Navoiy kon metallurgiya kombinati.
Navoiy davlat konchilik instituti .
Konchilik fakulteti.
Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi.
Umumiy geologiya fanidan.
Mustaqil ish.
Mavzu: CHukindi jinslarning tasnifi va mineral tarkibi.
Topshirdi:35 c A- 20 KEM talabasi
Mirzayev D.I.
Qabul qildi:Alimov M.U.
Navoiy 2021.
1-Mustaqil ishi
Mavzu: CHukindi jinslarning tasnifi va mineral tarkibi.
Reja
1.Chukindi jinslar tasnifi
2.Chukindi jinslar mineral tarkibi
3. Minerallarning hosil bo’lish jarayonlari
1
Choʻkindi togʻ jinslari - moddaning suvda choʻkishi yoki havodan
tushishidan hamda quruqlik yuzasi, dengiz okean havzalaridagi muzlar faoliyati
natijasida hosil boʻladigan tof jinslari. Choʻkish mexanik (ogʻirlik kuchi taʼsiri va
muhit dinamikasining oʻzgarishidan), kimyoviy (suvli eritmaning toʻyinish
konsentratsiyasiga yetishidan va almashinuv reaksiyalari natijasida) hamda biogen
yoʻl bilan (organizmlar hayot faoliyati bilan bogʻliq) sodir boʻladi. Choʻkindi togʻ
jinslari choʻkish xarakteriga koʻra, chaqiq, kimyoviy va biogen jinslarga boʻlinadi.
Choʻkindi togʻ jinslarini hosil qiladigan asosiy manbalar: Yer poʻstini tashkil qilgan
magmatik, metamorfik va qad. chukindi jinslar; tabiiy suvlarda erigan
komponentlar; atmosfera gazlari; organizmlarning hayot faoliyati jarayonida hosil
boʻladigan mahsulotlar; vulkanogen materiallardan iborat. Hozirgi zamon okean
choʻkindilari va qad. choʻkindi jinslarda kosmik material va organik qoldiqlar ham
uchraydi. Baʼzi Choʻkindi togʻ jinslari (ohaktosh, kumir, diatomit va boshqalar)
butkul organik qoldiqlardan tarkib topgan. Zarra (donalar)ning oʻlchami, ularning
shakli va uzaro birikmalari Choʻkindi togʻ jinslari struktururasini belgilaydi
(qarang
Togʻ jinslari tuzilishi
). Choʻkindi togʻ jinslari shakli va hajmi turlicha boʻlgan
qatlam, linza va boshqa shakllardagi geologik jismlar hosil kilib, Yer pustila normal
gorizontal, qiya yoki murakkab burmalar tarzida yotadi. Ushbu jismlarning ichki
tuzilishi (donalar zarralarning uzaro joylashuvi va yoʻnalishi bilan bogʻliq) va
boʻshliqni qay yoʻsinda toʻldirishi Choʻkindi togʻ jinslari te ketu ras i deyiladi.
Choʻkindi togʻ jinslari quyidagicha hosil boʻladi: tub togʻ jinslarining yemirilishidan
paydo boʻlgan dastlabki mahsulot suv, shamol, muzliklar bilan koʻchib, quruqlik
yuzasi va suv havzalariga choʻkadi. Natijada turli xil komponentlardan tuzilgan
boʻsh va gʻovak, suvga toʻyingan choʻkindi hosil boʻladi. Bu choʻkindi murakkab va
xilma-xil fizik-kimyoviy (qisman biologik) sistemadan iborat boʻlib, vaqt oʻtishi
bilan asta-sekin choʻkindi jinsga aylanadi (qarang
Litogenez
).
2. Choʻkindi togʻ jinslarining mineral tarkibi va genezisiga koʻra 10 dan ortiq
guruhga ajratiladi: chaqiq jinslar, gillar, glaukonitli, glinozyomli, temirli,
marganetsli, fosfatli, kremniyli, karbonatli jinslar, tuzlar, kaustobiolitlar va boshqa
Asosiy guruhlardan tashqari aralash tarkibli jinslar ham bor. Choʻkindi togʻ jinslari
kimyoviy tarkibiga koʻra magmatik jinslardan farqlanadi: jins hosil qiluvchi
komponentlar tarkibi turlicha boʻladi; tarkibida suv, karbonat kislota, organik
uglerod, kalsiy, oltingugurt, galoidlar koʻp boʻladi; temir oksidi bilan temir (II)
oksidi nisbati katta. Choʻkindi togʻ jinslari dan gil (gil, argillit, gilli slanetslar — 50%
ga yaqin), qumtosh (qum va qumtoshlar) va karbonatli jinslar (ohaktoshlar,
dolomitlar 45% cha) keng tarqalgan. Yer yuzasida Choʻkindi togʻ jinslarining hosil
boʻlishi va joylashuvi iqlim va tektonik sharoitlar bilan aniqlanadi.
Geosinklinallarda Choʻkindi togʻ jinslarining katta qatlamlari yigʻiladi,
platformalarda esa, aksincha ularning qalinligi kam boʻladi. Choʻkindi togʻ jinslari
Yer poʻsti massasining 10% ni tashkil qilib, Yer yuzasining 75% ni qoplaydi.
Quruqlikdagi Choʻkindi togʻ jinslarining 75% geosinklinal oblastlarda boʻlib, 25%
platformalarga toʻgʻri keladi. Yer qaʼridan olinadigan jami foydali qazilmalar
(koʻmir, neft, tuzlar, temir, marganets va alyuminiy rudalari, oltin va platina
sochmalari, olmos, fosforitlar, qurilish materiallari va boshqalar)ning 75%
Choʻkindi togʻ jinslari ga tugʻri keladi.
3.
Mineral – tabiiy fizikaviy-kimyoviy jarayonlar mahsulidir. Energiya manbai
bo`yicha minerallar paydo bo`lish jarayonlari uchta yirik guruhga ajratiladi: A.
Yerning ichki energiyasi bilan bog`liq – endogen; B. Quyosh energiyasi bilan
bog`liq – ekzogen;
Minerallar hosil bo`lishining ekzogen jarayonlari Er qobig`ining ustki zonasida
yuzaga keladi. Bunda minerallar va tog` jinslarining parchalanish, nurash jarayoni
sodir bo`ladi. Parchalanish natijasida hosil bo`lgan mahsulotlar suv va havo oqimi
(shamol) yordamida ancha masofalarga ko`chib o`tishi mumkin. Bunda ba`zi bir
mineral va jinslar eritma holiga o`tib dengiz va okeanlar xavzalariga erigan holda
yotib boradi. Fizikaviy nurash natijasida tog` jinslari va minerallarning mexanikaviy
parchalanishi, ularning tarqalishi sodir bo`ladi. Parchalangan xomashyo yoki joyida
qoladi, yoki suv oqimlari orqali ko`chib boshqa manzilga o`tadi. Bunda yangi
minerallar hosil bo`lmaydi, biroq mexanikaviy parchalanish, ko`chish va to`planib
qolishi natijasida, ko`plab qimmatbaho minerallarning muhim manbai
hisoblanuvchi sochma (allyuvial, prolyuvial va h.k) konlar hosil bo`ladi. Kimyoviy
nurashda minerallarning kimyoviy parchalanishi sodir bo`lib, ustki sharoitlarda
turg`un bo`la oladigan yangi minerallar hosil bo`ladi. Bunda avvalo qoldiqlardan
hosil bo`lgan minerallarni qayd etish lozim. Tarkibida silikat va alyumosilikatlar
mavjud bo`lgan turli tog` jinslarining parchalanishida eruvchan mahsulotlarning
(kaliy, natriy, kalsiy, magniy) tuzlari chiqariladi. Qiyin eruvchi minerallar – kremniy
gili va kremniyli tuproq esa parchalanish joyida qoladi yoki biroz masofaga ko`chib
o`tadi. Kimyoviy nurash jarayonini, masalan kaolinitni paydo bo`lishi quyidagi
sxema bo`yicha sodir bo`ladi: K[AlSi3O8]+CO2+H2O→Al4[Si4O10]
[OH]8+K2CO3+SiO2 ortoklaz kaolinit yoki (K2O·Al2O3 · 6Si) yoki (Al2O3· 2Si2·
2H2O) yer qobig`ining ustki qismida nurash qobig`ida hosil bo`lgan, alyuminiy
gidrooksidlari bilan boyitilgan qoldiq xomashyolar boksitlar deb ataladi. Kaolinit va
boksitlarning hosil bo`lish jarayonlari, tegishli ravishda, kaolinizatsiya va
boksitizatsiya nomlari bilan yuritiladi. Eroziya emirilish oqibatida ochilgan ruda
(ma`dan) tomirlarida birlamchi (gidrotermal va boshqalar) ruda minerallari,
ayniqsa sulfidlar onson tarzda parchalanib ikkilamchi, oksidlangan minerallarga –
sulfatlar, oksidlar, karbonatlar va boshqa birikmalarga o`tadi. (Namunalar:
Kaolinit, boksit va boshqalar). Eng yuqori, kislorodga boy bo`lgan oksidlanish
qismida sulfidlar sulfatlarga aylanadi, masalan: CuFeS2+4O2=FeSO4+CuSO4
xalkopirit
Do'stlaringiz bilan baham: |