Davlat shaharsozlik kadastrini yuritishni tashkil etish: Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish "Davarxitektqurilish" qo’mit-asining quyidagi tarkibiy bo’linmalari:"Davarxitektqurilish" qo’mitasining vakolatli tashkiloti; hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.Davlat shaharsozlik kadastrini metodik ta’minlash "Davarxitektquri-lish" qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi.Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish Davlat shaharsozlik kadastriniyuritish tartibi to’g’risidagi Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalgaoshiriladi."Davarxitektqurilish" qo’mitasining vakolatli tashkiloti:
-Davlat shaharsozlik kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni va uning faoliyatini ta’minlaydi;-m a’lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli bo’linmalariga berishni amalga oshiradi, ma’lumotlar bazasining to’g’ri to’ldirilishini nazorat qiladi;- hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli bo’linmalari xodimlarini Davlat shaharsozlik kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o’qitishni tashkil qiladi;- hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari tomonidan taq-dim etilgan kadastr axborotlarini tizimlashtirishni va ularni Davlat shaharsozlik kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishni amalga oshiradi;-Davlat shaharsozlik kadastri yangi ob’ektlari to’g’risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini nazorat qiladi;- kadastr axborotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berishni amalga oshiradi;-Davlat shaharsozlik kadastri ob’ektlarining holati va ulardan foydalanish to’g’risidagi hisobotni Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili belgilangan tartibda taqdim etadi.Hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli bo’linmalari:-Davlat shaharsozlik kadastri ob’ektlarining miqdor va sifat holati-dagi joriy o’zgarishlami to’playdi va tizimlashtiradi;-Davlat shaharsozlik kadastri ob’ektlarining kadastr daftarlarini yuritadi, ma’lumotlar bazasini to’ldiradi va ularni tizimlashtirish hamda -Davlat shaharsozlik kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun "Davarxitektqurilish" qo’mitasi vakolatli tashkilotiga beradi;Davlat shaharsozlik kadastri yangi ob’ektlarini hisobga oladi, ular to’g’risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini to’playdi.