Talablarni tahlil qilish va xususiyatlarni aniqlash. Xususiyatlar deb, funksiyalar va ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minot cheklanishlarining aniq tavsifiga aytiladi. Mos ravishda funksional va ekspluatatsion xususiyatlarga bo’linadi.
Barcha xususiyatlar loyihalashtirilayotgan dasturiy ta’minotning umumiy mantiqiy modeldan iborat. Xususiyatlarni olish uchun texnik topshiriq talablari tahlil qilinadi, mazmunli vazifalar qo’yilishini shakllantiriladi, matematik shaklga keltirish apparati tanlanadi, predmet sohasining modeli quriladi, kichik topshiriqlar aniqlanadi va ularni hal etish usullari tanlanadi yoki ishlab chiqiladi. Xususiyatlarning qismi loyihalashtirishdan oldingi tekshirishlar jarayonida aniqlanishi mumkin va mos ravishda texnik topshiriqda qayd etiladi.
Ushbu bosqichda loyihalashtirilayotgan dasturiy ta’minotda, kutilayotgan natijani ko’rsatgan holda, xatolarni izlash uchun testni shakllantirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |