Mavzu: Chiziq turlari va o’lcham qo‘yish qoidalari



Download 82,06 Kb.
bet2/5
Sana20.02.2023
Hajmi82,06 Kb.
#913022
1   2   3   4   5
Bog'liq
chizmachilik

CHIZMACHILIK — obyektlar (turli mashinalar, mexanizmlar,binolar, inshootlar va b.) ning chizmalarini, sxemalar, xaritalar va grafiklarni chizishga, turli buyumlarning tasvirlarini yasashga oid krnunkridalar va usullarni oʻz ichiga olgan texnik fani; chizmalar, loyihalarni chizish bilan shugʻullanish. Chizmachilikning asosini geometriya, chizma geometriya fanlari tashkil etadi. Vazifasi — chizmachilik sboblaridan foydalanib turli buyumlarning tasvirlarini, loyihalar va eskizlarini chizishga, chizilgan chizmalarni oʻqishga, aksonometriya yasashga oʻrganish. Chizmachilikning mazmuni va hajmi uning fan va texnikaning qaysi sohasi uchun moʻljallanganligiga qarab aniklanadi. Chizmachilik fanining boʻlimlari: geometrik Chizmachilik ; proyeksion Chizmachilik ; mashinasozlik Chizmachiligi, qurilish Ch. i va b. Geometrik Chizmachilikda chizmachilik asboblari, chizmalarni rasmiylashtirish, geometrik yasashlar, tutashmalar va egri chiziklar oʻrganiladi. P royeksion Chizmachilikda nuqta, toʻgʻri chiziq, tekis shakllar, geometrik jismlarning tasvirlarini yasash va ularning oʻzaro vaziyatiga oid masalalar, aksonometrik tasvirlar va b. koʻriladi. Mashinasozlik Chizmachilik ida chizmalarning turlari, koʻrinishlar, qirqimlar, kesimlar, rezbalar va b. qurilish Chizmachiligida esa bino qismlari, sanitariya texnikasi buyumlarining shartli belgilari hamda bino va inshootlarning chizmalari oʻrganiladi. Chizmalar (sxemalar, xaritalar va grafiklar)ni chizish bilan shugʻullanuvchi kishilar chizmakashlar deb ataladi. Turli sohalarning muqandislari, konstruktorlari va loyihachilari chizmakashlikni bilishlari shart. Har qanday chizilgan chiziq GOST 2.303-68 ga muvofiq qat'iy ravishda amalga oshiriladi. Standart har xil qalinlik va uslubdagi to'qqiz turdagi chiziqlarni o'rnatadi. Chizmadagi deyarli barcha turdagi chiziqlar chizma asboblari yordamida amalga oshiriladi.
Asosiy tutash chiziqning yo‘g‘onligi chizmaning kattaligi yoki murakkabligiga qarab 0,5 mm dan 1,4 mm gacha qalinlikda tanlab olinishi mumkin. Talabalarga A3 formatda bajarayotgan topshiriqlarida asosiy tutash chiziqning qalinligini 1 mm qilib olish tavsiya etiladi.
Asosiy tutash chiziq (9.2-shakl,1) buyumning ko‘rinar konturini, sirtlarning ko‘rinar kesishuv chiziqlarini, chetga chiqarilgan kesimning shaklini, qirqim tarkibiga kiruvchi ko‘rinar chiziqlarni tasvirlashda ishlatiladi.
Ingichka tutash chiziq chiqarish va o‘lcham chiziqlarini, shtrixlash chiziqlarini, chetga chiqarish va tokcha chiziqlarini (9.2-shakl, 2), OX, OY, OZ - proeksiya o‘qlarini, yondosh detallarni tasvirlovchi chiziqlarni, tasavvur qilinayotgan o‘tish chiziqlarini, tekisliklarning izlari va maxsus yasashlarda xarakterli nuqtalarni topish yo‘llarini ko‘rsatuvchi chiziqlarni chizishda ishlatiladi.

1-jadval

Chiziq nomi

Ko‘rinishi


Qalinligi


Asosiy vazifasi


1. Asosiy tutash chiziq





S

Ko‘rinar kontur chiziq

Ko‘rinar o‘tish chizig‘i

Kesim konturi

2. Ingichka tutash chiziq





S/2 ... S/3


Ustiga chizilgan kesim konturi

O‘lcham chiqarish chiziqlari

3. Tutash to‘lqin chiziq





S/2 ... S/3



Uzish chiziqlari
Ko‘rinish va qirqimning chegara chiziqlari

4. Shtrix chiziq





S/2 ... S/3


Ko‘rinmas kontur chiziq

Ko‘rinmas o‘tish chizig‘i

5. Shtrixpunktir chiziq





S/2 ... S/3


Markaziy va o‘q chiziqlari


6. Ikki nuqtali shtrixpunktir chiziq





S/2 ... S/3


Yoyilmalarda bukilish chiziqlari

Buyum qismlarining chetki va oraliq holatlari tasvirlash

7. Yo‘g‘on shtrixpunktir chiziq





S/2 ... S2/3


Issiq ishlov berishni va qoplashni talab qiluvchi sirtlarni belgilash chiziqlari

Kesuvchi tekislikdan oldinda yotgan elementlarni tasvirlash chiziqlari

8. Uzuq chiziq





1,5 S

Kesim chizig‘i

9. Ingichka siniq tutash chiziq





S/2 ... S/3


Uzun uzilish chiziqlari








Download 82,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish