Bog'liq 11-Amaliy ish. Mavzu Dasturiy ta`minotni ishlab chiqishning yashash sikli (1)
Dasturiy ta’minot hayotiy sikli modulining evolyutsiyasi Oxirgi o’ttiz yil davomida dasturlashda dasturiy ta’minot hayotiy siklining quyidagi uchta modeli almashdi: kaskadli, oraliq nazoratli model, spiral model. Kaskad modeli. Dastlab (1970 – 1985 yillar) keyingi bosqichga o’tish oldingi bosqichning loyiha operatsiyalari to’liq tugagandan keyin va keyingi bosqich uchun barcha dastlabki ma’lumotlar olingandan keyin amalga oshirilishi tavsiya qilinadigan dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning kaskad sxemasidan foydalanildi Ushbu sxemaning afzalliklari quyidagilar hisoblanadi: to’liqlik va moslashish talablariga javob beruvchi loyiha hujjatlarini tugallangan to’plamning har bir bosqich oxirida olinadi; ishlab chiqish jarayonini loyihalashtirishning oddiyligi.
Xuddi shunday sxema ishlab chiqish samaradorligining o’ta yuqori parametrlarini ta’minlab, murakkab texnik ob’yektlarni ishlab chiqishga blok – iyerarxik yondashuvda foydalaniladi. Ushbu sxema ishlab chiqish boshida barcha talablarni aniq va to’liq muvaffaqiyatli shakllantirish uchun tizimni yaratish uchun qo’llanishi mumkin. Bu holat oldingi bosqichda muvaffaqiyatli qarorni qabul qilish bilan bog’liq muammolarni ishlab chiqish jarayonida yuzaga kelish ehtimolligini kamaytiradi. Amaliyotda bunday ishlab chiqishlar juda kam uchraydi. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning kaskadli sxemasi Oldingi bosqichda variantlarning zarurligi quyidagi sabablarga asoslanadi: ishab chiqish jarayonida aniqlashtirish qabul qilingan qarorlarni qayta ko’rib chiqish zarurligiga olib keladigan noaniq xususiyatlar; bevosita ishlab chiqish jarayonida buyurtmachi talablarining o’zgarishi; foydalanilayotgan texnik va dasturiy vositalarning ma’naviy tez eskirishi; vazipredmeting qo’yilishi, tahlil, loyihalashtirish bosqichida ishlab chiqishbayonining qanoatlanitiruvchi vositalari mavjud emasligi. Xususiyatlarni aniqlashtirish (o’zgartirish) dan rad etish tugallangan mahsulot foydalanuvchilar ehtiyojini qanoatlantirmaydi. Foydalanuvchi uskuna va dasturiy muhitning almashishini hisobga olishni rad etish natijasida ma’naviy eskirgan mahsulot olinadi. Muvaffaqiyatli bo’lmagan loyiha qarorlarni qayta ko’rib chiqishni rad etish dasturiy mahsulot tuzilmasini yomonlashtirishga va mos ravishda, yaratish jarayonining vaqt bo’yicha murakkablashishiga, cho’zilishiga va qimmatlashuviga olib keladi. Shunday qilib, ishlab chiqishning real jarayoni iteratsion xarakterga ega bo’ladi.