1.
|
Ikkita haqiqiy a va b sonlari berilgan bo‘lsin. Ularning yig‘indisi, ayrmasi, ko‘paytmasi, o‘rta arifmetigi, o‘rta geometrigi, qoldig‘ini toping.
|
2.
|
x va y haqiqiy sonlar berilgan bo‘lsin. Hisoblang:
|
3.
|
Kubning qirrasi ma’lum bo‘lsa, uning yon sirti va hajmini toping.
|
4.
|
Ikkita haqiqiy musbat son berilgan bo‘lsin. Ularning o‘rta arifmetik qiymatini va o‘rta geometrik qiymatlarini toping.
|
5.
|
Ikkita haqiqiy son berilgan bo‘lsin. Ularning o‘rta arifmetik qiymatini hamda modullarining o‘rta geometrik qiymatlarini toping.
|
6.
|
To‘g‘ri burchakli uchburchakning katetlari berilgan. Uning gepotenuzasi va yuzini toping.
|
7.
|
Temparaturasi t1 bo‘lgan v1 litr suv m2 temparaturali v2 litr suvga qo‘shildi. Hosil bo‘lgan suvning temparaturasini aniqlang.
|
8.
|
Radiusi r bo‘lgan aylanaga tashqi chizilgan muntazam n burchakning perimetrini va yuzini toping.
|
9.
|
h balandlikdan tashlangan tosh yerga qancha vaqtdan keyin tushishini aniqlovchi dastur tuzing.
|
10.
|
Teng tomonli uchburchak berilgan bo‘lsin. Uning yuzi va perimetrini toping.
|
11.
|
Uchburchak tomonlari berilgan bo‘lsa, uning tomonlariga tushirilgan balandliklarini toping.
|
12.
|
Uchburchak tomonlari berilgan bo‘lsa, uning medianalarini toping.
|
13.
|
Uchburchak tomonlari berilgan bo‘lsa, unga ichki va tashqi chizilgan aylananing radiuslarini toping.
|
14.
|
Dekart koordinatalar sistemasida ikkita nuqta koordinatalari bilan berilgan. Bu nuqtalar orasidagi masofani aniqlang.
|
15.
|
Yon sirti va asosining yuzi berilgan silindrning hajmini aniqlang.
|
16.
|
Silindrning yon sirtining yoyilmasi tomoni a bo‘lgan kvadratdan iborat. Silindrning hajmini toping.
|
17.
|
Asosi to‘g‘ri burchakli to‘rtburchakdan iborat bo‘lgan piramidaning tomonlari va balandligi berilgan. Piramidaning hajmini toping.
|
18.
|
Asosi to‘g‘ri burchakli to‘rtburchakdan iborat bo‘lgan prizmaning tomonlari va balandligi berilgan. Prizmaning hajmini toping.
|
19.
|
Asoslari va katta asosiga yopishgan burchagi berilgan trapesiyaning yuzini toping.
|
20.
|
funksiyaning qiymatini topuvchi dastur yarating.
|
21.
|
Arifmetik progressiyaning birinchi hadi va hadlar ayirmasi berilgan. Shu arifmetik progressiyaning dastlabki n ta hadining yig‘indisini topuvchi dastur tuzing.
|
22.
|
cheksiz kamayuvchi progressiya hadlari yig‘indisini toping.
|
23.
|
Geometrik progressiyaning birinchi hadi va maxraji berilgan. Shu geometrik progressiyaning dastlabki n ta hadining yig‘indisini topuvchi dastur tuzing.
|
24.
|
Aylananing radiusi va α burchak berilgan. Shu burchakni tortib turgan vatarning uzunligini toping.
|
25.
|
Asosi uchburchakdan iborat bo‘lgan piramida berilgan. Asosining tomonlari va yon yog‘ining apofemasi berilgan. Shu apofema asos tekisligi bilan α burchak tashkil yetadi. Piramidaning xajmini toping.
|
26.
|
Asosi uchburchakdan iborat bo‘lgan piramida berilgan. Asosining tomonlari va yon yog‘ining apofemasi berilgan. Shu apofema asos tekisligi bilan α burchak tashkil yetadi. Piramidaning to‘la sirtini toping.
|
27.
|
Ikkita parallel to‘g‘ri chiziq tenglamasi berilgan. Shu to‘g‘ri chiziqlar orasidagi masofani aniqlang.
|
28.
|
N burchakli muntazam ko‘pburchak berilgan. Shu muntazam ko‘pburchakning diagnallari sonini toping.
|
29.
|
Asosi N burchakli muntazam ko‘pburchakdan iborat bo‘lgan parallelilopiped berilgan. Shu parallelilopipedning diagnallari sonini toping.
|
30.
|
tenglamalar sistemasini yeching.
|