Moʻgʻul noʻyonlari harbiy tashkilot tuzib, koʻp xalqlarni bosqinchilik urushiga tortdilar. Ular qoʻshinining asosiy kuchi — koʻchmanchilardan iborat koʻp sonli va juda harakatchan otliq askarlar edi. Ular bosq-inchilik urushlarida bosib olgan mamlakatlarining harbiy kuchi va texnika yutuqlaridan ham foydalanganlar. Qoʻshin birlashgan qoʻmondonlikka ega boʻlib, qattiq institutizom va yaxshi qurollanganligi hamda oʻzining jangovar si-fatlari bilan qoʻshni mamlakat qoʻshinlarida,n ustun turar edi. Osiyo va Sharqiy Yevropaning juda koʻp mamlakatlaridagi ichki nizolar va rahbar tabaqaning xoinligi moʻgʻullarning osonlik bilan gʻalabaga erishishiga qoʻl keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |