4. Bozor qiymati Bozor qiymati tushunchasi jamoa tomonidan qabul qilinishini va bozorning ta’sirini aks ettiradi hamda bozor tipidagi iqtisodiyotning aksariyat resurslarini baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mulkni baholash milliy standartlarida bozor qiymati munosib marketingdan so‘ng ixtiyoriy xaridor bilan ixtiyoriy sotuvchi o‘rtasidagi tijorat bitimi natijasida mulkning qo‘ldan qo‘lga o‘tishi uchun mo‘ljallanayotgan pul miqdoriga teng hisoblab chiqilgan miqdor sifatida belgilanadi; bunda har bir taraf vakolat, hisoblilik bilan va ixtiyoriy harakat qilgan deb hisoblanadi.
Qonun hujjatlarida bozor qiymatining boshqacha ta’rifi ham keltirilgan: baholash obyektining bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, ushbu narx bo‘yicha mazkur baholash obyekti ochiq bozorda raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo‘lgan holda o‘z manfaatlari yo‘lida oqilona va ixtiyoriy harakat qilib, bitim narxining baland-pastligida esa biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qo‘shilish majburiyati aks etmagan sharoitda realizatsiya qilinishi mumkin. Bozor qiymatini baholash pul shaklida amalga oshiriladi.
Agar biron-bir baholash obyektini baholashni majburiy o‘tkazish talabi mavjud bo‘lgan normativ hujjatda yoki baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi shartnomada (bundan buyon shartnoma deb yuritiladi) qiymatning aniq turi aniqlangan bo‘lmasa, mazkur obyektning bozor qiymati belgilanishi lozim. Mazkur qoida normativ hujjatda baholash obyekti qiymatining turini aniqlovchi, “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida yoki baholash standartlarida nazarda tutilmagan atamalarda foydalanilgan taqdirda ham qo‘llanishi kerak.
Baholash faoliyatida narx va qiymat funksiyalarining o’ziga xos xususiyatlari
Mazkur Mulkni baholash milliy standarti (1-son MBMS) “Baholashning umumiy tushuncha va prinsiplari” O‘zbekiston Respublikasida baholash faoliyatini amalga oshirishda qo‘llaniladigan baholashning umumiy tushuncha va prinsiplarini belgilaydi.
Mazkur standart qoidalari O‘zbekiston Respublikasida barcha Mulkni baholash milliy standartlari uchun bazaviy hisoblanadi.
MBMS baholash subyektlari: baholash jarayonida buyurtmachilar — bozor agentlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvda foydalanish maqsadida mulkni baholash uchun tajriba, tayyorgarlik va malakaga ega shaxslar — baholovchilar uchun mo‘ljallangan.