Mavzu:CorelDraw dasturida instrumentlar yordamida maxsus effektlar yaratish. CorelDraw dasturida ob’ektlarni import va eksport qilish. CorelDraw grafik muharririda konturlar bilan ishlash.
Reja:
CorelDraw dasturida Sirtlarni yaqinlashishi va qayta
hosil qilish
CorelDraw dasturida maxsus effektlardan foydalanib bokal tasvirini tayyorlash.
CorelDraw dasturida ob’ektlarni import va eksport qilish
Uch o‘lchamli obyektning sirtini qayta hosil qilish grafik axborotlarga ishlov berish tizimlaridan foydalanishda muhim rol o‘ynaydi. Sirtlarni yaqinlashishini amalga oshirish obyektlar nuqtalar to‘plami bilan berilgan holda talab qilinadi. Sirtlarni yaqinlashishi va qayta hosil qilinishi boshqa amaliy sohalar uchun ham zarur. Kompyuter kartografiyasi va geografiyasida sirtlarning matematik tasniflari yordamida ifodalangan yer bo‘laklarini (uchastkalari) modellari bilan ish olib boriladi. Tasvirlarga ishlov beri shva timsollarni aniqlashda sirtlardan tasvirlarning tahlilida foydalaniladi. Bu tahlil hech bo‘lmaganda ikki usulda amalga oshiriladi:
1) Tasvir yoritilganligining qiymatida uchinchi kordinata sifatida foydalanib, uni sirt sifatida qarab chiqish mumkin.
2) Tasvirdagi obyektlar sirtini qarab chiqish mumkin.
Hamma sohalarda uchraydigan sirtlar turli xil bo‘lib, ularni hamma aniqlanish sohalarida yagona tenglama bilan tasniflash juda murakkab. Shuning uchun sirtlarni bo‘lakli approksimatsiya qilishga ehtiyoj tug‘iladi. Ularning eng soddasi bo‘lakda-chiziqli approksimatsiya qilish hisoblanadi. Ularning xususiy holi, uchburchakli yoqlarga ega bo‘lgan ko‘pyoqlilar vositasida approksimatsiya qilish. Faraz qilaylik, S sirtda joylashgan nuqtalar to‘plami {P}. Bu holda har bir uch nuqta tekislikni beradi va tegishli uchlikni tanlash ko‘pyoqlining S sirtining approksimatsiyasini ta’minlaydi. Afsuski, ko‘p hollarda qabul qilsa bo‘ladigan approksimatsiyani amalga oshirish uchun zarur uchburchakning soni juda ham katta bo‘ladi. Shuning uchun yuqori tartibli sirtlarga murojjaat qilishga to‘g‘ri keladi. Natijada bu kabi bo‘lakli sirtlarni tasvirlash muammosi paydo bo‘ladi.
Bu muammoni yechimlaridan biri sirtda egri chiziqlar to‘plamini berishni nazarda tutadi va har bir egri chiziq yordamida shu chiziqlar bilan chegaralangan qismlarni (uchastkalarni) chekli interpolyatsion sirtlar yordamida aniqlaydi. Bunday usullar 4-6 bo‘limlarda muhokama qilinadi. Ushbu muammoni yechishning boshqa usuli oriyentir tekisliklarni shunday qo‘llashni tavsiya etadiki, bu holda tekislikdagi Bezye egri chiziqlari va V-splaynlarni qo‘llanilishiga o‘xshab ketadi. Bu usullar 6-7 bo‘limlarda muhokama qilinadi. 2 va 3 bo‘limlarda shu kabi barcha sirtlarni o‘rganishda foydalaniladigan asosiy formulalarning ayrimlari keltirilgan. (Sirtni qayta hosil qilish masalasi 7-bo‘limda ko‘rilib, unda asosiy e’tibor shtirixlashga qaratilgan.)
Sirtlarni qayta hosil qilishning matematik tasnif qilish usullarni tanlashda asosiy mezon sifatida kompyuter grafikasining ayrim muhim masalalarini yengil yechish imkoniyati. Masalan, ikki sirt kesishishdan hosil bo‘lgan chizig‘i aniqlash kabi masalalarini qay darajada oson yechilish bahosi uslubga samaradorligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, tekisliklardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi, lekin bu holda sirt qismlarning (uchastkalarning) umumiy soni ortib ketishi tufayli hisoblashlar hajmi ham ortib ketadi. V-splaynlar yordamida qurilgan sirtlar qavariqlik xossasiga ega bo‘lib, bu hol sirtni chegaralovchi tekisliklarni aniqlashga imkoniyat yaratadi. Bu kabi tekisliklar soni sirtni approksimatsiyalovchi ko‘pyoqlilar sonidan bir muncha kam bo‘lib, kesishish va shunga o‘xshash masalalarni yechishda chegaralovchi tekisliklardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Odatda kesishishlarni topishning aniqligiga kata e’tibor berish zarur emas. Chunki qavariq sirtlar juda ko‘p hollarda o‘zaro kesishmaydi. Demak, ularning o‘zaro kesishuvini tekshirish shart emas. Kompyuter kartografiyasida joyning xaritasini tuzishda tekisliklardan foydalanish ma’qul. Bu masalada tasvirning silliqligiga talab katta emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |