Muqimiy. (1850-1903). XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida vujudga kelgan demokratik adabiyotning yirik vakillaridan blri Muqimiydir. Kambag`al hunarmand oilasida dunyoga kelgan Muhammad Amin Xo`ja (Muqimiy - uning taxallusi) chinakam xalq shoiri bo`lgan. Asosan she`riy asarlan bilan dong taratgan shoir ijodini janr xususiyatlariga qarab to rt guruhga bo`lish mumkin,
Lirika: g`azallar, muxammaslar, murabba`, masnaviy, ruboiy, tuyuq va fardlar.
Hajviy: satira va yumor.
Sayohatnomalar.
Maktubot: she`riy va prozaik maktulardir.
Xalq manfaatlarini o`z ijodida ifodalagan va baralla kuylagan Muqimiy xonlarning cheklanmagan va adolatsiz hukmronili-gi ostida og`ir va qimmatli hayot kechirayotgan mehnatkash ommaning hayotidan fig`on chekadi va o`z asarlarida undan nafratlanadi. U «Tanobchilar» satirik she`rida tanobchilar (yer o`Ichovchilar)ning jabr-sitamlaridan adoyi tamom bo`lgan, soliqlarni to`lolmay xarob bo`lgan dehqonlar hayotini o`zida aks ettiradi.
Muqimiy «Tanobchilar» she`rida chor ma`murlarining o`lka mehnatkashlariga o`tkazgan mustamlakachilik siyosatining bar-cha jirkanch qiyofalarini ustalik bilan ochib tashlaydi. Biz «pod-sholik mahkamasi»ning ma`murlari bo`lgan Sulton Alixo`ja va Hakimjonlarning orqa suyanchig`i bo`lmish chor Rossiyasi bu-tun siyosati va dahshati bilan qilich yalang`ochlab turganligi uchun xalqqa istagancha zo`ravonlik va zulm qilishlarini «Tanobchilar»da ko`rib unga guvoh bo`lamiz. Muqimiy tanobchi-larning xatti-harakatini bayon qilgach, ular xarakterini ochishga o`tadi. Sulton Alixo`ja bilan Hakimjon, barcha chor amaldorlari singari, qahri qattiq, rahmsiz bo`lib, qamchisidan qon tomib turadi. Ular birgalashib tanoblashga chiqadilar va ittifoq bo`lib ish ko`radilar.
Furqat (1858-1909). O`zining xalqchil va demokratik ruhda yozilgan asarlari bilan xalq ommasi o`rtasida katta obro` va e`tibor topgan shoirlardan biri Zokirjon Xolmuhammad o`g`li Furqat. U shoirlar maskani Qo`qonda tug`ilgan. Ammo umrining talay-gina qismini o`z ona diyoriga sig`magan Furqat mustamlakachi to`ralar, mahalliy betamiz va farosatsiz zolim boyvachchalardan qochib xorijiy mamlakatlarda xor-u zorlikda o`tkazadi.
Furqat ham dastlabki davrlarda Turkistonni bosib olgan chor ma`murlariga umid nigohini tikadi, hatto rus ilm fani, texnikasi va madaniyatini madh etuvschi asarlar yozib, o`z xalqini unga da`vat etadi. Uning «Gimnaziya», «Ilm xosiyati», «Vistavka xususida», «Suvorov», «Nag`rna bazmi xususida» kabi yozgan asarlari bu fikrimizning isbotidir. Ammo hayot jumboqlari va ha-qiqati borgan sayin Furqatning ko`zini ocha boradi, uning ongi, dunyoqarashi tadrijiy bir tarzda o`sib boradi. Bu o`rinda shoir-ning «Furqatnoma» asari fikrimizga yorqin dalildir.
«Turkiston viloyatining gazeti»da «Ho`qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti, o`zi yozg`oni» sarlavhasi ostida chop etilgan bu asar gazetaning 1891-yilgi o`n ikkita sonida alohida maqolalar tarzida berilgan. «Furqatnoma»ning bosh mavzusi -ma`rifatparvarlikdir. Unda Furqatning Yangi Marg`ilonga (hozirgi Farg`ona shahri), Xo`jandga, Toshkentga, Samarqand-ga qilgan safarlari xotiralar tarzida hikoya qilinsa-da, har bir voqea, jarayon tasviri, har bir tafsilot bosh mavzu bilan chambarchas bog`liqdir. Xarakteri asarda yorqin namoyon bo`lgan ma`rifatparvar ijodkor zamonasining ilg`or, yuksa ongli kishisidir. Uning o`z xalqiga mehr-muhabbati g`oyat kuch-li, shu boisdan mustamlakachilarga-chorizm vakillariga qattiq nafrat bilan qaraydi. Asta-sekin asar qahramoni o`z qarashlarini, munosabatlarini o`zgartira boshlaydi. Mavjud shart-sharoitlar, voqelik unga saboq beradi.
Ma`rifatparvarlik g`oyalarining yetakchiligi «Furqatnoma» -dagi madaniy-ma`rifiy muhit tasvirida g`oyat kuchli seziladi. Furqat, awalo o`zbek madaniyatining ildizlari, sarchashmalari haqida batafsil so`z yuritgan. Biming tagida g`oyat ulkan va keng ma`no yotibdi. Shoir o`zining qanday ta`lim-tarbiya olganligini, qanday kitoblar mutolaa qilganligini bayon etar ekan, iste`dodli, bilimdon kishilarni yetishtirishga qodir shart-sharoitlar chorizm istilosidan oldin ham mavjudligini mahorat bilan ko`rsatib o`tadi. O`z xalqi mustamlakachilar o`ylaganidek «johil, qoloq» emasligi, yuksak madaniyat-ma`rifatga egaligini muallif o`ziga xos yo`sinda ifoda etgan. Bu vatanparvar, xalqparvar ijodkor»ning o`z milliy g`ururini,eliga mehr-muhabbatini namoyon qilishi edi, istilochi-larning kamsitishlariga, zo`ravonliklariga qarshi pinhoniy noro-ziligi, yashirin isyoni edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |