Bog'liq Davlat byudjetining xarajatlarining tasnifi va mohiyati
2.Davlat byudjeti xarajatlari: mazmun-mohiyati, tarkibi, tuzilmasi va tasniflanishi. Davlat byudjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo’lgan davlat byudjetiningko’rinishlaridan biri bo’lib, unga tegishli bo’lgan umumiy xususiyatlarga egadir.Ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog’langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda davlat byudjetining xarajatlari bir butunning o’ziga xos qismi bo’lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag’laridan foydalanish va tegishli fond-larni shakllantirish bilan bog’liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli soha-larga yo’naltirilayotgan davlat byudjeti mablag’larining hara-katidan iborat.Davlat byudjetining xarajatlari xarajatlarning konkret turlari orqali namoyon bo’ladi. Davlat byudjeti xarajatlari turlarining xilma-xilligi esa, o’z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot darajasi; davlat byudjetiningmilliy iqti-sodiyot bilan bog’langanligi; iqtisodiy munosabat-larningrivojlanganlik darajasi; davlat byudjeti mablag’larining namoyon bo’lish shakllari va h.k.Jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat byudjeti xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko’ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq.Ular o’zlarining iqtisodiy mazmuni, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari, ijtimoiy mo’ljallanganligi bo’yicha va ma’lum maqsadlariga ko’ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat byudjetining xara-jatlari kapital va joriy xarajatlarga bo’linadi.Davlat byudjetiningkapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo’naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga: a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakat-dagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan xarajatlar; b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun davlat byudjeti kreditlari sifatida beriladigan mablag’lar; v) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar; g) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo’lgan mulk miqdorini oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar; d) davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy turkum-lanishiga muvofiq davlat byudjetiningkapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar. Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti shakllantirilishi mumkin.Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’zini o’zi boshqarish idoralari, davlat byudjeti tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo’naltirilgan davlat byudjeti xara-jatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyotning alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subventsiya shaklida ko’rsatiladigan, davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar va davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xara-jatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar davlat byudjetiningjoriy xarajatlari deyiladi.Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra davlat byud-jetining xarajatlari iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlariga bo’linadi. Bu xarajatlarga, dastlab, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo’lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Davlat byudjetining ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab- quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo’lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan bog’liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining shaxsiy, boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan. Bunda davlat byudjetining xarajatlari ijtimoiy iste’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni to’liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa qisman (markazlash-tirilmagan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, davlat byudjeti mablag’larining katta qismidan shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosi o’rtasidagi farqlarni qoplash, ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli bo’lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi.Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo’yicha guruhlarga ajratishga asos qilib milliy iqtisodiyotning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo’linishi qabul qilingan. Shunga muvofiq ravishda davlat byudjeti xarajatlari sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k. xarajatlariga bo’linishi mumkin. Davlat byudjeti xarajatlari milliy iqtisodiyot (xo’jalik) tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam moliyaviy asosni yaratish bilan birgalikda, xarajatlarning tarmoqlararo bo’linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarini aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo’jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo’nalishga o’zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi davlat byudjeti mablag’-larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qo’llab- quvvatlashga yo’naltirish imkonini bera-yapti. Bir vaqtning o’zida iqtisodiyotning ustuvor tarmoq-larini (mashinasozlik, qishloq xo’jaligi, elektroenergetika va boshqalar) keng ko’lamlarda byudjetdan moliyalashti-rilishi ham ta’minlanmoqda. Ijtimoiy yo’nalishi bo’yicha davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarni o’zida aks ettiradi.Ana shunga muvofiq davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi gu-ruhlarga bo’lish mumkin: ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
milliy xo’jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;
mudofaa xarajatlari;
boshqaruv xarajatlari.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari o’z tarkibiga maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat, sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini o’zida aks ettirib, bu guruhdagi davlat byudjetiningxarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo’lgan talabini qondirishga, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yo’l ochib beradi.Iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xo’jalik yurituvchi asosiy sub’yektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar keng miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industriya asosida qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnika vositalari bilan qayta ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyot va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalash-tirish xarajatlari alohida o’rin egallaydi.Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o’z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi zarurligi bilan bog’liq-dir. Qurolli Kuchlarning barcha turlari davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi. Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga oshirilishi, uning xo’jalik-tashkilotchilik funksiyasi davlat byudjetidan boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlar ajratilishini taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura fuqaro-larning o’zini-o’zi boshqaruv organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi.Davlat byudjetining barcha xarajatlari yuqoridagi to’rtta guruhdan qaysi biriga kirishidan qat’iy nazar, ular o’zlarining aniq maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha ham bir necha qismlarga bo’linadi. Bu qismlar davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlaridan tarkib topadi. Kapital qo’yilmalar, dotatsiyalar, subventsiyalar, subsidiyalar,davlat byudjeti ssudalari, ish haqi, ovqatlanish xarajatlari, kapital va joriy remont, kantselyariya va xo’jalik xarajatlarini davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlari sifatida ko’rsatish mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining ma’lum aniq maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha turkumlanishi davlat byudjeti mablag’la-ridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan moliyaviy nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi.Davlat byudjetini iqtisodiy nuqtai nazardan turkumlarga ajratish bilan birga xarajatlarning tashkiliy jihatidan ham guruhlarga ajratish mumkin. Buning asosida yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar, assotsiatsiyalar, birlashmalar, kontsernlar, kompaniyalar va h.k.), davlat byudjeti xarajatlari va hududiy belgilar yotishi mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining yuqori tashkilotlar bo’yicha guruhlanishi davlat byudjeti mablag’larini aniq oluvchilarni ko’rsatadi va ular tarmoq ichida pul fondlarini shakl-lantirishda mas’ul bo’lib, ajratilgan davlat byudjeti mablag’-laridan o’z vaqtida, samarali va qonuniy foydalanish ustidan javobgardirlar.Davlat byudjeti xarajatlarini hududiy belgiga mos holda bo’linishi ular markazlashuvining turli darajalarini o’zida aks ettiradi. Shu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining xarajatlari respublika va mahalliy byudjetlarning xarajatlaridan tarkib topadi.Davlat byudjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat: ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;
sudlarni saqlab turish xarajatlari;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari; boshqa xarajatlar.
Davlat byudjetining xarajat qismi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpo-g’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudje-tining tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg’armalari hisobga olinadi.