Mavzu:Davlat talablari tamoyillari va maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga mansub asosiy rivojlanish sohasi.
Reja:
Davlat va jamiyat tomonidan yosh avlod tarbiyasiga talablar
Bolaning ruhiy taraqqiyotida ta’lim va tarbiyaning roli.
Muhit va biogenetik omillarning roli.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh davrlari.
Davlat va jamiyat tomonidan yosh avlod tarbiyasiga talablar
Sо‘nggi yillardagi ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli, vosita va metodlarini yangilashga e’tibor berish, maktabgacha ta’limga oid innovatsiyalarni izlash, uni ta’lim-tarbiya jarayoniga, tarbiyachilarning pedagogik faoliyatiga kiritib borishda malaka oshirish tizimining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, pedagogik jarayonga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish, innovatsiyalarni joriy etish, о‘qituvchi va tarbiyachilarni zamonaviy usullardan foydalanish, kо‘nikma va malakalari bilan qurollantirish malaka oshirish tizimi oldiga qо‘yilgan vazifalar zamirida amalga oshirilmoqda.
Pedagogika yо‘nalishida tatbiq qilinishi lozim bо‘lgan muhim masala borki, u ham bо‘lsa tarbiyachilarning pedagogik jarayonni zamonaviy usullar asosida maqsadli, tizimli va natijalarni bashorat qila olish orqali metodik jihatdan tо‘g‘ri
tashkil etishlarini ta’minlashdir. Interfaol usullar hozirgi kunda ta’lim islohotlaridagi ustuvor jihati va pedagogik muammolarni hal etishdagi roli, ta’lim samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan ekanligini e’tirof etish joizdir. Pedagogik texnologiya nazariyasining muhim jihati har bir pedagogning о‘z imkoniyati darajasida, shuningdek, turli yoshdagi ta’lim oluvchilarning о‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, о‘quv faolligini oshirish maqsadida ta’lim jarayonida interfaol metodlardan samarali foydalana olish bilan belgilanadi.
Bolaning ruhiy taraqqiyotida ta’lim va tarbiyaning roli
Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta kо‘rib chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini kо‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim. Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, о‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi:
1) maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
2) maktabgacha ta’lim muassasalari uchun о‘quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq о‘tkazish;
3) maktabgacha ta’limning muqobil shakllari uchun yangi о‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
4) «Ilk qadam» davlat о‘quv dasturini keng joriy etish;
5) tarbiyalanuvchilarning yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va sanoq materiallari mazmuni va dizaynini о‘rnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish;
6) rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bо‘lgan bolalar ta’limining kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish, inklyuziv ta’lim, eng yangi reabilitatsiya va abilitatsiya usullarini keng joriy etish, ularning izchil ijtimoiylashuvi va umumiy maktabgacha ta’lim umumiy tizimi integratsiyalashuviga kо‘maklashadigan moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi ta’lim yо‘nalishlarini ishlab chiqish;
7) maktabgacha ta’limda fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion texnologiyalari va modullarini ishlab chiqish, maktabgacha va umumiy boshlang‘ich ta’lim izchilligining mazmun va protsessual komponentlarini optimallashtirish;
8) mashg‘ulotlar davomiyligining eng maqbul vaqtini va ularning ketma-ketligini aniqlash maqsadida о‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini optimallashtirish;
9) bolalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga о‘rgatish, gimnastika va faol о‘yinlar bо‘yicha mashg‘ulotlar о‘tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sportga qiziqish uyg‘otishni shakllantirish, jismonan sog‘lom о‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash;
10) maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya hamda ta’lim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM о‘qitish asoslarini joriy etish;
11) bolaning kelgusida о‘zini о‘zi muvaffaqiyatni namoyon qilishi uchun asos sifatida ijtimoiy-emotsional kо‘nikmalarni rivojlantirish;
12) maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnamaydigan bolalar uchun ta’lim xizmatlari turlari: pullik ta’lim xizmatlari, qisqa muddatli guruhlar va boshqalarni kengaytirish [6].
Muhit va biogenetik omillarning roli
Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Ma’lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan о‘zgarib boradi. Lekin bolalik, о‘smirlik va о‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bо‘ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan о‘sishi, о‘zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Tarbiya, irsiyat (nasl) va muhit bolaning rivojlanishida asosiy о‘rin tutadi. Agar ana shu uchta omil bolaga ijobiy ta’sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bо‘lishi va salbiy tomondan ta’sir qilsa, badaxloq kimsaga aylanishi mumkin.
Bolaning shakllanishiga ta’sir kо‘rsatuvchi omillar haqida Islom dini va ulamolarning asarlarida yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G‘arb faylasuflari ham о‘zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G‘arb va Islom dunyosining bolaning shakllanishiga ta’sir kо‘rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib о‘tamiz.
Bolaning shakllanishi haqida G‘arb faylasuflarining fikrlari. Biologik yо‘nalish – bu yо‘nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy – biologik (irsiy) omillar hal qiluvchi rol о‘ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan о‘tgan tug‘ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini cheklab qо‘yishadi. Yо‘nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi.
Preformizm yо‘nalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyandalarining fikricha, bо‘lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bо‘ladi. Ular tarbiya va muhitning rolini butunlay inkor etishidi.
Bixeviorizm yо‘nalishi – bu oqimga amerikalik pedagog va psixolog E.Torandayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan, ong va aqliy xususiyat ham nasldan naslga о‘tadi. Bu bilan E.Torandayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta’sirini butunlay inkor etadi va uni shaxsning xususiyatlariga ta’sir etishdan ojiz deb biladi.
Insonning shakllanishida Islom dini va mutafakkirlarning fikrlari. Islom dini va mutafakkirlarning asarlarida bolaning shakllanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta’siri alohida ta’kidlangan. Shu uch omilning ichida tarbiyaning roli, ayniqsa, ahamiyatli hisoblanadi. Ammo tarbiya ta’sirining kuchi va natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Chunki nasl va muhitda kamchilik bо‘lsa, tarbiyaning ta’siri sezilmasligi mumkin. Quyida biz uchta omil haqida Islom dini va ulamolarning qarashlarini keltiramiz.
Bolaning shakllanishida tarbiyaning ahamiyati. Tarbiya – inson kamolotiga ta’sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. “Tarbiya” arabcha sо‘z bо‘lib, о‘stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma’nolarni bildiradi.
Islom ulamolaridan Rog‘ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta’rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga о‘tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma’nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg‘unlik va muvozanat ila о‘stirishdir”. Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning о‘rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta’kidlaydilar. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir tug‘ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug‘iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya’ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy о‘rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi G‘arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz.
О‘rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta’sir etadigan omillar ahamiyatiga e’tibor berganlar. Forobiy inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning muhimligini ta’kidlab: Munosib inson bо‘lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta’lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta’lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yо‘ldir...” deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning о‘rniga alohida tо‘xtalib: “Bola tug‘ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qо‘yishi, sо‘ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bо‘ladi” degan fikrni ilgari suradi.
Bolaning shakllanishida irsiyat (nasl)ning ahamiyati. Bola shaxsining rivojlanishida naslning ta’siri deganda ota-onadan bolaga meros bо‘lib о‘tadigan jismoniy xususiyatlari (tananing tuzilishi, sochining, kо‘zining, terining rangi, bо‘y-basti) shuningdek, tananing vertikal holdagi harakati, tafakkur va nutq rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati, tug‘ma holatda о‘tadigan qobiliyatlar va xususiyatlar tushuniladi. Islom dinida naslga alohida e’tibor qaratiladi. Chunki nasl pokiza va ota-ona ma’rifatli, axloqli bо‘lsa, bu xususiyatlar tug‘ma holatda bolaga о‘tadi va kelajakda komil insonga aylanadi. Agar ota-ona ma’rifatdan yiroq va axloqsiz bо‘lsa, ulardan tug‘iladigan farzand jamiyatga zarar keltirishi mumkin. Lekin ota-onadan tug‘ma holatda о‘tadigan qobiliyat va xususiyatlar о‘z holicha rivojlana olmaydi, gо‘yo u “mudroq” holda bо‘lib, uning uyg‘onishi – rivojlanishi uchun qulay muhit va muttasil tarbiya kerak.
Bolaning shakllanishida muhitning ahamiyati. Bola kamolotiga ta’sir etadigan omillardan biri tashqi muhit hisoblanadi. Muhit deganda kishiga tabiiy ta’sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, oila muhiti va ijtimoiy muhit kiradi.
Tabiiy (geografik) muhit – insonning hayot tarziga, xarakteri va mehnat faoliyatiga ta’sir etadi. Masalan, shimolda istiqomat qilayotgan inson, janubda yashayotgan insondan nafaqat jismoniy kо‘rinishi, shu bilan birga ruhiyati, dunyoqarashi va xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
Oila muhiti – insonning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Chunki bola kо‘z ochib ota-onasini, qarindosh-urug‘ini kо‘radi. Uning jismoniy va ruhiy rivojlanish davri oila ta’sirida shakllanadi. Agar oilada islomiy muhit mavjud bо‘lsa, bolaning axloqi gо‘zal va fazilatli bо‘lib ulg‘ayadi.
Ijtimoiy muhit – ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar insonga alohida ta’sir kо‘rsatadi. Ijtimoiy aloqa, ya’ni insonlararo о‘zaro munosabatlar natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va bilimlarni egallaydi. Jamiyatda ma’naviy muhit yaxshi, adolat ustuvor bо‘lsa, inson faoliyatiga ijobiy ta’sir qilishi va aksincha bо‘lsa, salbiy ta’sir kо‘rsatadi
Demak, insonning kamolotga yetishiga ta’lim-tarbiya, muhit va irsiyat muhim hisoblanadi. Nega bugungi kunda о‘tmishda yashab о‘tgan Imom Buxoriy, Forobiy, Beruniy va G‘azzoliy kabi olimlarga о‘xshagan insonlarni uchratmaymiz? Chunki ularning irsiyati toza, ota-onalari solih va soliha bо‘lishgan, ular yashagan davrda ilm, ma’rifat va taraqqiyot о‘zining chо‘qqisiga chiqdi, ya’ni muhit yaxshi bо‘lgan va eng asosiysi, ajdodlarimizning tarbiyasiga mas’ul bо‘lgan ota-onalari va ustozlari о‘z vazifalarini a’lo darajada bajarishgan, tarbiyalarida nuqson bо‘lmagan. Agar farzandlarimizning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatuvchi bu omillardagi nuqsonlarni bartaraf etsak, albatta kelajak avloddan Imom Buxoriy, G‘azzoliyga о‘xshagan zabardast olimlar yetishib chiqadi [19].
О‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya tо‘g‘risida”gi qonunining 45-moddasida maktabgacha bо‘lgan yoshdagi bolalarga qarab turish va ularni ta’minlash berilgan. Davlat maktabgacha bо‘lgan yoshdagi bolalarning, ayniqsa yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bо‘lgan bolalarning, sog‘lig‘ining holatini tuzatishga, uzoq
vaqt davolanishga hamda reabilitatsiya qilishga muhtoj bо‘lgan bolalarning, shuningdek kam ta’minlangan va kо‘p bolali oilalardagi bolalarning ijtimoiy himoya qilinishi va qо‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida turli nuqsonlar bо‘lgan bolalarga qarab turish qisman yoki tо‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bо‘lgan bolalar tо‘liq davlat ta’minotida bо‘ladi. Yetim bolalarga va ota-onasining
qaramog‘idan mahrum bо‘lgan bolalarga qarindoshlik munosabatlarini saqlash, shuningdek ularning shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish huquqi kafolatlanadi. Kо‘rish, eshitish qobiliyatini, tayanch-harakat apparatini tuzatishga muhtoj bо‘lgan bolalar О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan harakatlanish, protezlash, axborotni idrok etish va qabul qilish vositalari, shuningdek boshqa individual tuzatish vositalari bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |