Var
Form1: Tform1;
Implementation
{$R*.dfm}
End.
Loyihani saqlash.
Loyihani saqlash quyidagi
buyruqlarni tanlash
orqali amalga
oshiriladi. File menyusidan Save, Save As…, Save Project As…, Save All
buyruqlari tanlanadi. Agar Save buyrug’i tanlansa ekranda quyidagi oyna hosil
bo‘ladi.
Agar fayl birinchi marta saqlanayotgan bo‘lsa, u holda yuqoridagi oyna hosil
bo‘ladi va faylni qaerga va qanday nom bilan saqlash kerakligi so‘raladi.
Bu holda faqat .PAS kengaytmali faylni saqlash amalga oshiriladi.
Agar fayl avval saqlangan va faylga o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa bu
buyruq bosilishi bilan
kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g’ridan - to‘g’ri saqlanadi
va hech qanday muloqot oynasi hosil bo‘lmaydi.
Agar Save As… buyrug’i tanlansa ekranda xuddi yuqorida hosil bo‘lgan
oyna hosil bo‘ladi.
Fayl birinchi marta saqlanayotgan bo‘lsa ham, avvaldan saqlangan bo‘lsa
ham yuqoridagi muloqot oyna hosil bo‘ladi va faylni qaerga va qanday nom bilan
saqlash kerakligi so’raladi.
Bu holda ham faqat .PAS kengaytmali faylni saqlash amalga oshiriladi.
Agar Save Project As… buyrug’i tanlansa ekranda xuddi yuqorida hosil
bo‘lgan oyna hosil bo‘ladi.
Fayl
birinchi marta saqlanayotgan
bo‘lsa ham, avvaldan saqlangan
bo‘lsa ham yuqoridagi
muloqot
oyna hosil bo’ladi va
faylni
qaerga
va
qanday
nom
bilan saqlash kerakligini so‘raladi. Bu holda ham faqat
.DPR kengaytmali faylni saqlash amalga oshiriladi.
Agar Save All buyrug’I tanlansa, fayl birinchi marta saqlanayotgan
bo‘lsa yuqorida keltirilgan oyna hosil bo‘ladi va fayllarni qaerga va qanday
nom bilan saqlash kerakligi so‘raladi. Bu holda loyihada ishtirok etayotgan
hamma fayllar, ya’ni .PAS, .DPR kengaytmali va boshqa qo‘shimcha
fayllarni saqlash amalga oshiriladi. Agar fayl avval saqlangan bo‘lsa, u holda
loyihaga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar avval saqlangan faylga saqlanadi,
ya’ni hech qanday muloqot oynasi hosil bo‘lmaydi.
Ilova formasi.
Delphi da yaratilayotgan ilova, ya’ni yangi loyiha ustida ish boshlash ilova
ishga tushirilishi bilan ishga tushadigan oyna, ya’ni boshlang’ich
formani
yaratish bilan boshlanadi.
Dastur yaratish bosqichi vaqtida ochiladigan dasturning muloqotli oynasi
forma deb ataladi.
Boshlang’ich foma Form1 formasining
xossalarini
o‘zgartirish yo‘li orqali yaratiladi. Formaning xossalari uning tashqi ko’rinishini
aniqlaydi, ya’ni: o‘lchami, ekranda joylashishi, sarlavha
matnini,
hoshiya
ko‘rinishini va h.z.
Xossalar ob’ekt
inspektorning
Properties
vkladkasining
muloqotli
oynasida keltirilgan. Chap ustunda xossalarning nomlari, o‘ng ustunda esa
ularning qiymatlari joylashgan.
Formani yaratish vaqtida birinchi bo‘lib
formaning Caption xossasini
qiymatini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Buning
uchun sichqoncha chap tugmasi
bilan Caption maydonini bosish va o‘ng ustunda joylashgan Form1 qiymati
o‘rniga yangi qiymatni kiritish va Enter tugmasini bosish kerak.
Xuddi shu yo‘l bilan formaning bo‘yi, eni qiymatlarini ham kiritish mumkin.
Buning uchun Height va Width xossalari qiymatlarini o‘zgartirish kerak.
Formaning boshqa xossalari qiymatlari ham xuddi shu yo‘l bilan o‘zgartiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: