Mavzu:Corel draw dasturida obyektlar va figuralar hosil qilish.
Nigmatov Raufxon
Xabibullayev Sharobidin
Muhammadiyev Mardon
Reja:
Obyektlar
Bo`yash. Soxa chegaralari bilan ishlash.
Obyektlarni joylashtirish.
Obyektlar bilan ishlash.
1. Corel Draw dasturining asosiy texnologik prinsipi - bu obyektlar bilan ishlash. Obyekt deb-ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beruvchi tushunchaga aytiladi. Foydalanuvchi obyektlar ishlash jarayonida ular ustida har ishlarni bajarishga to`g’ri keladi.
1. Corel Draw dasturining asosiy texnologik prinsipi - bu obyektlar bilan ishlash. Obyekt deb-ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beruvchi tushunchaga aytiladi. Foydalanuvchi obyektlar ishlash jarayonida ular ustida har ishlarni bajarishga to`g’ri keladi.
Obyektlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin: A) Belgilash
B) O`chirish
V) Nusxa olish va nusxani qo`yish.
G) Bir nechta obyektlarni belgilash.
D) Kattalashtirish va kichraytirish.
E) Obyektni siljitish.
J) Belgilashni olib tashlash.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ishlarni bajarishning bir nechta usullari mavjud. Biz faqat bittasida to`xtalib o`tamiz.
Obyektlarni yaratish uchun ekranning chap burchagida joylashgan «Uskunalar paneli»dan foydalaniladi.
1-rasm. Hujjatga qo`yilgan obyektni belgilash uchun shu obyekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada obyekt belgilanadi. Ya’ni 1-rasmda ko`rsatilganidek8ta markerga olinadi. Bu usul yordamida ixtiyoriy obyektlarni belgilash mumkin.
Belgilangan obyektni o`chirish uchun esa klaviaturada «Delete» tugmasi bosiladi. Natijada shu rasm o`chadi.
Belgilangan obyektdan nusxa olish uchun esa Edit-Copy amallari bajariladi. Natijada shu obyektdan nusxa olinadi.
Nusxasini qo`yish uchun esa Edit-Paste amallari bajariladi.
Yoki belgilangan obyektdan boshqa usul yordamida ham nusxa olish mumkin, ya’ni Edit-Dublikate amallari bajarilsa kifoya.
2-rasm.
Obyekt (obyektlarni) kattaligini o`zgartirish uchun bu obyekt (obyektlar) belgilanadi. Natijada 2-rasmda ko`rsatilganidek ular ustida markerlar hosil bo`ladi.
Marker ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bosiq turilgan holda obyektga kerakli kattalik beriladi. Obyektning kerakli kattaligi hosil qilib bo`lingandan so`ng sichqoncha chap tugmasi qo`yib yuboriladi.
Bir narsani aytib o`tish joizki, belgilangan obyektlarni aylantirish ham mumkin. Buning uchun belgilangan obyektlar ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugma bir marta bosiladi. Natijada 3-rasmda ko`rsatilgan holat vujudga keladi.
3-rasm.Rasmda ko`rinib turganidek Markerlar boshqa ko`rinishni oladi. Ular ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bosiq turgan holda obyektlarni hohlagan burchakka burish imkoniyati bo`ladi.
Belgilashni olib tashlash uchun klaviaturada Ctrl tugmasi bosilsa kifoya.
Shuni alohida ta’kidlab o`tish joizki, obyekt (obyektlar) belgilanganda qo`shimcha uskunalar qatori paydo bo`ladi. Bu uskunalar yordamida obyektlarni kattaligini o`zgartirish, boshqa obyektlarga nisbatan joylashish holatlarini, burchak ko`rinishlarini ham o`rnatish mumkin. (4-rasm)