Mavzu: «Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish»



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana27.04.2022
Hajmi0,85 Mb.
#585748
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2019 Chorvachilikda mahsulotlarini

 
 


25 
4. CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHNI 
BOSHQARISH 
4.1. Qayta ishlash va uni ko’paytirish imkoniyatlari 
 
Sutni qayta ishlab chiqarishining rentabelligi omillari ekstensiv va intensiv 
xarakterga ega. Ekstensiv omillar – bu rentabellikka sotilayotgan mahsulotning 
miqdoridagi o’zgarishlar orqali ta’sir ko’rsatuvchi omillardir. Intensiv omillar – 
sotish baholarining o’sishi va mahsulot tannarxining pasayishi orqali ta’sir 
ko’rsatadigan omillardir. 
Qishloq xo’jaligida sutni qayta ishlab chiqarishining rentabellik ko’rsatkichlari 
yillar bo’yicha oz yoki ko’p miqdorda tebranib turadi, bu ham bo’lsa, mahsulot 
tannnarxi va bahoning o’zgarishi oqibatidadir. Shuning uchun rentabellik 
dinamikasi tendensiyasini tahlil etganda, shuningdek u yoki bu mahsulotni ishlab 
chiqarish qulayligini iqtisodiy asoslash paytida bir necha yillardagi rentabellikning 
o’rtachasidan foydalaniladi. O’rtacha ko’p yillik baholar ko’rsatkichida sotilgan 
mahsulotning miqdori va sifati to’g’risida o’rtacha ma’lumotlar aks etadi, mahsulot 
birligining o’rtacha ko’p yillik tannarxida esa iqlim sharoiti va ishlab chiqarish 
sharoitlaridagi o’zgarishlar ta’siri aks etadi. Bir va bir turdagi mahsulotlarning qator 
yillardagi o’rtacha rentabellik ko’rsatkichlarini taqqoslash shu turdagi mahsulot 
ishlab chiqarish retabelligining o’zgarishidagi barqaror tendensiyalar haqida 
obyektiv ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi; turli xildagi mahsulotlar o’rtacha 
rentabellik ko’rsatkichlarini taqqoslash esa, qaysi turdagi mahsulot qulayroq, 
daromadliroq ekanligi to’g’risida fikr yuritishga imkon beradi. Qishloq xo’jaligida 
sutni qayta ishlab chiqarishning rentabelligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash, bir 
tomondan, mahsulot sotishdan kelgan pul tushumini ko’paytirish imkoniyatlarini 
aniqlashga, boshqa tomondan–mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlaridan 
to’laroq foydalanishni taqozo qiladi. 
Chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish tadbirlariga bir qancha amalga 
oshirilishi muhim bo’lgan tadbirlar kiradi. Ular quyidagilar: 
Veterinariya 
xizmatlari. 
Bu 
boradagi 
munosabatlar 
O’zbekiston 
respublikasining “veterinariya to’g’risida”gi qonuniga muvofiq tartibga solinadi. 
qonunda veterinariya ishi, veterinariya xizmatining tuzilishi va uni boshqarishning 
ta’rifi, veterinariyaning asosiy vazifalari belgilab berilgan. 
Bugun respublika veterinariya xizmati uning hududiy bo’limlari va fermer 
hamda dehqon xo’jaliklariga ko’rsatayotgan xizmatlarni hisobga olganda, chor-
vachilik infratuzilmasining eng rivojlangan sektori hisoblanadi. Barcha hududlarda 
viloyat veterinariya boshqarmalari, tumanlarda veterinariya bo’-limlari mavjud. 
Quyi bo’g’inda veterinariya xizmati davlat va xususiy zooveterinariya punkt-
lari ish olib boradi. davlat punktlari fermer va dehqon xo’jaliklaridagi qoramollarni 
emlash, davolash, sun’iy qochirish xizmatlarini ko’rsatadi, xususiy punktlar chorva 
mollarini davolash bilan shug’ullanadi, ayrimlari davlat veterinariya xizmati bilan 
tuzilgan shartnoma asosida chorva mollarini emlash va qochirish bilan 


26 
shug’ullanadi. Xususiy punktlar viloyat zooveterinariya organlari tomonidan 
beriladigan lisenziyalar bo’yicha ish yuritadi. 
Emlash preparatlari veterinariya punktlariga qoramol soni ko’rsatilgan 
buyurtmalar bo’yicha viloyat veterinariya xizmatlari tomonidan byudjet mablag’lari 
hisobidan bepul ajratilmoqda. Emlash kasallik turiga qarab, bir yilda bir yoki ikki 
marta amalga oshiriladi va biriktirilgan hududdagi barcha chorva mollarini qamrab 
olishi kerak. Chorva mollari egalari shpris va mutaxassis xizmatiga haq to’laydi. 
Sun’iy qochirish. Aholi va fermerlarga tegishli sigirlarni sun’iy qochirish 
veterinariya punktlari mutaxassislari tomonidan chorva mollari zotini yaxshilash va 
ularning sonini ko’paytirish maqsadida amalga oshiriladi. 
Chorva mol urug’i veterinariya punktlariga “O’znaslchilik” korxonasidan 
maxsus dyuar idishlarida yetkazib beriladi. ushbu idishda urug’ idish sifati va 
hajmiga qarab, 30-80 kun davomida saqlanishi mumkin. har bir sigir ikki marta 
qochiriladi (ertalab va kechqurun). Agar qochirish samarasiz bo’lsa, mol egalari 
punktga qayta murojaat qiladi. 
Har yili qishloq va suv xo’jaligi vazirligi respublika veterinariya xizmatiga 
“O’znaslxizmat” uyushmasi bo’limlari bilan zooveterinariya punktlarini urug’ bilan 
ta’minlash bo’yicha shartnomalar tuzishni topshiradi. Biroq, bu rejalar 
bajarilmayotir. Sun’iy qochirish borasidagi ishlarning qoniqarsizligining qanday 
sabablari bor? Birinchidan, chorva mollari egalarining ko’pchiligi to’lovga 
layoqatsizdir. ikkinchidan, aholi mollarni sun’iy qochirishning ahamiyatini 
tushunmaydi, uchinchidan, “O’znaslxizmat” korxonasi buyurtmalarning mavjud 
hajmini ham bajara olmayapti. To’rtinchidan, sun’iy qochirish punktlari va qochirish 
uchun mutaxassislar yetishmaydi. Mutaxassislarning fikricha, sun’iy qochirish 
ko’pincha samarasiz bo’ladi va sigirlar egalari punktlarga takroran murojaat qiladi. 
Bu holat, birinchidan, zooveterinariya punktlari qo’shimcha xarajat qilishga olib 
kelmoqda va ularning daromadiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda, ikkinchidan, ushbu 
tadbirning maqsadga muvofiqligi aholida shubha uyg’otmoqda. 
Qoramol parvarish qilayotgan fermerlarning atigi 12,5 foizi sun’iy qochirish 
xizmatlaridan foydalanadi va ularning aksariyati ushbu xizmatlar sifatini qoniqarsiz 
baholaydi. ko’pchilik fermerlar sun’iy qochirish afzalligini ko’rmayotgani va shu 
sababli bunday xizmatdan foydalanish zarurligini his qilmayotganini aytdi. Chorva 
mollari boqayotgan, ammo sun’iy qochirishdan foydalanmayotgan fermerlarning 
yarmidan ko’pi bunga muhtoj emas, chunki, o’z xo’jaligida zotdor buqalari bor. 
ularning 39 foizi bu uslubni qo’llashni istamayotganini aytdi. 9 foizi sun’iy qochirish 
punkti fermer xo’jaligidan ancha olisda joylashgani bois undan yetarli darajada 
foydalanmaydi. Fermerlarning 6 foizi urug’lantiruvchi material yo’qligi va yana 5 
foizi xizmat haqining balandligi va sifati pastligi haqida gapirdi. So’rov natijalari 
shuni ko’rsatadiki, sun’iy qochirishni qo’llash sut so g’ishni 30 foizga oshiradi. 
Naslchilikni 
rivojlantirish. 
yirik 
chorvachilik 
fermalarida 
parvarish 
qilinayotgan ko’plab chorva mollari xo’jaliklarni qayta tashkil etish va fermerlarni 
xususiylashtirish jarayonida fermer xo’jaliklari va aholiga sotildi, bir qismi 
so’yishga topshirildi. 


27 
1995 yilda “naslchilik to’g’risida”gi qonun, keyinchalik viloyatlarda nasl-
chilik xo’jaliklarini tashkil etish, xorijdan zotli mollarni sotib olish, aholini zotdor 
mollar bilan ta’minlash, seleksiya ishlarini yuritish, aholiga servis xizmatlarini 
ko’rsatishga oid zarur qonunosti hujjatlari qabul qilindi. hukumat qarorlari bilan 
1996 yilda “O’zgo’shtsutsanoat”ga chet eldan zotdor mollarni sotib olish uchun 
milliy valyutani konvertasiya qilish huquqi berildi, 1998 yilda viloyatlarda zotdor 
yosh buqalarni parvarish qilish bo’yicha 2-3 tadan ixtisoslashtirilgan naslchilik 
xo’jaliklari tashkil etildi, dehqon va fermer xo’jaliklari respublika uyushmasiga 
chorvachilik-ni zotdor chorva mollari bilan ta’minlashga ko’maklashish topshirildi, 
1999 yilda “O’znaslxizmat” respublika naslchilik uyushmasi tashkil etildi, 
O’zbekiston qishloq xo’jalik ilmiy-ishlab chiqarish markaziga ushbu uyushma bilan 
birgalikda dav lat naslchilik zavodlarida naslchilik ishlarini amal-ga oshirishni isloh 
qilish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi yuk-latildi. 
Respublikaning 29 tumanida chorvachilikni rivojlantirish uchun tanlab olingan 
yangi naslchilik xo’jaliklarini tashkil etish borasida ishlarning ahvoli ham yaxshi 
emas, olib borilayotgan tashkiliy ishlar doimiy ravishda mutassaddi mutaxassislar 
tomonidan nazorat qilib borishni taqozo etmoqda. 
Ayni paytda qator jamoa chorvachilik xo’jaliklarida, masalan “Toshkent 
Agrasanoat”, “Milk-Agro” va boshqa xo’jaliklarda muayyan naslchilik ishlari 
amalga oshirilmoqda. Ushbu xo’jaliklarda qoramol sonining ko’pligi (100 boshdan 
ortiq) va veterinar-mutaxassislarning borligi hisobga olinib, veterinariya xizmati va 
seleksiya ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan. So’nggi yillarda fermer va dehqon 
xo’jaliklarida zotdor mollarni sotib olishga qiziqish ortdi. respublikada aholiga 
zotdor mollarni sotish bo’yicha kimoshdi savdolari o’tkazilmoqda. Ayni paytda, 
tijorat banklari va aholi bandligini ta’minlash jamg’armasi aholiga qoramol sotib 
olishi uchun mikrokreditlar ajratmoqda. 
Asosiy muammolar va davlat siyosati. tahlil shuni ko’rsatdiki, respublikada 
veterinariya xizmatini ko’rsatish va naslchilik ishidagi asosiy muammolar 
quyidagilardir: 
- aholining veterinariya xizmatlari ahamiyatini yetarli darajada yaxshi 
tushunmasligi; 
- avvalo, dehqon xo’jaliklarining veterinariya xizmatlari uchun to’lovga 
layoqatlilik darajasining pastligi; 
- veterinariya punktlarining maxsus uskuna va binolar bilan yaxshi 
ta’minlanmagani; 
- vaksinaning yetishmasligi, mollarni to’liq emlamaslik; 
- emlash uchun qo’llaniladigan preparatlarning va urug’lar sifatining pastligi; 
- veterinariya sohasida xususiy tadbirkorlikning yaxshi rivojlanmagani; 
- aholi o’rtasida chorva mollarini emlash va sun’iy qochirish bo’yicha tadbirlar 
o’tkazish zarurligining yetarlicha targ’ib qilinmayotgani; 
- yuqori malakali mutaxassislarning yetishmasligi va ularning yetarli darajada 
rag’batlantirilmayotgani. 
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 aprelda 
qabul qilingan “shaxsiy yordamchi, dehqon va qishloq xo’jaligida chorva mollar 


28 
ko’paytirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni 
kengaytirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida sun’iy 
qochirish, veterinariya xizmatini ko’rsatish va naslchilikni rivojlantirish 
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Chunonchi bu borada quyidagi qarorlar 
qabul qilindi: 
respublika “O’znaslxizmat” korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini 
modernizasiya qilish, servis punktlari tarmoqlarini tashkil etish yo’li bilan chorva 
mollarini sun’iy qochirish bo’yicha o’z bazasini yaratish to’g’risida; 
qishloq va suv xo’jaligi vazirligining davlat veterinariya bosh bosh qar-masi 
zooveterinariya punktlarini, kamida 10 yil mobaynida ularning faoliyat yo’nalishini 
o’zgartirmaslik sharti bilan, davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish 
to’g’risida. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish