Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi



Download 0,67 Mb.
bet129/163
Sana28.11.2020
Hajmi0,67 Mb.
#52804
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   163
Bog'liq
Dars konspekti

Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.

Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.

3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.


  1. Oltingugurt (IV)-oksid SO22.Oltingugurt (VI)-oksid SO3

Yangi darsning bayoni.

Kislorodli birikmalarda oltingugurt musbat oksidlanish darajasi namoyon qilishi qanday izohlanadi? Oltingugurt oksidlari: Oltingugurtning amaliy ahamiyatga egabo‘lgan ikki xil oksidi bor. Oltingugurt (IV)-oksid SO2 va oltingugurt (VI)-oksid SO3. Oltingugurt (IV)-oksid SO2. Tabiatda vulqon gazlarida va tabiiy ko‘mir yonishidan hosil bo‘lgan gazlar tarkibida uchraydi. SO2 qutbli kovalent bog‘li gaz bo‘lib, laboratoriyada sulfit kislota tuzlariga xlorid yoki sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi:

Na2SO3 + H2SO4 = Na2SO4 + H2O + SO2↑ Na2SO3 + H2SO4 = Na2SO4 + H2O + SO2

Mis qirindilariga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirilganda ham oltingugurt (IV)-oksid hosil bo‘ladi. 2H2SO4(kons) + Cu = CuSO4 + SO2↑ + 2H2O

Sanoatda oltingugurt (IV)-oksid metall sulfidlarini havoda kuydirib

olinadi. 4FeS2 + 11O2 →2Fe2O3 + 8SO2↑ 2ZnS + 3O2 →2ZnO + 2SO2

Oltingugurt (IV)-oksid rangsiz, o‘tkir hidli gaz bo‘lib, -10°C da suyuq, -73°C da qattiq holga o‘tadi, u kislotali oksid, suvda erib sulfit kislotasi hosil qiladi.

SO2 + H2O = H2SO3 Asosli oksid va ishqorlar bilan ta’sirlashib, sulfitlar hosil qiladi.

CaO + SO2 = CaSO3 2NaOH + SO2 →H2O + Na2SO3

Oltingugurt (IV)-oksid katalizator ishtirokida oksidlanib oltingugurt (VI)-oksidini hosil qiladi.

2SO2 + O2 2SO3 + Q Vodorod sulfidni oksidlaydi. Natijada o‘zi qaytariladi va oltingugurtni

hosil qiladi. 2H2S + SO2 →2H2O + 3S↓SO2 organik bo‘yoqlarni rangsizlantiradi, mikroorganizmlarni o‘ldiradi, quruq turshak tayyorlashda, ba’zi rezavor mevalarni etiltirishda qo‘llanadi. Suyuq SO2 neftni tozalashda ishlatiladi.

Oltingugurt (VI)-oksid SO3. SO3 – oltingugurtning yuqori oksidi bo‘lib, 45°C da qaynaydigan, 17°C da oq kristall massaga aylanadigan rangsiz suyuqlik. Kislotali oksidlarga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Suv bilan oson reaksiyaga kirishib, sulfat kislotasini hosil qiladi.

SO3 + H2O = H2SO4 + Q SO3 ning o‘zi ham konsentrlangan sulfat kislotasida yaxshi eriydi.

Bunda oleum hosil bo‘ladi: H2SO4 ・nSO3 H2SO4 + nSO3 →H2SO4 + nSO3

Sanoatda SO2 ni katalizator ishtirokida oksidlab SO3 olinadi. Oltingugurt (VI)-oksid asosan sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish