3. FAZA CHIZMASI VA MODUL TEXNIKASI
Dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonini rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilishning keng tarqalgan usuli - bu dasturiy ta’minot ishlab chiqishda ishtirok etgan barcha shaxslarning qat’iy sur’atda faza chizmasining qoMlanilishidir. Bu bobda 3 ta keng tarqalgan faza chizmalari tavsiflab beriladi: • Forward Engineering (Pog‘onali model). • Spiral model. • V model. Barcha 3 ta sxema (faza) uchun umumiy bo‘lgan amalga oshirish fazasida modulli texnikasi qoMlaniladi, shu bilan birga Top down loyiha va Bottom up loyihalashlardan yondashuvning ikkita usuli ajralib turadi. Dasturiy ta’minot ishlab chiqishni davriy bo laklarga ( Phasen) bo lish haqidagi asosiy g'oya uvg‘un umumiy jarayonni ishlab chiqishni pog‘onama-pog'ona bosqichiga
bo‘lish istagidir. Bu bilan dasturiy ta’minotni tayyorlash loyihasi ancha aniq bo‘ladi, hatto bunda ishlab chiqishning tegishli darajasi esa bevosita ishtirok etmaganlar uchun ham ochiq-oyding namoyon bo‘ladi. Bu bobdan keyingi bobda hujjatlashtirishni olib borishning turli texnikalariga ko‘rsatmalar beriladi.
Forward Engineering - model, shuningdek, pog‘onali model deb nomlangan model bir-biridan ajratilgan to ‘rtfazadan iborat: talablar tahlili, ixtisoslashtirilgan reja, dizayn va amalga oshirish. Har bir faza keyingi faza boshlanmasidan oldin qabul qilib olish bilan tugaydi.
Pog‘onali kaskad modeli dasturiy ta’minot ishlab chiqish usulining ana’naviy modelini bildiradi. Pog‘onali modelda har bir faza yaxshi aniqlangan boshlang‘ich va oxirgi nuqtalarda bir qiymatli natijalarga ega bo‘ladi. Bu yerda har bir faza faqat bir marta bajariladi va natijasi hujjatlanadi. "Kaskad", ya’ni pog‘ona nomi (ingl.: WaterfaU Model) fazaning kaskad ko‘rinishidagi tanlab olingan grafik tasawuridan kelib chiqadi. Agar qaysidir fazada nimadir noto‘g‘ri ketsa, unda sodda modelning kengaytirilishi (qaytuvchi kaskad modeli) bitta pog‘ona yuqorida xatoni bartaraf qilish mumkin bo‘lishi uchun qadamba- qadam kaskadning "yuqorisiga harakat qilish" imkonini beradi. Kaskad modelidan asosan rejalashtirish fazasida talablar, natijalar va jarayonlar nisbatan aniq bayon qilinadigan joyda foydalaniladi "Kaskad" modeli
Faza Tarkibi / Natijalar
Talablar tahlili (Tizimli tahlil)
Tashkiliy (maxsus) tarkibiy qismlar bayoni va realizatsiya tomonidan ajralish (shuningdek, u daliliy tahlil deb ham ataladi).
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Google.com
2.Wikipedia.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |