatdan keyin yo’zaga kelib, uning taraqqiyotiga bog’liq bo’ladi. qonunni jamiyat yaratadi, jamiyatni qonun emas. Ammo islom qonunchiligi jamiyat mahsuli bo’lmay, jamiyatni shariat yaratadi, ya'ni jamiyat shariatning mahsulidir. Udaning ushbu hulosasi keng munozarali va bahsli masala hisoblanadi_.
Bu nazariya qadimda paydo bo’lgan va o’rta asrlarda keng tarqalib hozirgi kunda ham teologik nazariya Islom davlatlarida qo’llainiladi.
2. Patriarhal nazariya tarafdorlari davlat kattalashib ketgan oiladan bevosita kelib chiqkan, monarx hokimiyati esa oilaning barcha a'zolariga rahbarlik qiladigan otadan meros bo’lib o’tgan deb hisoblaydilar. Bu nazariya Yunonistonda (qadimgi Rim davlatida paydo bo’lgan Aristotel asarlarida asoslab berilgan.
Bu nazariyani ingliz sotsiologi, tarixchisi va Huquqshunos Genri Men sistemaga solib ishlab chiqkan. Patriarhal nazariyada «Ota rozi – hudo rozi» zaylida ish tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |