Mavzu: Chiziqli deshifratorlar. Dekoder- demultipleksor qurulmasi. Reja: - Deshifrator haqida malumot.
- Chiziqli deshifrator.
- Dekoder –demultipleksor qurulmasi.
- Ikkilik sanoq tizimidagi raqamlarni o`nlik sanoq tizimidagi kodga o`zgartiruvchi kombinatsion mantiqiy qurulma deshifrator yoki decoder deb ataladi.
- Deshifrator shifratorga teskari bo`lgan amalni bajaradi.
- Agar deshifratorni n adres kirishlari uning chiqishlari soni bilan m=2^n munosabat bilan bog`langan bo`lsa, bunday deshifrator to`liq deb ataladi. Agar m<2^n bo`lsa ,deshifrator to`liq emas deb ataladi.
- Deshifrator to`rt razriyadli ikkilik-o`nlik kodni ikkilik-o`nlik sanoq tizimidagi o`nlik raqamga mos keluvchi chiqishda yuzaga kelgan mantiqiy bir kuchlanishga ogiradi. Masalan, 1001 kirish kodi 9-raqamli simni ishga tushirish kerak, deshifratorning qolgan simlarida nol bo`lishi kerak.
- Tezkorligi yuqori, lekin qo`llanilgan murakkab Melar soni ko`p bo`lgan qurilma, chiziqli deshifrator (DSh) hisoblanadi. Chiziqli DSh bir-biri bilan bog`lanmagan HAM sxemalarini majmuyini tashkil etadi.Adabiyotlarda chiziqli DSHlar bir pog`onali, paralel yoki matritsali deshifratorlar deb ham nomlanadi.
- Chiziqli DSHlarning afzalligi –ularning tezkorligidir, chunki signal faqat bitta ME orqali o`tadi. DSHning kamchiligi bo`lib, faqat ko`p sonli ko`p kirishlarlarga ega bo`lgan HAM sxemalarigagina emas, balki to`g`ri va invers signallar manbayi bo`lgan sxemalarga ham qo`yiladigan yuqori yuklama talablar hisoblanadi.
- Demultipleksorlar. Demultipleksor bir kanaldan qabul qilingan malumotlarni bir necha qabulqilgichlarga
- Taqsimlash vazifasini, ya`ni multipleksiyalashga teskari bo`lgan amalni bajaradi. Qabulqilgich raqami (aktivlashtirilgan chiqish) uning boshqaruv kirishlariga berilgan kod kombinatsiyasi bilan aniqlanadi
- Demultipleksor umuman olganda bitta malumot kirishi, n ta adres kirishi va M=2^n chiqishga ega. Berilgan funksiyani Yoki-Emas elementlari yordamida bajaradigan mantiqiy sxema va uning shartli grafik tasviri keltirilgan. Bu yerda E-ishga ruxsat berish kirishi. Chiqish liniyalarini ko`paytirish talab etilganda, mos ravishda <<1 dan 4 ga>> demultipleksor mikrosxemalaridan kerakli miqdori olinib, demultipleksor daraxti tuziladi.
Foydalangan adabiyot - А.А. Бокуняев, Б.В. Горбачев, В.Е. Китаева и др. под редакции В.Е. Китаева «Электропитание устройств связи: «Учебник для вузов М: Радио и связь 1988.
- Б.С. Гершунский «Справочник по расчёту электронных схем. Киев;1983г.
- Учебный план и программы для подготовки специалистов в профессиональных колледжах. Напрв.: «Монтаж и эксплуатация ЭВМ и компьютерных сетей». Тошкент 1999 г.
- В.Г. Борисов. Радиоконструкторлик тўгараги. Т.: ўқит. 88 й.
- Н.Турдиев «Радиоэлекроника асослари» Тошкент - 1992 йил.
1>
Do'stlaringiz bilan baham: |