Вирусларни аниқлаш ва даволаш усуллари Ҳозирги кунда компьютер вирусларига қарши курашга ихтисослашган компаниялар вужудга келган. Улар ҳар кун, ҳар соат мижозларнинг компьютеридаги мавжуд вирусларни топиб, уларни йўқ қиладиган антивирус дастурларини яратадилар. Ҳозирги кунда компьютер вирусларига қарши курашувчи антивирус дастурларидан энг асосийлари KasperskyAnti-Virus (AVP) ScriptChecker, NortonAntivirus, DrWeb, Adinf, AVPлар ҳисобланади. KasperskyAnti-Virus дастури бугунги кунда компьютер вирусларининг 100000 дан ортиқ турини аниқлайди ва даволайди.
KasperskyAnti-Virus (AVP) ScriptChecker дастурини ишга тушириш қуйидагича амалга оширилади: ПУСК ПрограммыKasperskyAnti-VirusAVPСканер
Mavzu: Dasturlarni kompyuter viruslaridan ximoya qilish choralari Kompyuter viruslaridan himoya qilish usullari
Kompьyuter viruslaridan himoya qilishning uchta chegarasi mavjuddir:
– viruslarning kirib kelishini bartaraf etish;
– agar virus baribir kompьyuterga kirgan boʼlsa, virus hujumini bartaraf etish;
– agar hujum baribir amalga oshgan boʼlsa, buzuvchi oqibatlarni bartaraf etish.
Himoya qilishni amalga oshirishning uchta usuli mavjuddir:
– himoya qilishning dasturli usullari;
– himoya qilishning apparatli usullari;
– himoya qilishning tashkiliy usullari.
+Muhim maʼlumotlarni himoya qilish masalasida koʼpincha maishiy yondashish ishlatiladi: «kasallikni davolagandan koʼra uning oldini olgan yaxshiroq». Аfsuski, aynan u eng buzuvchi oqibatlarni keltirib chiqaradi. Kompьyuterga viruslarni kirib olish yoʼlida barrikadalarni yaratib olib, ularning mustahkamligiga ishonib va buzuvchi hujumdan keyingi harakatlarga tayyor boʼlmasdan qolmaslik kerak. Shu bilan birga, virusli hujum, bu muhim maʼlumotlarni yoʼqotishni yagona boʼlmagan hattoki keng tarqalmagan sababidir. Shunday dasturli uzilishlar mavjudki, ular operatsion tizimni ishdan chiqarishi mumkin hamda shunday apparatli uzilishlar borki, ular qattiq diskni ishlashga layoqatsiz qilib qoʼyish qobiliyatiga egadirlar. Oʼgʼirlash, yongʼin yoki boshqa favqulodda holatlar natijasida muhim maʼlumotlar bilan birgalikda kompьyuterni yoʼqotish ehtimoli har doim ham mavjuddir. Shuning uchun xavfsizlik tizimini yaratishni birinchi navbatda «oxiridan» boshlash kerak – istalgan taʼsirni, u virus hujumi, xonada oʼgʼirlik yoki qattiq diskni fizik ishdan chiqishidan qatʼiy nazar, buzuvchi oqibatlarini bartaraf etishdan boshlash kerak.
Maʼlumotlar bilan ishonchli va xavfsiz ishlashga faqat shundagina erishiladiki, agar istalgan kutilmagan hodisa, shu jumladan kompьyuterni toʼliq fizik ishdan chiqarish ham, salbiy oqibatlarga olib kelmasligi kerak.
Viruslarga qarshi chora-tadbirlar
Kompьyuterni viruslar bilan zararlanishidan va axborotlarni ishonchli saqlashini taʼminlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
- kompьyuterni zamonaviy antivirus dasturlar bilan taʼminlash;
- disketalarni ishlatishdan oldin har doim tekshirish;
- qimmatli axborotlarning nusxasini har doim arxiv fayl koʼrinishida tarmoqlarda saqlash.
Kompьyuter viruslariga qarshi kurashning quyidagi turlari mavjud:
+- kompьyuter viruslari kompьyuterga kirganda fayllarni oʼz holiga qaytaruvchi dasturlarning mavjudligi;
- kompьyuterga parol bilan kirish, disk yurituvchilarning yopiq turishi;
- disklarni yozishdan himoyalash;
- litsenzion dasturiy taʼminotlardan foydalanish va oʼgʼirlangan dasturlarni qoʼllamaslik;
- kiritilayotgan dasturlarni viruslarning mavjudligiga tekshirish;
- antivirus dasturlaridan keng foydalanish;
- davriy ravishda kompьyuterlarni antivirus dasturlari yordamida viruslarga qarshi tekshirish.
Viruslarni aniqlash va davolash usullari
Hozirgi kunda kompьyuter viruslariga qarshi kurashga ixtisoslashgan kompaniyalar vujudga kelgan. Ular har kun, har soat mijozlarning kompьyuteridagi mavjud viruslarni topib, ularni yoʼq qiladigan antivirus dasturlarini yaratadilar. Hozirgi kunda kompьyuter viruslariga qarshi kurashuvchi antivirus dasturlaridan eng asosiylari KasperskyAnti-Virus (AVP) ScriptChecker, NortonAntivirus, DrWeb, Adinf, AVPlar hisoblanadi. KasperskyAnti-Virus dasturi bugungi kunda kompьyuter viruslarining 100000 dan ortiq turini aniqlaydi va davolaydi.
KasperskyAnti-Virus (AVP) ScriptChecker dasturini ishga tushirish quyidagicha amalga oshiriladi: PUSK ProgrammыKasperskyAnti-VirusAVPSkaner