3. Marketing muhiti. Tizim bozorga chiqqanida, tizimni sotuvchilar raqobatchi mahsulotlarni, sotib oluvchilar to’lashga tayyor bo’lgan narxlarni, shuningdek, ushbu tizimni yetkazilib berilishi uchun talab qilinadigan grafikni inobatga olishlari lozim. Raqobatbardosh muhitda, dasturiy ta’minotni ishlab chiqaradigan korxonalar, uni umumiy testlanishidan oldin dasturni foydalanishga topshirishga qaror qabul qiladilar, sababi ular bozorda birinchi o’rinda turishni xoxlaydilar. Agar dasturiy ta’minot judayam arzon baholangan bo’lsa, foydalanuvchilar uning ishonarsizligiga sabr qilishga tayyor bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |