Mavzu:Chorvachilik tarmog’ining
moliyaviy faoliyatini baholash
Nematilloyev Shaxriyor
- Chorvachilik rivoji oʻziga xos xususiyatlari
1
- Chorvachilik ozuqa bazasini mustaxkamlash tadbirlari
2
3
REJA
Chorvachilik rivoji oʻziga xos xususiyatlarga ega . Jahon Chorvachilikda (mln . bosh ) qoramol 1338,2; qoʻy 1068,6; echki 709,8; buyvol — 158,6; ot — 61,095; xachir — 14,1; eshak — 43,4; tuya— 19,1; choʻchqa — 912,7; tovuq — 14139; kurka — 244 va boshqa boqiladi va u la r da n t u rlimahsulotlar yetishtirish muhim oʻrinda turadi (1999) . Goʻsht yetish tirish hajmi 225,9
mln . t ni ,sigir suti yetishtirish 480,6 mln .t n i ( yoki har birsigirda n oʻrtacha 2071 kg ni )
tashkil etdi .
1.Chorvachilik rivoji oʻziga xos xususiyatlari
Chet mamlakatlarda sut va goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik, ayniqsa ,Yevropa mamlakatlari(Gollandiya ,Daniya ,Germaniya ,Rossiya ),AQSH,Kanada , Yangi Zelandiya ,qoʻychilik Angliya ,Avstraliya , Rossiya va boshqa Y evropa mamlakatlarida jadal rivojlandi . Sutchilik yoʻnalishidagi qoramolchilik rivojlangan
davlatlarda (AQSH, Kanada,Niderlandiya ,Germaniya va boshqa lar)sigirlardan oʻrtacha 8000–11000 kg sut sogʻib olinadi . Sut mahsulotlari bilan taʼminlanishning eng yuqori koʻrsatkichlari (aholi jon boshiga 1950 kg) Yangi Zelandiya , Daniya va G olla ndiyaga xos. Qoramol goʻshti bilan taʼminlanish esa Argentina (110 kg) va Urugvayga (106 kg) toʻg’ri keladi . Jahonda Chorva chilikning barcha sohalari ixtisoslashgan holda jadal rivojlanmoqda . Sermahsul zotlar va samarali texnologiyalar
yaratilib, Chorvachilikka keng joriy qilinmoqda .
Chorvachilik mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar( yogʻi olingan sut, goʻsht suyak uni,suyak uni va boshqalar) , shuningdek, harxil dori-darmonlar (shifobaxsh zardoblar ,gormonal preparatlar va boshqalar) olinadi Chorvachilikning taraqqiy etishi va mahsuldorligi dehqonchilikning rivojlanishi ,yerdan intensiv foydalanish bilan chambarchas bogʻliq.
2. Chorvachilik ozuqa bazasini mustaxkamlash tadbirlari
Respublika ekin maydonlarining 10% ga yaqin qismiga yemxashak ekinlari ekiladi . Tabiiy va madaniy yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirish ishlari davom etmoqda . Aralash yem, oqsil mineral yem qoʻshimchalari ,yem ozuqa achitqilari ishlab chiqarish hajmlari koʻpaymoqda .
2003-2021- yillar mobaynida respublikaning barcha toifadagi xoʻjaliklarida qoramollar soni
28,2% ga , sigirlar 38,qoʻy va echkilar 7, otlar 36%ga , sut yetishtirish 32,8% ga , goʻsht
yetishtirish 18,6% ga koʻpaydi , Chorvachilik mahsulotlarining asosiy qismi dehqon va fermer
xujaliklari hissasiga toʻgʻri keladi
3. Qoramolchilikni ixtisoslashtirish
Qoramolchilikni ixtisoslashtirish , konsentratsiyalash va sanoat texnologiyalari asosiga oʻtkazish ishla ri amalga
oshirildi . Qoramolchilikning sut , sut - goʻsht , goʻsht hamda naslchilik yoʻnalishidagi xoʻjalikla r , naslchilik zavodlari , xoʻjaliklari va fermalari tashkil etildi . natijada 2021- yillar ga kelib qoramollar zotdorligi 98—99% ga yetkazildi .Nasldor sigirlarning 3800–4100 kg sut beradigan podalari barpo etildi.
Goʻshtchilik komplekslarida parvarish qilingan novvoslar vazni 12—13 oyligida 400–420 kg ga koʻtarildi . Tumanlarda tashkil etilgan xoʻjaliklar aro korxonalarida qoramollarni jadal boqish va boʻrdoqilash ijobiy natijalar berdi . Qoramolchilikamaliyotining taraqqiy etishida ilgʻor tajriba va fan yutuqlari muhim rol oʻynadi .
Xorijiy davlatlarda sut yoʻnalishidagi Qoramolchilik, ayniqsa , Gollandiya , Daniya , Germaniya , Isroil,AQSH, Kanada , Yaponiya va Yangi Zelandiyada rivojlangan (sigirlarning oʻrtacha sut sogʻimi 8—11 ming kg) . Goʻshtdor qoramollari. AQSH, Fransiya , Angliya , Italiya , Kanada va Avstraliyada tashkil etilgan (goʻsht olinadigan 14—15 oylik novvoslar vazn i 500—550 kg) .Dunyo mamlakatlarida urchitilayotgan qoramollar soni 1,33 mlrd. bosh atrofida. Jahonda turli tabiiy
iqlim sharoitlariga moslashgan 250 dan ortiq qoramol zotlari boqiladi
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |