O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA TA'LIM VAZIRLIGI
Urganch davlat universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish o‘zbek tili sirtqi yo‘nalishi
2-kurs 203-guruh talabasi
Xasanov Doston
tomonidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu:Davlat tili to‘g‘risidagi qonun va uning ijtosi:muammo va yechimlar
Mavzu:Davlat tili to‘g‘risidagi qonun va uning ijtosi:muammo va yechimlar REJA: - KIRISH
- “Davlat tili haqida”gi qonun va uning ijrosi.
- Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilishi
- Muammo va kamchiliklar
- Xulosa va takliflar
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Prezidentimiz 2019-yil 21-oktyabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qildi. Unga binoan 21-oktabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi.
Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.
SH.M.MIRZIYOYEV
1989-YIL 21-OKTYABR O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN
Muammo va kamchiliklar: - Muammo va kamchiliklar:
- Biroq oldimizda bir qancha o‘z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. “Davlat tili haqida”gi Qonunning bir qator normalari deklarativ va umumiy xarakterga ega bo‘lganligi sababli ko‘zlangan maqsadga to‘la erishishning imkoni bo‘lmayapti.
- Xususan, “Davlat tili haqida”gi Qonunning (keyingi o‘rinlarda Qonun) 8-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi”, deb belgilangan bo‘lsada, ayrim sohalardagi davlat idoralarida hujjatlarni davlat tilida qabul qilish yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan. Bu esa ayrim hollarda jismoniy va yuridik shaxslarga noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.
Masalan, savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi savdo do‘konlari, umumiy ovqatlanish joylarida va ularning internet saytlarida xorijiy tilda yozilgan “mi otkrilis”, “rasprodaja”, “skidka”, “dostavka”, “sale” kabi so‘zlarni ko‘p uchratish mumkin. - Masalan, savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi savdo do‘konlari, umumiy ovqatlanish joylarida va ularning internet saytlarida xorijiy tilda yozilgan “mi otkrilis”, “rasprodaja”, “skidka”, “dostavka”, “sale” kabi so‘zlarni ko‘p uchratish mumkin.
- Vaholanki, o‘zbek tilida “chegirma”, “yetkazib berish”, “arzon narxda” kabi ushbu so‘zlarning muqobillari mavjud.
Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hujjatlarida o‘zbek tilida o‘rindoshi mavjud bo‘lgan so‘zlardan foydalanmasdan xorijiy atamalarni (termin, shtat, komissiya va boshqa shu kabi so‘zlarni) qo‘llash holatlarini ham uchratish mumkin. - Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hujjatlarida o‘zbek tilida o‘rindoshi mavjud bo‘lgan so‘zlardan foydalanmasdan xorijiy atamalarni (termin, shtat, komissiya va boshqa shu kabi so‘zlarni) qo‘llash holatlarini ham uchratish mumkin.
- Bu kabi holatlarning mavjudligi, o‘z navbatida, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish va shu orqali uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish hamda mustahkamlash lozimligini anglatadi.
Xulosa va takliflar - Xorijiy davlatlar tajribasini inobatga olgan holda davlat tilini takomillashtirish yuzasidan quydagilar taklif qilinadi:
- 1. Davlat tilini bilish davlat xizmatchilari, deputatlar, ommaviy va boshqa bir qator kasb egalari uchun davlat tilini bilish majburiyligini qonun bilan mustahkamlash hamda davlat xizmatchilarining davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha imtihon qilish amaliyotini joriy etish;
- 2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda atamalarning o‘zbekcha muqobili turganda, boshqa tildagisini ishlatish ta’qiqlanishini qat’iy belgilab qo‘yish;
- 3. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlarini davlat tilida yuritishni shart qilib, zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishini belgilash;
- 4. Xorijiy tilda berilgan reklama yoki e’lonlar ularning o‘zbek tilidagi shaklidan so‘ng joylashtirilishi lozimligini belgilash;
- 5. Davlat xizmatchilarining davlat tilini bilishi shartligini nazarda tutish,
- Mazkur o‘zgarishlarning amalga oshirilishi davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini oshishiga, davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritish to‘liq davlat tilida amalga oshirilishiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxat - Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxat
- 1. A. Rafiyev. N. G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. "SHARQ" NMAK. 2002 yil.
- 2. G’Abdurahmonov. H. Rustamov. Ona tili. 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent. «O’qituvchi» 1995yil.
- 3. G’Abdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Oliy o’quv yurtlari studentlari uchun qo’llanma. Toshkent. «O’qituvchi» 1981 yil.
- 4. A.Nurmonov, K.Mahmudov, A.Sobirov, SH.Yusupova. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Akademik litseylarning 3-bosqich talavalari uchun darslik. Toshkent. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2003 yil.
- 5. Yo’ldosh Solijonov. Nutq va uslub, Toshkent, "CHO’LPON" nashruyoti.
- 2002 yil.
- 6. O’zbek tili va adabiyoti iurnali 2005 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |