Xo’sh, bu dasturda qanday ishlash mumkin?
3 ds Maxda obyektlarni ko’rish maydoni (viewport)da yaratasiz. Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga keltirganingizda
kursor shakli o’zgaradi. Sichqoncha yordamida obyektning o’lchovlarini
berasiz.
Yaratilgan obyektlarda kino effektlar yaratish uchun Maxsus kamera va
yoritgich asboblarini qo’llashingiz mumkin. Obyekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya’ni unga masalan shaffof yoki g’adir-budir sirt berishingiz mumkin.
Ko’rish maydonida yaratilgan obyektlarni xarakatlantirib, kichik animatsiya xosil kilish mumkin. Buning uchun {Animatsiya} tugmasini bosib, kadrlarni o’zgartirgan xolda obyektni xarakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So’ngra animatsiya panelidan {play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, animatsiya xosil bo’ladi. Bu yaratilgan animatsiyani fayl kurinishida kompyuter xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o’qiy oladigan dastur yordamida o’qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |