Qism to’plamning to’ldiruvchisi.
Eyler doiralari yordamida mazkur vaziyat 3-rasmdagi kabi tasvirlanadi, bunda A to’plamdan B qism to’plam chiqarib tashlangandan keyin qolgan qism – bu shtrixlangan qismdir. Bu qism B to’plamning A to’plamgacha to’diruvchisi deyiladi. Ta’rif: BÌA bo’lsin. A to’plamning B to’plamga tegishli bo’lmagan elementlarnigina o’z iciga olgan to’plam B to’plamning A to’plamgacha to’ldiruvchisi deyiladi. B to’plamning A to’plamgacha to’ldiruvchisi (BÌ A shart bajarilganda) A\B kabi belgilanadi. Qism to’plamning to’ldiruvchisini tipishda foydalaniladigan operasiya ayirish amali deyiladi. Agar A va B to’plamlar elementlari sanab ko’rsatilgan bo’lsa, u holda A\B ni topish uchun A to’plamga tegishli bo’lgan va B to’plamga tegishli bo’lmagan elementlarni sanab ko’rsatish yetarli.
Do'stlaringiz bilan baham: |