1-Amaliy.
Mavzu: Davlat ta`lim standartining maqsadi va vazifalari .
Reja:
1.Davlat ta`lim standartlarining mazmuni.
2.Davlat ta`lim standartlari tarkibiy tuzilishi.
3.Ta`lim mazmunini belgilovchi meyoriy hujjatlar.
Davlat ta`lim standartlari joriy etishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi.
-ta`limning yuksak sifatini hamda mamlakatta amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohatlar , rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlashni ta`minlash :
-Mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ixtiyojlaridan , fan tehnika va tehnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib , kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish:
-Ta`limning demokratiyalashuvi insonarvarlashuvi va ijtimoiylashuvi .
-Ta`lim oluvchilarning huquqiy iqtisodiy bilimlari darajasini shuningdek, ta`lim jarayoni samaradorligini oshirish ;
-Sifatli ta`lim xizmatlarini ko`rsatish ta`lim va kadrlar tayyorlash sohasida shahsning , jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish ;
-Ta`lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksiksizligini ta`minlash ta`limning barcha turlari va bosqichlarida o`quv-tarbiya jarayonini maqbullashtirish ;
-Mehnat va ta`lim hizmatlari bozorida raqabatbardoshlikni ta`minlash.
Davlat standarti umumiy o`rta ta`lim, kasb-hunar ta`limi hamda oily ta`lim uchun alohida-alohida ishlab chiqildi.Davlat ta`lim standarti ta`lim mazmuni shakllari vositalari usullarini uning sifatini baholash tartibini belgilaydi.Ta`lim mazmunining o`zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko`rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat)ta`limning barqaror darajasini ta`minlash sharti amalga oshiriladi.Davlat ta`lim standarti o`z mohiyatiga ko`ra o`quv dasturlari,darsliklar,qo`llanmalar,nizomlar va boshqa me`yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.Bolalar bog`chasidagi pedagogic jamoaning har bir azolarining malaka darajasini oshirish kasb faoliyatining muhim tarkibiy qismidir.Bundan tashqari maktabgacha bolalarni o`qitgan shahslarning ta`lim holati va ijodiy yondashuvi juda katta ro`l o`ynaydi.Har bir bolaning individual qobiliyatini , uning moyilligi va o`ziga xos jismoniy yoki ruhiy salomatligini hisobga olgan holda, muassasa bola uchun uning o`yin kulgusi uchun eng qulay sharoit yaratish kerak.Davlat ta`lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujatlarga asoslanadi:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,(Ta`lim to`g`risida)gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni.
(Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi to`g`risida)gi O`zbekiston Respblikasi Qonuni.
(O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz Ta`lim Tizimi Uchun Davlat Ta`lim Standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to`g`risida”1998-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori )
Do'stlaringiz bilan baham: |