2. Cho‘kma hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladigan reaksiyalar.
Reaksiya mahsulotlaridan biri suvda erimaydigan modda bo‘lsa, bu
reaksiya oxirigacha sodir bo‘ladi. Masalan, BaCl2 + Na2SO4 = 2NaCl + ↓BaSO4
Bu reaksiyada hosil bo‘lgan bariy sulfat suvda erimaydi, ionlargaajramaydi.
Tenglamaning ionli shakli:Ba+2 + 2Cl– + 2Na+ +SO4 -2 = 2Na+ + 2Cl– + ↓BaSO4
Elektrolitlarning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan bariy va sulfat ionlari o‘zaro birikib cho‘kma (BaSO4) hosil qiladi. Tenglamani qisqa ionli ko‘rinishi: Ba2+ + SO42– = ↓BaSO4
Ba(NO3)2 va K2SO4 eritmalari o‘rtasidagi kimyoviy reaksiya tenglamasini yozing. Qisqa ionli tenglamasiga e’tibor bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |