Dasturiy ta’minotni tizimli testlash
Dasturiy maxsulot to’la ishlab chiqilganidan keyin uni testlash amalga oshiriladi. Albatda bunday testlash ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotda modulli (Unit testing), integratsion (Integration testing) testlash to’la to’kis amalga oshirilgandan so’ng, ya’ni keltirib o’tilgan testlashlarda aniqlangan kamchilik va nuqsonlar bartaraf etilganidan keyin amalga oshiriladi.
Bunday ko’rinishdagi testlashni o’tkazishdan maqsad ishlab chiqilgan dasturiy maxsulotda amalga oshirilgan aloxida protsedura va usullarni korrekt ishlashini tekshirishdan emas, balki foydalanuvchi nigohi bo’yicha tizim yaxlit holda korrekt ishlashi va unga qo’yilgan umumiy talablarga javob berishini aniqlashdan iborat. Demak, bunday ko’rinishdagi testlashni amalga oshirish uchun xam dasturiy ta’minotuchun qo’yilgan umumiy talablar axborot manbai bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |