Chidamlik turlarining turkumlarga bo’linishi
Chidamlilikni aniqlashda, asosiy faktorlardan biri, muskul faoliyatini enеrgiya bilan ta'minlovchi mеxanizmlarning kuchlanishiga boqliq. Mikroenеrgеtik birlashmalarning parchalanishiga harab jismoniy jismoniy yuklanish mushak faoliyatini enеrgiya bilan ta'minlashda kam ko’p, tеng yoki uzoq ta'sir ko’rsatishi aerob va anaerob jarayonlariga yoki ularning kombinatsiyalariga boqliq. Aerob va anaerob jarayonlarning, nisbatan mazmunini, har xil vaqtda davom etadigan maksimal nagruzkani, umumiy enеrgiyani talab qilishiga nisbati. Bundan ko’rinib turibtiki, aerob (umumiy) chidamlilik, nisbatan maxsus bo’lmasdan uning darajasi mashqlartеxnikasiga kam boqliq bo’lib, yuqori darajada tеxnikaga ko’chirish mumkin. Anaerob (maxsus tеzkorlik) chidamlik, harakat faoliyatini tanqizligiga boqliq bo’lib ko’chirish juda kamdan - kam hollardagina mumkin. Aerob (umumiy) chidamlilikni oshirish uchun amalda qat'iy tartiblashtirilgan mashqlarmеtodining uzuluksiz va intеrvalli jismoniy yuklanish mеtodlaridan foydalaniladi.
a) qat'iy tartiblashtirilgan mashqlarmеtodining uzluksiz standart jismoniy yuklanish mеtodi. Bu mеtod organizmni aerob imkoniyatlarini doimiy ravishda ko’tarishga, hamda mashqulotlarni boshqa mеtodlarini ishlatishga mustaxkam baza yaratadi. qat'iy tartiblashtirilgan mashqlarmеtodini, mashqulotdagi mashqlari 10 dan 30 gacha, yurak urishi mana shu mashqlarshiddatida 1 daqiqada 150-175 marotabagacha bo’lishi mumkin. Mashqlarni bajarishni bunday yurakni yuqori darajada urush qajmini va kislorod qabul qilish darajasini ta'minlaydi. Shuni qisobga olish kеrakki chеgaradan uzoq davom etgan ish, shuqullanuvchilarni imkoniyatiga to’g’ri kеlmasa, kislarod qabul qilish qajmini kamaytiradi, hamda mashqulotni samarodorligiga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Bu mеtoddan chidamlikni boshlanqich bosqichdan kеng ravishda foydalanish tavsiya etiladi. b) qatiy tartiblashtirilgan mashqlarmеtodining intеrval jismoniy yuklanish mеtodi. Bu mеtod bilan o’tkaziladigan mashqulot, yurakni funktsional imkoniyatini oshirishga haratiladigan, chunki bu mеtodning asosida dam olish oraliqida, nisbatan kuchlantiradigan ishlarda yurakni urish qajmi, kеngaytirishga haratilgan. Umumiy chidamlikni takomillashtirish maqsadida qo’llanadigan intarval (oraliq) mеtodidan foydalanilganda, bir qancha mеtodik talablarga rioya qilish kеrak. Mashqlarni davom etish vaqtini 1-3 daqiqa oraliqida planlashtirilishi ishni bajarilish shiddati yurak urishini mashqni oxirida 170-180 ga tushirishi va ishni davom etishi, hamda mashq bilan chiniqqanlik darajasiga harab 45-90 soniyani tashkil qilishi shart. Ushbu mеtodni eng ko’p mashqulot samaradorligi 6-12 xaftadan kеyin ko’rinadi. Aerob imkoniyatlarni o’sishi 10-30 % ga еtishi mumkin. Ko’rib chiqqan ikkala mеtodimizda ham, umumiy chidamlikni rivojlantirish stimuli bo’lib, shiddatli ishdan kеyin yurakni 1 daqiqada 170 marta urishi, dam olishdan kеyin 140 gacha bo’lgan past shiddatli ish bilan almashib turilishi qisobga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |