Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi



Download 0,67 Mb.
bet117/163
Sana28.11.2020
Hajmi0,67 Mb.
#52804
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   163
Bog'liq
Dars konspekti

Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.

3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.

Yangi darsning bayoni.

Ftor, brom va yod elementlari galogenlar oilasining vakillari bo‘lib,tabiatda turli birikmalar holida keng tarqalgan.Ftor – flyuorit (plavik shpat) CaF2, kriolit Na3[AlF6], ftorapatit

3Ca3(PO4)2・CaF2 yoki Ca5(PO4)3F minerallar tarzida tabiatda uchraydi.

Brom – xlor tutuvchi barcha tabiiy birikmalarga yondosh tarzda minerallar holida va dengiz suvida, yer osti suvlarida uchraydi. Yod – dengiz o‘tlari va dengiz bulutlarida, organik birikmalar, yer osti suvlarida, chili selitrasiga yondosh tarzda yodatlar (NaJO3, KJO3)

holida tabiatda uchraydi. Galogenlarning barchasi o‘tkir hidga ega, zaharli. F2, Br2, J2 molekulalari ikki atomli, tartib raqami ortishi bilan atom radiuslari ortib borganligi

sababli molekulalar qutblanuvchanligi ortib boradi. Natijada molekulalararo dispersion ta’sirlashuv kuchayib brom suyuq, yod qattiq holda bo‘lishiga olib keladi. Bu esa o‘z-o‘zidan yuqori suyuqlanish va qaynash haroratiga ega bo‘lishga sabab bo‘ladi.

Ftor juda yuqori kimyoviy faollikka ega bo‘lib, uni erituvchilarda eritish amalda qiyin. Brom va yod suvda juda oz miqdorda, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Ftor xona haroratida ishqoriy metallar, qo‘rg‘oshin, temir bilan yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda barcha metallar, oltin va platina bilan ham reaksiyaga kirishadi. Vodorod, yod, brom, oltingugurt, fosfor,

mishyak, surma, uglerod, kremniy, bor bilan sovuqda ham portlab yoki yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda xlor, kripton va ksenon bilan birikadi. Xe + F2 = XeF2 + Q

Ftor, kislorod, azot va olmos bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reaksiyaga kirishmaydi.Ftor atmosferasida shisha va suv yonib ketadi.SiO2 + 2F2 = SiF4 + O2 + Q; 2H2O + 2F2 = 4HF + O2 + Q

Brom va yodning kimyoviy faolligi nisbatan sust bo‘lsada odat dagi sharoitda ular ham ko‘pchilik metallar va metalmaslar bilan ta’sirlashadi. Brom, vodorod bilan qizdirilganda, yod esa kuchli qizdirilgandagina ta’sirlashadi, ammo yuqori haroratda HJ parchalana boshlab, teskari

reaksiya sodir bo‘ladi. Bu reaksiya to‘liq oxiriga bormaydi. H2 + J2 2HJ – Q

Galogenlarning kimyoviy faolligi ftordan astatga tomon sustlashib, oksidlovchilik xossasi bosqichma-bosqich kamayib boradi. Bu engil galogenlarning oddiy modda sifatida og‘ir galogenid ionlarni oksidlashi, engil galogen oksidlarini og‘ir galogenid ionlar qaytarishni izohlash imkonini beradi: F2 + 2Cl– →2F– + Cl2 Cl2 + 2Br– →2Cl– + Br2 Br2 + 2J– →2Br– + J2J2 + 2ClO3 →2JO3 + Cl2.Ftor, brom, yod tabiatda asosan birikmalar holida uchraganligi uchun galogenlar manfiy zaryadli ionlar holida bo‘ladi. Shuning uchun galogenlarni olish ular ionlarini oksidlash orqali amalga oshiriladi. Bu oksidlovchilar ta’sir ettirish yoki elektr toki ta’sirida erkin galogenlar olishimkonini beradi. Ftor yuqori haroratga chidamli surkov vositalari, kimyoviy reagentlargachidamli plastmassalar (teflon), sovituvchi suyuqliklar (freon, xladon) olishda ishlatiladi. Bromdan turli dorivor vositalar, ba’zi bo‘yoqlar, kumush bromid ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Bromning yetishmasligi insonlarda turli asab kasalliklarini keltirib chiqaradi. Asab kasalliklarida, uyqusizlikda bemorlarga bromli dori-darmonlar tavsiya qilinadi. 5% li yodning spirtdagi eritmasi antiseptik va qon to‘xtatuvchi vosita sifatida, bir qator farmatsevtik vositalar olishda ishlatiladi.




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish